Buyuk xizmatlari uchun


M.Nabiyev. “Hukmdor Amir Temur portreti”



Download 323,13 Kb.
bet5/6
Sana16.12.2022
Hajmi323,13 Kb.
#888399
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rassom Malik Nabiyev....

M.Nabiyev. “Hukmdor Amir Temur portreti”.


XX asr oxiri – XXI asr boshlarida tasviriy san’at ustalari tomonidan Amir Temur va temuriylar portretlari yaratildi. Ular o‘z asarlarida bu tarixiy shaxslar obrazlarini to‘laqonli yaratish uchun milliy tariximiz va


madaniyatimizni chuqur o‘rgana boshladilar. Shu yillari Ch.Axmarov, M.Nabiyev, I.Jabborov, J.Umarbekov, A.Ikromjonov, S.Abdullayev, A.Aliqulov singari tasviriy san’at ustalari Amir Temur va uning hukumronligidagi davr tarixiy voqealari obrazlarini yaratdilar. “O‘zbekistoning Birinchi Prezidentining farmoni asosida 1996 yil Amir Temur yili debb e’lon qilindi, uning 660 yilligi respublikamiz va xorijda keng nishonlandi. 1996 yil 14 martda O‘zR Vazirlar Mahkamasi Temuriylar davri tarixi muzeyini qurish haqida qaror qildi” O‘zbekiston shaharlaridagi bir qator ko‘chalarga uning nomi berildi. 1997 yili O‘zFA Temuriylar tarixi davlat muzeyi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Temuriylar portreti tasvirlangan eng yaxshi asar yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi. Bo‘lajak portretlar uchun asos bo‘lib qoladigan eskizlarni tanlash uchun olimlar va rassomlardan iborat tanlov hay’ati tashkil etildi. Quyidagi ba’zi rassomlar Amir Temur va temuriylarga bag‘ishlangan tarixiy portretlar mualliflari bo‘lib qoldilar:
-“Amir Temur”. Muallif M.Nabiyev;

-“Ulug‘bek Mirzo”. Muallif A.Ikromjonov;


-“Bobur Mirzo”. Muallif A.Mamatova;

-“Umarshayx Mirzo Bahodir”. Muallif E.Masharipov;


-“Abdullo Mirzo”. Muallif Sh.Baxreddinov;


-“Sulton Ahmad Mirzo”. Muallif S.Rahmetov;


- “Halil Sulton Mirzo”. Muallif A.Aliqulov va boshqalar.


Rassomlar ish jarayonida Temuriylar va ularning adabiy merosi bilan tanishdilar. O‘sha davrlarda ro‘y bergan voqealar, temuriylarning kiyimlari va qurollari, arxitektura yodgorliklari, saroylar intererlari kabilarni o‘rgandilar. Tarixiy shaxslar tasviri, shahzodalar obrazlari, yilnoma manbalari, shuningdek saroy hayotini aks ettiruvchi o‘rta asrlar miniatyuralari kabilardan olindi. Kamoliddin Behzod va uning Hirot maktabidagi shogirdlarining asarlari rassomlar uchun yaxshi manba bo‘lib xizmat qildi. Miniatyurachi rassomlar saroylarning ichki bezaklari, miniatyuradagi obrazlar liboslarini batafsil tasvirlab berishgan. Ularning ijodiy merosi madaniy, badiiy-estetik va etnografik qimmatga ega. Shu bilan zamonaviy rassomlar portretlarida birinchi marta Temuriy hukmdorlar va sarkardalar obrazlarini aks ettirdilar.


Milliy san’at an’analari tarixiy janrdagi asarlarni yevropacha realistik maktabi yutuqlari bilan uyg‘unlashtirib yuborgan rassom ijodi tasviriy san’at ustasi Malik Nabiyevning hukmdor Amir Temur portretida o‘z ifodasini topdi, bunda ulug‘ hukmdor va sarkarda realistik, yorqin ifodalangan psixologizm bilan, milliy bezatilgan intererda tasvirlangan. Malik Nabiyev yaratgan Amir Temur obrazida uning xarakteri ochib berilgan. Rassom bu portretni katta qudrat, hayotiy kuch bilan yo‘g‘rilgan davr ruhi aks ettirilgan tarixiy hujatga aylantirib yuborgan. Fransuz yozuvchisi Marsel Brion o‘zining “Amir Temur” nomli kitobida Fransiya milliy kutubxonasidan topib olgan qo‘lyozmadan Sultoniya shahri yepiskopining so‘zlarini keltiradi: “Temurbekning yoshi ancha katta bo‘lishiga qaramay, u jismonan sog‘lom, harbiy yurishlar va janglarda chidamli va faol harakat qilardi. Kechasiyu kunduzi ochiq havoda bo‘lar edi”. 1941 yili Samarqandda hukmdor Amir Temur, so‘ngra Bibixonim va Mirzo Ulug‘bekning qabrlari ochilgan edi. Bir necha vaqtdan keyin qabrni ochish paytida topilgan ashyolar Toshkent shahriga, Davlat tarix muzeyiga olib kelindi. Ikkinchi jahon urushi boshida Samarqanddagi qabr ochilgandan keyin antropolog M.Gerasimov Amir Temurning bosh suyagi
asosida yaratilgan obrazda u mo‘g‘illarga o‘xshagan yuzli, g‘azabnok odam sifatida namoyon bo‘ladi. San’atshunos olim N.Oydinov o‘zining “San’at haqida ocherklar” kitobida Malik Nabiyev bilan bo‘lgan suhbati haqida shunday yozadi: “Muzey binosidagi xonalardan birida antropolog olim M.Gerasimov Amir Temurning bosh suyagi ustida ishlardi va uning asosida bosh qismi haykalini yarata boshladi. Uning butun ish jarayonini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Ana shu 1941 yildan buyon bu sohibqironing portretini yaratish bilan bog‘liq fikr meni asr qilib oldi... O‘zbek rangtasviri ustasi Malik Nabiyev Amir Temur portretini yaratishga ancha muddat tayyorgarlik ko‘rdi, bu paytda o‘rta asrlar miniatyurasi bilan chuqur tanishdi. Shu bilan birga u tarixiy adabiyotlarga ham tayandi”
XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Amir Temur hayotini, ayniqsa uning “Amir Temur Tuzuklari”ni batafsilroq o‘rganish, uning shaxsiga bo‘lgan munosabatni anchayin o‘zgartirib yubordi va unda mamlakatni rivojlantirishga katta e’tibor bergan, Movaraunnaxr xududida madaniyatni gullab yashnashini ta’minlagan hukmdorni ko‘rish mumkin bo‘ldi. “Hozirgi paytda Amir Temur yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda va fan
hamda madaniyat homiysi sifatida e’tibor qozondi. Uning xizmati tufayli Chig‘atoy ulusi paydo bo‘lgandan boshlab va Qozonxon o‘limidan keyinroq (1346) kuchayib 150 yil davom etgan Movaraunnaxrdagi feodal tarqoqlikka barham berildi. U mamlakatni mo‘g‘il bosqinidan qutqardi, kuchli va markazlashgan davlat barpo qildi”

M.Nabiyev. “Hukmdor Amir Temur portreti”. 1994 yil.


Taqdir taqozosi bilan 1941 yil iyun oyida Amir Temur dahmasi, so‘ngra Mirzo Ulug‘bek va Bibixonim qabrlari ochilgani ma’lum. Bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng qabrdan topilgan ashyolar, jumladan Sohibqironning bosh suyagi ham Toshkentdagi O‘zbekiston xalqlari tarixiy muzeyi ga olib kelingan. Bu haqda musavvir hikoya qiladi: “ M. Gerasimov muzey binosida jahongirning bosh suyagi asosida haykal portret ishlashni boshlab yuboradi. Men bu jarayonni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Nachora, zamon taqozosi ekan. Albatta, bu voqea rostdan ham dahshat! Sohibqironning arvohi chirqirab, ruhi azob chekkan bo‘lishi tabiiy… O‘sha 1941 – yildan beri ulug‘ sarkarda siymosini yaratish niyati meni bir daqiqa ham tark etgani yo‘q”. Ellik yildan ortiq vaqt ichida Amir Temur obrazini har tomonlama o‘rganish uchun olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari haqida so‘zlab berishlarini so‘raganimizda rassom bizga yana shu fikrlarni bayon qildilar:
“ Shu davr ichida Amir Temur haqida ko‘plab asarlar bilan tanishdim. Mavjud miniatyuralarni, qayerda bo‘lmasin, imkoniyat darajasida qidirib topdim. Men Hindistonning Kalkutta, Bombay shaharlaridagi muzeylarda, Eronning Tehron, Isfaxon, Turkiyaning Istanbul , Ko‘nyo, Izmir va boshqa shaharlarida, Angliyaning “Britaniya” muzeyidagi Amir Temur siymosi
turlicha tasvirlangan. Hindistonning Bobur miniatyura maktabi, Behzod ( Hirot ) miatyura maktabi vakillari chizgan Amir Temur qiyofasi bir – biridan tubdan farq qiladi. Istanbul muzeyidan joy olgan Temur portreti ham butunlay boshqacha.
Xullas Amir Temur siymosini yaratish uchun bir emas, bir necha miniatyura maktabini o‘rganib chiqdim. Tarixiy asarlarni yaratishda avvalo men bobolar ruhidan madad so‘rayman, ana shu narsa menga doimo dalda berib turadi… “. Haqiqatdan ham rassom bu portret asarini yaratish borasida astoydil izlanishlar olib borgan, yutuqqa yuksak mahorati, mo‘yqalamning kuchi tufayli erishgan.
San’at ixloslari e’tiborini o‘ziga jalb qilgan Amir Temur portretida Sohibqiron sarkarda qiyofasida gavdalantirilgan. Boshiga oltin toj kiygan Temurning nigohi bir nuqtaga qaratilgan. Va jiddiy hayol og‘ushida ekanligi chap qovog‘ini bir oz ko‘tarilib, qoshi tepaga chimirilganidan sezilib turadi. Ulug‘vor fikri bilan bandligidan dalolat beradi. Yuz qiyofasi asosan bug‘doyrang tuslar orqali tasvirlangan. Peshona, yuz qismida paydo bo‘lgan chiziqlar, shuningdek, burun, lab, quloq, soqol, mo‘ylov kabi joylaridagi
holatlar Temurning yoshi bir oz o‘tkanligini ko‘rsatsa-da, uning tetik va baquvatliligi saqlanganligi yaqqol sezilib turibdi.
Ayniqsa bu holat yuzda ko‘zga tashlanayotgani pishiqlik, chayirlikni tasvirlanishida yanada aniqroq ko‘rinadi. Jiddiy fikr va hayol bilan bandlidi esa Sohibqironni yanada salobatli qilib ko‘rsatadi. Yelkador, qo‘llari esa bamaylihotir qilichga tayangan holda tasvirlangan. Portretda qo‘l barmoqlari shunday harakterli tasvirlanganki, bu Sohibqiron Temurning mashaqqatli jangu jadallardan mardonavor o‘tganini yana bir bor tasdiqlab turibdi. Sharqona bezatilgan shoh saroyining bir bo‘lagi, derazadan Samarqand shahrining manzarasi ko‘rinadi. Devordagi fonda naqshin bezaklar, sohibqiron o‘tirgan saltanat kursisining badiiy boyligi, shuningdek Amir Temur egnidagi liboslarining o‘ziga xos qimmatbaho ko‘rinishiga ega bo‘lishi tomoshabinga zavq ulashadi.
Malik Nabiyev buyuk inson Amir Temur obrazini tasvirlash borasida katta muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi. Temurni ilm, san’at ahillariga homiylik qilgan ma’rifat homiysi ekanini ham ifodalay oladi. Xullas, Malik Nabiyev sharqona xarakterga ega bo‘lgan Temurni uzoq va mashaqqatli jangu jadallardan
so‘nggi holatdagi obrazini tasvirlashga erishgan.Rassom o‘z asarida o‘ziga
ishongan, aqlli va qarori qat’iy hukmdor obrazini yaratdi va o‘zining tarixiy portretida katta muvaffaqiyatga erishdi. Rassom Malik Nabiyev 1994 yili yaratgan bu portret hukmdor Amir Temur obrazining etaloni sifatida qabul qilindi.

Download 323,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish