Malik Nabiyev. “Mirzo Bobur”. 1970 yil.
Malik Nabiyevning ulkan yutuqlaridan yana biri buyuk shoir, adib, faylasuf va davlat arbobi Zahiriddin Bobur obrazidir. Bobur obrazini yaratish uchun rassom Afg‘aniston, Hindiston va boshqa bir qancha xorijiy mamlakatlarda ham bo‘ldi. Bobur yashagan, ijod qilgan, jang qilgan joylarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. M.Nabiyevning Bobur she’riyati bilan batafsil tanishgani, uning achchiq vasermazmun hayotini mukammal o‘rganganligini, Boburning navqiron va to‘laqonli gavdalantirgan portreti vositasida his etamiz.
Malik Nabiyev yaratgan Mirzo Bobur obrazida shoir va hukumdor xarakterini nihoyatda teran ifoda eta oldi. Rassom bu portretni ulkan hayotiy quvvatga ega bo‘lgan davr ruhi aks etgan tarixiy hujjatga aylantirdi. Rassom bu portretni yaratgunicha ancha ikkilandi, ammo o‘zining ijodiy quvvatiga ishondi. O‘zining butun ruhiy quvvatini jamlab yana parvoz qila oldi, o‘z qalbini yana ochdi, yana quvonish va hayratlanish qobliyatiga ega bo‘ldi. Ikkilanishlar olovida yonganligi, murakkab hayot tajribasiga ega bo‘lganligi tufayli o‘z davrida e’tiborga sozovor bo‘ldi va O‘zbekiston tarixidagi buyuk shaxslar portretlarini yaratishda unga kata kuch berdi. Bu qattiq mehnat va
urinishlar natijasida XX asrning ikkinchi yarmida O‘zbekiston olimlari va
shoirlarining turkum tarixiy portretlari yaratildi. Bu turkum portretlar nafaqat mamlakatimizda, balki butun O‘rta Osiyoda mashhur bo‘lib ketdi. San’atkor o‘ziga ishongan, aqlli va dovyurak hukumdor obrazini yaratgan. Mirzo Boburning bu tarixiy portretida rassom katta muvaffaqiyatga erishgan. Bu portret 1960 yil oxiri va 1970 yil boshlarida yaratildi. Portret katta muvaffaqiyat qozondi va 1990 yili rassom bu portretning ikkinchi variantini ishladi, ammo rangtasvirning ikkinchi varianti boshqacharoq yaratildi, ya’ni peshtoqli deraza ortida kunduzi emas, balki to‘q ko‘k tun edi, osmonda yangi oy kezadi, bu asarga lirik kayfiyat bag‘ishladi. Bunda shoir va sarkarda o‘zi hukumron bo‘lgan mamlakatning hayoti haqidagi kuzatishlarini yozayotgan bo‘lishi mumkin. Bobur o‘z yurtidan olislarga ketib, ona yurtiga mehru-muhabbatini go‘yoki izhor qilayotgan holatini, rassomning jonli bo‘yoqlarida namoyon bo‘lgan. Xullas, Bobur portretidagi turli xil bo‘yoqlarda aks ettirilgan tuyg‘ular uyg‘unligi butun borlig‘ingizni ranglar sehri bilan qamrab oladi.
M.Nabiyev. “Mirzo Bobur”. 1970 yil.
1970 yili iliq, yorqin rangda moy bo‘yoq bilan 120x100 xajmdagi matoga ishlangan Mirzo Bobur portretini ana shu turkumdagi portretlar sirasiga kiritish mumkin. Mirzo Bobur portretda yonidan ishlangan, uning nigohi
uzoqlarga qadalgan, bu uning diqqatini bir nuqtaga jamlaganligini ko‘rsatadi, hukmdorning diqqati muhim muammoni hal qilishga qaratilganligi seziladi. Asar iliq yorqin ranglarda ishlangan. Hukumdor saroyning xonalaridan birida o‘tiribdi. Peshtoqli bezakdor derazalar ortida Dehli shahri yastangan. Bir qo‘lini iyagiga tiragan, qalam ushlagan boshqasi pastdagi yostiqqa tirangan. Hukumdorning shohona bezakdor libosida turli holatdagi ohular tasvirlangan. U o‘zining boy bezaklari bilan tasavvur uyg‘otadi.
Tarixiy shaxslar obrazini yaratish naqadar mushkul. Bu mushkulliklarni ijodkor tinimsiz mehnat mashaqqatlari bilan dadil yenga olgan. Rassomning ko‘plab portretlarida buyuk siymolar obrazi zamonaga hamohang darajada gavdalanligini ko‘ramiz va beixtiyor hayratlanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |