Buyuk ajdodlarimizga ehtirom



Download 128,07 Kb.
bet1/3
Sana15.12.2020
Hajmi128,07 Kb.
#53252
  1   2   3
Bog'liq
Buyuk ajdodlarimizga ehtirom


Buyuk ajdodlarimizga ehtirom.
Reja:

1.Abu Ali ibn Sino

2. Al-Xorazmiy

3. Beruniy

Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish  hamisha yuqori bo‘lgan. Xorijiy mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan.

Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida buyuk olim va mutafakkirlarimiz, qadimiy shaharlarimiz yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ulug‘ allomalarimiz, aziz-avliyolarimiz qadamjolarini obod etish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Milliy ma’naviy merosimizni tiklash va asrab-avaylash, ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buyuk bobolarimiz tafakkuri mahsuli bo‘lgan tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, kimyo, astronomiya, me’morlik, din va boshqa sohalarga oid minglab noyob qo‘lyozmalar bizning bebaho boyligimizdir. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bunday boy merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.

Islom madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk vatandoshimiz Abu Iso Termiziy va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Biz baxtiyor avlodmiz, baxtli xalqmiz, chunki shunday buyuk ajdodlarning vorisimiz, dedi Prezidentimiz. Xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan ishlarimiz bilan ulug‘ ajdodlarimizga munosib bo‘lishimiz kerak. Bu barchamizdan yuksak mas’uliyat talab qiladi.

Shavkat Mirziyoyev nuroniylar bilan suhbatda dunyoning turli hududlarida islom dinini niqob qilib olgan kimsalar qanchadan-qancha begunoh odamlarning umriga zomin bo‘layotganini,  bunday qabih harakatlar muqaddas dinimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini, farzandlarimizni ana shunday yovuz niyatli kuchlar, ekstremistik g‘oyalar ta’siridan asrab-avaylashimiz zarurligini qayd etdi.

Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida Islom madaniyati markazini tashkil qilamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. Yurtdoshlarimiz, mamlakatimizga keladigan mehmonlar bu yerda buyuk allomalarimizning bebaho merosi namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.

Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā al-Balkhī; arabcha: أبو علي الحسین بن عبدالله بن سینا) Oʻrta Osiyolik olim,faylasuf. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. GʻarbdaAvitsenna (ingl. Avicenna) nomi bilan mashhur.

Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (I. S), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, I. S. lar oilasi poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas I.S. Qurʼon va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. I. S.ning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun otasi I.S.ni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. I. S.ning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan soʻng ota oʻgʻliga ilm oʻrganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi.

I. S. ning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh al Qumriyning xizmati katta boʻldi. I. S. undan tabobat darenii olib, bu ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan boʻlib, 999 y. da vafot etdi.

I. S. 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga I. S. saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. I. S. bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining eng oʻqimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini mustaqil oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining , xususan, Aristotelning "Metafizika" asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati I. S. ga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning "Metafizika"ning maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina I. S. metafizikani oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, I. S. zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, "Urjuza" tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abu-lhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan "Alhikmat al-Aruziy" ("Aruziy hikmati") asarini taʼlif etdi. Undan tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr albar qiy (yoki Baraqiy) ning iltimosiga ko'ra, 20 jildli "Alhosil val-mahsul" ("Yakun va natija") qomusiy asari hamda 2 jildli "Kitob al-bir val-ism" ("Sahovat va jinoyat kitobi")ni yozdi.

Qoraxoniylar 999 y. Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini agʻdarganidan keyin I. S. hayotida tashvishli, notinch va ogʻir damlar boshlandi. 1002 y. uning otasi vafot qildi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005 y. gacha davom etib, oxiri krraxoniylarning butkul gʻalabasi bilan tugadi. Bunday vaziyatda Buxoroda ortiq qolib boʻlmas edi. Shu bois I. S. oʻz yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. 11-asr boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch boʻlib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan oʻlka edi. Xorazm-shohlar Ali ibn Maʼmun (997—1009) va Maʼmun ibn Maʼmun (1009—1017) ilm fanga eʼtiborli hukmdorlar boʻlib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) da zamonasining koʻpgina taniqli olimlari toʻplandi. Yirik matematik va astronom Abu Nasr ibn Irok, (1034 y. v. e.), atoqli tabib va faylasuflar Abu Saql Ma-sihiy (1010 i. v. e.), Abu-l-Xayr Hammor (942—1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005 y. I. S. ham kelib qoʻshildi. Xorazmda I. S, asosan, matematika va astronomiya bilan shugʻullandi. Bu sohalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan boʻlgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etdi. I. S. ning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. I. S. Abu Saxl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri Abulhusayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi boʻlganidan, I. S. u bilan doʻstlashadi va unga atab alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Eliksir haqida risola") nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa choʻzilmaydi. Sharqda qudrati ortib borayotgan Gʻazna hukmdori sulton Mahmud Gʻaznaviy bu oʻlkaga koʻz tikadi. U, avval, Maʼmunga saroydagi bir guruh olimlarini Gʻaznaga joʻnatib yuborishni soʻrab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va Abul-Hammor Gʻaznaga ketadilar. I. S esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011 y. larda yashirincha Xorazmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining oxirigacha vatandan uzoqda hayot kechirishga majbur boʻladi. Masihiy bilan I. S Jurjonga — Masihiyning vataniga yoʻl oldilar. Lekin yoʻldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob boʻlib, vafot etadi. Natijada, I. S azob-uqubatlar chekib, avval, Niso, soʻng Obivard, Tus, Shiqqon va Hurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, nihoyat, Kaspiy dengizining janubi sharqida joylashgan Jurzkon amirligiga yetib keladi. I. S. Jurjonda 1012—1014 y. larda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi muhim voqealardan biri — Abu Ubayd Jurjoniy bilan uchrashuv va bir umrga doʻstlashuv sodir boʻladi. U I.S.ga nafaqat shogird, balki sodiq doʻst ham edi. U I.S. bilan olimning soʻnggi damigacha, 25 y. davomida birga boʻladi. I. S. tarjimai holining yozilib qolishi, koʻpgina asarlarining taʼlifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Jurjoniyning xizmati katta.



Ibn Sino portretiga bilan 20 Tojikiston Somoniy

Jurjondalik vaqtida I. S. ham ilmiy ijod bilan shugʻullandi, ham tabib sifatida faoliyat koʻrsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga koʻra, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi "Tib qonunlari"ning dastlabki qismlarini yaratdi. 1014 y. olim Jurjonni tark etib, Rayga kuchdi. I. S. Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan boʻlmish Majduddavla Abu Tolib Rustam (997—1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar. Bu yerda I. S. savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani da-voladi va shu sababli saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor boʻldi. Lekin olim Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud Gʻaznaviyning Rayga ham hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois I. S. Rayni tark etib, nisbatan kuchlirok, boʻlgan Hamadonga, Majdud-davlaning akasi Shamsuddavla (997— 1021) huzuriga ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi bo'lib ishlaydi, so'ng vazirlik mansabiga ko'tariladi. Davlat ishlari bilan band bo'lishiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va qator asarlar yaratadi. "Tib qonunlari"ning 1-kitobini tugatib, oʻzining mashhur falsafiy qomusi — "Kitob ash-shifo" ni ham shu yerda yozishga kirishadi. "Tib qonunlari" ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi.

I. S Hamadonda 1023 y. gacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga ko'ra, shu yili Isfahonga joʻnab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini shu yerda oʻtkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashgʻul boʻlib, bir qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. "Kitob ash-shifo" ning qismlari, fors tilidagi "Donishnoma" va 20 jildli "Insof-adolat kitobi" shular jumlasidan.

I. S. ning tabobat sohasida qilgan ishlari oʻsha davr tabobatini bir necha davrga ilgarilatdi va ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yakinlashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning , xususan Gippokrat, Galen, Dioskorid va boshqalarning taʼlimoti ustuvor edi. I. S. ham oʻz tibbiy faoliyatida ularning nazariy qarashlari va amaliy koʻrsatmalariga tayandi, lekin ularni Hindiston, Xitoy, Oʻrta Osiyo, Sharq olimlarining hamda uz tajribalari va bilimlari asosida rivojlantirdi va bo-yitdi. I. S. ning daho tabib sifatida shuxrat qozonishining asosiy omillaridan biri — uning tib nazariyasini, xususan, anatomiya — inson gavdasi tuzilishini mukammal bilishligidir. Bosh suyagining tuzulishi, tishlarning tuzilishi toʻgʻrisida u Galenga ergashgan holda toʻgʻri fikrlagan. Uning koʻzning anatomiyasi, koʻrish jarayonining qanday sodir boʻlishi va unda koʻz qorachigʻining roli, koʻz muskullarining joylashishi xususida yozganlari zamonaviy oftalmologiyaga yaqindir. Asablar, qon tomirlar, mushaklarning tuzilishi va funksiyalari toʻgʻrisida yozganlari anatomiyaning amaliyot bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Bu esa amaliy anatomiyaning asoschisi deb tan olingan rus olimi N. I. Pirogov I. S. ning izdoshi deyishga asos beradi.

I. S. ning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortigʻi bizgacha yetib kelgan, ularning orasida "Qonun" kabi tibbiy ensiklopediya bilan bir qatorda tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan turli hajmdagi "Urjuza fi-ttibb" ("Tibbiy ur-juza"), "alAdviyat alqalbiya" ("Yurak dorilari"), "Dafʼ almadorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya" ("Inson badaniga yetishgan barcha zararlarni yoʻqotish"), "Kitob al-qulanj" ("Qulanj haqidagi kitob"), "Maqola fi-nnabz" ("Tomir urishi haqida makr-la"), "Risola fi-l-boh" ("Shahvoniy quvvat haqida risola"), "Risola fi tadbiri al-musofirin" ("Safardagilarning tadbiri haqida risola"), "Risola fi xifz as-sihha" ("Sogʻliqni saqlash haqida risola"), "Risola fi-s-sikanjubin" ("Sikanjubin haqida risola"), "Risola fi-lfasd" ("Qon olish haqida r.isola"), "Risola fi-lhindabo" ("Sachratqi haqida risola") kabi risolalar ham bor.

I. S. ilmiy merosini oʻrganish ishlari yangi davrga kelib jadal tus oldi va natijada chet el hamda Oʻzbekistonda maxsus ilmiy yoʻnalish — sinoshunoslik vujudga keldi. "Tib qonunlari"ning lotincha tarjimasi toʻliq hodda 40 marta nashr etildi. Uning ayrim qismlari nemis, ingliz va fransuz tillariga tarjima qilindi, olimning falsafiy va boshqa sohalarga oid asarlari ham jahonning bir necha tillarida nashr etildi, uning ijodiga oid qator yirik tadqiqotlar yaratildi. Jahonning turli kutubxonalarida I. S asarlarining qoʻlyozmalari saklanadi, shujumladan, Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida ham alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qoʻlyozmasi mavjud. Yevropa olimlari Ye. Bishmann, Yu. Rus-ka Karra de Vo, X. Korbin, Kruz Xernandez, L. Garde, A. M. Guashon, X. Ley, P. Morividj, J. Saliba hamda arab, turk va eron olimlari M. U. Najotiy, A. N. Nodir, J. Sh. Qanavotiy, Said Nafisiy, Yahyo Maxdaviy, Umar Farrux, E. Ihsonoʻgʻlu, F. Rahmon, M. Muso, H. Gʻaraba, M. Shohvardiy va boshqa I. S ijodini oʻrganishga maʼlum hissa qoʻshdilar. Rossiyalik olimlardan Ye. E. Bertels, A. Ya. Borisov, I. S. Braginskiy, S. I. Grigoryan, B. A. Petrov, B. A. Rozenfeld, V. N. Ternovskiy, A. V. Sagadeyev, M. M. Rojanskaya, Tojikiston olimlaridan S. Ayniy, M. Dinor-shoyev, T. Mardonov, N. Rahmatullayev, A. Bahovuddinov, Yu. Nuraliyev bu yoʻnalishning rivojlanishiga xizmat qildilar. Oʻzbekistonda I. S. asarlarini tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar S. Mirzayev, A. Murodov, A. Rasulov, U. I. Karimov, Yu. N. Zavadovskiy, A. A. Semyonov, M. A. Salye, P. G. Boʻlgakov, Sh. Shoislomov, E. Talabov, H. Hikmatullayevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. T. N. Qori-Niyoziy, I. M. Moʻminov, M. M. Xayrullayev, M. N. Boltayev, A. Axmedov, G. P. Matviyev-skaya, V. K. Jumayev, N. Majidov, O. F. Fayzullayev, M. B. Baratovning monografiya va maqolalarida I. S. ijodining turli qirralari tadqiq etilgan. Rus antropologi M. M. Gerasimov, bir necha tarixiy shaxslar qatori, I. S. ning ham kalla suyagi asosida haykalportretini yaratgan. Andijon tibbiyot in-ti xodimlari (Yu. O. Otabekov, Sh. H.Hamidullin, Ye. S. Sokolova) I. S.ning ilmiy asoslangan timsolini haykal-byustda tasvirladilar (1965). Oʻzbekistonlik rassom S. Marfin I. S. badiiy portretini ishlagan (1968). I. S. haqida "Oʻzbekfilm" studiyasi ijodkorlari (rej. E. Eshmuhamedov; O. Agishev, E. Eshmuhamedov ssenariysi) "Dahoning yoshligi" tarixiy-biografik badiiy filmini (1984) yaratdilar.


Download 128,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish