Xulosa.
XX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek portret san’ati yuksalib rivojlandi. Portret sohasida Lutfilla Abdullayev, Abdulxaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, Malik Nabiyevlar samarali ijod qilib kelmoqdalar. Lutfilla Abdullayevning “ Mulla To‘ychi Toshmuhammedov” , “Y. Ahunboboyev” portretlari realistik an’analarda mohirona tasvirlangan. Malik Nabiyev asosan portret janrida zamondoshlari bilan bir qatorda tarixiy allomalar obrazini ham yaratish ustida ko‘p mehnat qiladi. U 1952-yili “Beruniy” obrazini yaratdi. 1993-yili buyuk sarkarda “Amir Temur portreti”ni yaratdi. Portret kompozitsiyasini yaratishda rassomlarning o‘ziga xos uslubi mavjud, u adabiy qo‘lyozma, etnografik hujjatlardan unumli foydalanadi.
Malik Nabiyevning ulkan yutuqlaridan yana biri buyuk shoir, adib, faylasuf va davlat arbobi Zahiriddin Bobur obrazidir. Bobur obrazini yaratish uchun rassom Afg‘aniston, Hindiston va boshqa bir qancha xorijiy mamlakatlarda ham bo‘ldi. Bobur yashagan, ijod qilgan, jang qilgan joylarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. M.Nabiyevning Bobur she’riyati bilan batafsil tanishgani, uning achchiq vasermazmun hayotini mukammal o‘rganganligini, Boburning navqiron va to‘laqonli gavdalantirgan portreti vositasida his etamiz.
Malik Nabiyev nafaqat rassom mohir pedagog, ustoz va etuk murabbiy hamdir. U 1960 yildan boshlab ko’p yillar davomida Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti (universitet)ning badiiy-grafika fakultetida kafedra mudiri va professor sifatida faoliyat ko’rsatib keldi. Rassom maktab, bilim yurtlarining o’qituvchilari, talabalar uchun metodik ishlar yaratishda ham samarali mehnat qildi. Uning bu boradagi ishlarining natijasi kitob shaklida chop etilgan. Ijodkorning sermaxsul ijodiy faoliyati xukumat tomonidan munosib taqdirlanib, unga ―Buyuk xizmatlari uchun ordeni berilgan
Adabiyotlar ro’yxati.
1.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.:”O‘zbekiston”,2000 y. 2.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.:”Ma’naviyat”,2010
Abdullayev N. San’at tarixi. 2 t. – Toshkent: O‘qituvchi, 1986 y.
Abdullayev N. San’at tarixi. 2 t. – Toshkent: San’at. T. 2001 y.
Abdullayev N. San’at tarixi elektron o‘quv qo‘llanma T. 2005 y.
Abdurahmanov G‘. Kompozitsiya o‘quv qo‘llanma. T. 2007 y.
Ahmedov B. Ulug’bek(ESSE). Toshkent 1989.(20-21 bet).
Hasanov R.Tasviriy san’at asoslari. T. 2009. ( 73 b ).
Egamov A. Kompozitsiya asoslari. T.: “San’at” , 2005 y.
Maxmudov T., Olimov Y. O‘zbekiston san’atida inson omili. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1988 y.
Nabiyev A. Tarixiy o‘lkashunoslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 1979 y.
Oydinov N. “O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavxalar”, Toshkent.
O‘qituvchi. 1997.
Oripov B. Tasviriy san’at asoslari. – Namangan, 1994 y.
Oripov B. San’at nazariyasi. – Namangan, 2000 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |