Byudjet soliq siyosati



Download 80,08 Kb.
bet6/7
Sana17.07.2022
Hajmi80,08 Kb.
#816142
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FISKAL

2-chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi


Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi.
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko`payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo`ladi. Davlat xarajatlari o`zgarmas bo`lgan sharoitda ham byudjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo`lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funktsiyalari grafiklarining «tikligiga» bog’liq. Soliq funktsiyasi T ning egilish burchagi chegaraviy soliq stavkasi t ning miqdoriga bog’liq. t qancha yuqori bo`lsa T chizig’i shuncha tik bo`ladi. Davlat byudjetidan beriladigan transfertlar hajmi o`zgarishining daromadlar o`zgarishiga bog’liqligini xarakterlovchi γ koeffitsent qancha kichik bo`lsa, G chizig’i ham shuncha tik bo`ladi. Demak daromad oshgani sari byudjetga soliq to`lovlari oshaveradi, byudjetdan transfert to`lovlari esa kamayadi.
Davlat xarajatlari daromadga bog’liq bo`lmagan o`zgarmas miqdor bo`lganda t qanchalik katta bo`lsa T chizig’i shuncha tik va iqttisodiyotning o`rnatilgan barqarorligi darajasi ham shunchalik yuqori bo`ladi. Ammo iqtisodiy o`sishning ta`minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo`lishini taqozo etadi.
O`rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YAMM hajmini , uning potentsial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to`liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo`lishi mumkin.
To`liq bandlikni ta`minlagan diskret fiskal’ siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya`ni to`liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o`rtasidagi farq yuzaga keladi.
Davriy taqchillik ko`pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish usullari:
1. Pul-kredit emissiyasi;
2. Davlat zayomlarini chiqarish;
3. Davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko`paytirish.
Davlat byudjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul massasini ko`paytirish inflyatsiyaga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo`ladi. YA`ni, soliq to`lovchilar tomonidan davlatga to`laydigan soliqlar to`lovini atayin kechiktirish hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to`lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o`z mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo`yishadi. Bu esa inflyatsiyaning oshishiga olib keladi.
Agar davlat byudjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o`z navbatida foiz stavkasini ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya xarajatlari,sof eksport hajmi va qisman iste`mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish samarasi ro`y beradi va u fiskal siyosatning rag’batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib qo`yadi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyatsion usul hisoblansada inflyatsiya xavfini ma`lum muddatga kechiktiradi xolos. CHunki muddati o`tgan zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida, baholar darajasining ko`tarishiga sabab bo`ladi. Soliq tushumlarini ko`paytirish byudjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo`li bo`lib, u uzoq muddat talab etadigan soliq islohati o`tkazilishini talab etadi. Bu islohotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan ko`proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar zimmasiga o`tkazish orqali soliqlar tushumini ko`paytirishni ko`zda tutadi.
Byudjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag’larini olib qo`yish va davlat qarzlarini to`lash kiradi. Davlat qarzlarini to`lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. SHu tufayli byudjetdagi ortiqcha mablag’larni muzlatib qo`yish byudjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflyatsion usulidir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan fiskal siyosatni yanada takomillashtirish, soliqlar va byudjet xarajatlaridan iqtisodiyotni barqaror o`stirishni rag’batlantirishning amaliy vositalari sifatida foydalanish borasida chora-tadbirlar belgilanayotganda bugun jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan va mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o`z ta`sirini o`shtkazayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini hisobga olish zarur bo`ladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o`z vaqtida boshlangan, chuqur o`ylangan va uzoq istiqbolga mo`ljallangan ishlar natijasida keyingi yillarda eksport sohasida katta yutuqlar qo`lga kiritildi.
Investitsiyalar hajmining qisqarishiga yo`l qo`ymaslik iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi shartlaridan biridir.
Byudjet - soliq siyosatining amalga oshirish usullariga turli xil karashlar mavjud.
Keyns yo`nalishi tarafdorlari samarali yalpi talab yaratishga iqtisodiy rivojlanish stimuli deb, unga katta e`tiborni qaratadilar. Ular soliqlarni kamaytirish yalpi talabni o`stirishning asosiy omili, demakki, real ishlab chiqarish hajmini o`stirish omili deb hisoblaydilar. SHu bilan birga qisqa muddatda byudjetga tushumlar kamayadi, oqibatda byudjet defitsitligi tashkil topadi yoki uni ko`payishiga olib kelishini ham e`tirof etadilar.
«Taklif iqtisodiyoti» tarafdorlari soliq darajalarining pasayishi yalpi taklifni ko`paytiruvchi omil deb qaraydilar. Soliq og’irligining kamayishi daromadlar o`sishiga olib keladi:

  • aholi daromadi, jamg’arma o`sishiga olib keladi;

  • biznesni daromadi ko`payishiga, demakki investitsiyalarning foydaliligining o`sishiga olib keladi.

SHunday qilib, soliqlarning kamayishi milliy ishlab chiqarish va daromad o`sishiga olib keladi. Oqibatda soliq tushumini kamaytirmaydi, aksincha soliq solish bazasini o`sishi tufayli byudjetga tushumni ko`paytiradi.
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to`lov balansi holatini o`zgartirishga yo`naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini maqsadli o`zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag’batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O`z navbatida davriy ko`tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi.
Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol o`ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan bog’liq. YA’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflyatsion zo`riqishning paydo bo`lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini o`zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini ta’minlash jarayonlarining har biri o`rtasida ma’lum vaqt o`tadi.
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o`zgaradi va ko`rilgan chora-tadbirlar ko`tilgan natijani bermasligi mumkin. SHu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi.
Nodiskret fiskal siyosat - davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini avtomatik o`zgartirishni ko`zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat o`rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o`rnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o`ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi. Bu esa jami talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag’batni yuzaga kelishiga olib keladi. SHuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafaqasi to`lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib, jami taklif hajmini oshishiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflyatsion ta’sir ko`rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta’sir ko`rsatadi. Ayni paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham pasayadi. Ammo nodiskret fiskal siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to`liq yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi.

Download 80,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish