BUYUKLARNI YOD ETIB
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular qalbi va ongida vatanparvarlik, fidoyilik, halollik singari fazilatlarni shakllantirishda ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy ma’naviy merosi beqiyos ahamiyatga ega.
Ijodi jahon jamoatchiligi, olimlar, tadqiqotchilar, adabiyotshunoslar tomonidan katta qiziqish va ulkan e’tibor bilan o‘rganilayotgan bobokalonimizning 571 yillik tavalludi keng nishonlanayotgan shu kunlarda bu jihatlar yana bir bor o‘zining yaqqol tasdig‘ini topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mazkur sanaga bag‘ishlab maktablar, mehribonlik uylari, axborot-resurs markazlarida anjumanlar, uchrashuvlar, she’riyat kechalari o‘tkazilmoqda.
Respublika bolalar kutubxonasida tashkil etilgan ana shunday tadbirda yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Yoshlarni buyuk ajdodlarimizga munosib, barkamol insonlar etib voyaga yetkazish Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning muhim yo‘nalishini tashkil etadi. Bu jarayonda ulug‘ ajdodlarimiz ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, xalqimiz, ayniqsa yoshlar o‘rtasida faol targ‘ib etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Istiqlol yillarida Alisher Navoiy asarlarining ko‘p jildli mukammal to‘plamlari nashr etildi. Mangulikka daxldor asarlari umumiy ta’lim maskanlari, ilmiy tadqiqot institutlari, markazlarda keng o‘rganilmoqda.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 20 yanvaridan 20 fevraligacha mamlakatimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Buyuk ajdodlarni yod etib…” mavzuida adabiyot bayramlari o‘tkazilmoqda. Unda Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, faoliyati, ijodiy merosining ahamiyati yoshlarga atroflicha tushuntirilmoqda. O‘quvchilar uchun o‘zbek, rus, ingliz, nemis va fransuz tillarida o‘tkazilgan “Navoiy va Bobur ijodini o‘rganamiz” mavzuidagi ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi yosh avlodning bilim va saviyasini kengaytirish, dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qiladi.
– Kutubxonamizning adabiyot fondi 220 mingdan ortiq nashrdan iborat, – deydi Respublika bolalar kutubxonasi direktori Doniyor O‘rolov. – Allomalarimizning ijodini yoshlar o‘rtasida targ‘ib va tashviq etish maqsadida mushoiralar, ijodiy uchrashuvlar, intellektual viktorinalar o‘tkazilishi yaxshi an’anaga aylangan. Ayni paytda kutubxona faoliyatini avtomatlashtirish jarayonida Navoiy g‘azal va ruboiylarining elektron versiyasini yaratish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bu esa adabiy-ma’naviy merosimizni o‘rganishda o‘quvchi-yoshlarga yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Kechada o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy-musiqiy dastur namoyish etildi, Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qildi.
2018 yil 9 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya fakulteti”, “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchi xodimlari Shoxida Raupova va Dilfuza Madazizova, tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlangan “Ulug‘larni yod etib” nomli adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.
Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashxur vakilidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik ko‘p va xo‘b yozmagan edi. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir.
Chunki, u o‘zini “Xitoydan to Xurosongacha yoyilgan turkiy qavm”larning xos shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog‘i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Buyuk shoir taqdir taqozosi bilan Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab o‘tdi. Qadim zamonlardan, shu jumladan, Navoiy yashagan davrdan buyon ham Xuroson va Movarounnahr bir mamlakat bo‘lib, bir taxt egasi ixtiyorida kelganligi va axolisining asosiy nufuzini turkiy xalqlar tashkil etganligi ma’lum.
Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiyning tili Andijon shevasi bilan “rost”ligini aytadi. Binobarin, biz qadim turning eng muhim bugunini tashkil etgan va bugun o‘zbek millati bo‘lib shakllangan O‘zbekiston ahli buyuk Navoiyning bevosita vorislaridurmiz.
G‘azal mulkining sultoni Navoiy nafaqat she’riyat, balki ko‘ngillarning ham sultoni edi. U umr bo‘yi el uchun, xalq uchun yashadi. Shu bois ham buyuk ajdodimiz shunday deydi: “Odami ersang, demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami”.
Buyuk Alisherning qalbi buyuk edi. Uning qalb xayajonlarida nafaqat butun elning, millatning, balki jaxon xalqlarining insoniyatning aks sadosi bor edi. El desa Navoiyni, biz ham uni ustoz deymiz, pir deymiz va albatta, buyuk merosini o‘rganib, ibrat olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |