Somiy tillar



Download 18,49 Kb.
Sana09.03.2020
Hajmi18,49 Kb.
#41852
Bog'liq
Arab tili ma'ruza

Arab tili – Somiy tillar guruhining janubiy tarmog‘iga mansub til. Yaqin va O‘rta Sharq hamda Afrika shim.586dagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Arab tilida 200 mln. dan ortiq aholi gaplashadi (1997). Qadimiy Arab tili miloddan avvalgi 5 – 4-asrlarga taalluqli obidalar orqali maʼlumdir. U mumtoz arab tilining paydo bo‘lishiga zamin bo‘lgan. Mumtoz Arab tilining leksik va grammatik shakllanishi johiliya davri (5 – 7-asrlar) shoirlarining og‘zaki ijodlarida namoyon bo‘la boshlagan. Qur’oni Karimning nozil bo‘lishi natijasida mumtoz Arab tili badiiyati yanada go‘zallashdi va grammatik meʼyorlari mukammallashdi. 8 – 9-asrlarda mumtoz Arab tili grammatikasi ishlab chiqildi, islom yoyilgan o‘lkalarda rasmiy va ilmiy til bo‘lib qoldi. Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy va boshqa ilmiy asarlarini ana shu tilda yozganlar. Mumtoz Arab tili leksik jihatdan bir oz o‘zgargan holda, hozirga qadar arablarning adabiy tili bo‘lib kelmoqda. Buning asosiy sababi arab dunyosini birlashtirib turuvchi Qur’oni Karim, Hadisi Sharif va boshqa mo‘’tabar manbalardir. Arab dunyosidagi vaqtli matbuot, nashrlar, radio va televideniye hozirgi shu tilda. Arab so‘zlashuv tili adabiy tildan keskin farqlanadi, fonetik va leksik jihatdan birbiriga o‘xshamaydi. Misr, Sudan, Suriya, Iroq, Mag‘rib, Xasaniya (Mavritaniya), Shoa (Nigeriya, Kamerun, Niger) lahjalariga bo‘linadi. Ushbu lahjalar asosan 3 sababga ko‘ra yuzaga kelgan: 1) arab adabiy tiliga quraysh qabilasi (Makka) shevasida nozil bo‘lgan Qur’oni Karim tili asos bo‘lgan, zero o‘sha vaqtlardayoq Arabiston yarim orolda yashovchi qabilalarning tillarida turli tafovutlar bor edi; 2) hozirgi arab dunyosining aksar qismi kelib chiqishi arab bo‘lmagan xalqlardir. Ular islom taʼsirida arablashgan. Ularning hozirgi so‘zlashuv tilida islomgacha mavjud bo‘lgan ona tillari unsurlarining bo‘lishi, tabiiy; 3) arab dunyosining aksar qismi g‘arb istilochilari hukmronligi ostida bo‘lganligi hududiy lahjalarning jiddiy farqlanishiga olib kelgan. Turkiston, xususan hozirgi O‘zbekiston hududi Arab xalifaligi tomonidan bo‘ysundirilgach va islom mahalliy aholi tomonidan qabul qilingach, Arab tili hamda arab yozuvi mazkur hududda ilmfan tili va yozuviga aylandi. Shu bilan bog‘liq holda arabshunoslik vujudga keldi.Ad.: Sharbatov G. Sh., Sovremenniy arabskiy yazik, M., 1961; Talabov E., Arab tili, T., 1993.Sarvar Abdullayev.[1]

      Olamlarni yaratgan, oxirgi payg‘ambarini islom bilan xushnud qilgan hamda O‘zining nazdidagi din islom ekanligiga rozi bo‘lgan zot Allohga behisob-beadad hamd-u sanolar bo‘lsin. Qurayshlarning sayyidi, arablarning eng fasohatlisi bo‘lgan hamda ikki dunyoning chirog‘i bo‘lib dunyoni munavvar qilgan payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga cheksiz-cheksiz durud-u salovatlar bo‘lsin.


      Arab tili somiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, uning adabiy til normasi johiliyat davrida shakllangan. Uning taraqqiyoti uch bosqichga bo‘linib o‘rganiladi: qadimgi, klassik va hozirgi zamonaviy arab tili.
      Klassik arab tili islom bayrog‘i ostida Yaqin va O‘rta Sharqqa, Markaziy Osiyo va Afrikaning ko‘p qismiga tarqaldi. Bunda albatta, sahobalarning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Keyinchalik, u O‘rta Osiyoda uzoq vaqtlargacha xalqaro va bilim tili bo‘lib keldi. Bu tilda davlat dasturlari olib boriladi va hikmatlarga to‘la asarlar yoziladi. Shulardan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Muhammad Xorazmiy va Mahmud Zamaxshariy kabi o‘zlarining chuqur ilmiy mulohazalari bilan dunyo fanining ravnaqiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan fan daholari, buyuk vatandoshlarimiz ham shu tilda samarali ijod qilishgan. Klassik til hozirgi arab tilining shakllanishi uchun zamin bo‘ldi.
      Hozirgi zamon adabiy arab tili Arabiston yarim oroli va undan shimolroqdagi hamda Shimoliy va Sharqiy Afrikadagi yigirmadan ortiq davlatlarning rasmiy tili hisoblanadi. Qadimgi tilining ba’zi yodgorliklari bizgacha yetib kelgan. Tadqiqotchilar shu yodgorliklardagi yozuvlar asosida uning grammatik qurilishini va qisman so‘z boyligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan.
     Klassik arab tilining namunalari esa bizgacha juda ko‘p miqdorda yetib kelgan. Unda mukammal grammatik qurulishga ega bo‘lgan, keng leksik tarkibli, johiliy davri nazmi va ta’sirdor qabilalar lahjalari nodir xususiyatlarini o‘zida umumlashtira olgan boy tilni ko‘rish mumkin. Arab davridagi haq dinni izlovchilarning nazmida:

 

فَيَا عَجَبًا كَيْفَ يُعْصَي الإلَهٌ أَمْ كَيْفَ يَجْحَدُهُ الْجَاحِدُ؟

 

Vo ajab! Qanday qilib ilohga osiy bo‘lish bor,


Yo inki inkor qiluvchining inkori bor .

 

    Klassik arab tili takomilida arab qabilalari lahjasida eng e’tiborlisi quraysh lahjasi hisoblangan. Chunki ularning zamini Makkai mukarrama bo‘lgan. Makkai mukarramada esa, ulug‘ Qur’oni karim nozil bo‘lgan. Qur’oni karim arab tilida, quraysh lahjasida nozil bo‘lgan. Uning arab tilida nozil bo‘lganiga Alloh taoloning kalomida bir necha o‘rinlarda zikr qilingan. Alloh taolo Shuaro surasi 7-oyatida shunday marhamat qiladi:



 

وَكَذَلِكَ أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ قُرْآَنًا عَرَبِيًّا لِتُنْذِرَ أُمَّ الْقُرَى وَمَنْ حَوْلَهَا وَتُنْذِرَ يَوْمَ الْجَمْعِ لَا رَيْبَ فِيهِ فَرِيقٌ فِي الْجَنَّةِ وَفَرِيقٌ فِي السَّعِيرِ

 

(Barcha) shaharlar onasi (Makka ahlini) va uning atrofidagi kishilarni ogohlantirishingiz uchun va shubhasi yo‘q «to‘planish kuni» (qiyomat kuni)dan ogohlantirishingiz uchun Biz Sizga mana shunday arab tilidagi Qur’onni vahiy qildik. (U kunda) bir guruh jannatda bo‘lsa, bir guruh do‘zaxdadir. Shu bois, Muqaddas Kitobni to‘g‘ri tushunish, uni anglash uchun arab tilini o‘rganishnish, xususan sarf va nahv qoidalarining ahamiyati beqiyosdir. Zero, arab tilini bilmaslik emas, aksincha bilib, unda xato qilgan insonlar malomat qilingan.


Abu Tib aytadilar: “Bilginki, arablarning kalomiga xalal yetkazgan va o‘rganishi eng ehtiyoj sezilarli narsa bu e’robdir. (E’rob bu – kalimaning oxiridagi harakat) Rivoyat qilinadiki, bir kishi               Rasululloh salallohu alayhi vasallam huzurlarida so‘zlayotib, lahn (xato) qiladi. Shunda u zot:

 

أَرْشِدُوا أخَاكُمْ فَقَدْ ضَلَّ

 

Ya’ni, “Birodaringizni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llab qo‘ying, batahqiq u adashdi”, dedilar. Yoqut aytadilar: “Umar ibn Xattob raziyallohu anhuning oldilaridan kamon otishni yaxshi bilmaydigan bir qavm o‘tib qoldi. Ularga tanbeh berdilar, ular aytishdi: “Biz ta’lim oluvchi qavmmiz”. Umar raziyallohu anhuning g‘azablari keldi va dedilar: “Albatta, sizlarning tilingizdagi xatolaringiz kamon otishdagi xatolaringizdan ko‘ra yomonroqdir”. Sababi, haligi kamon otayotgan qavm arab tili qoidasiga zid qilib gapirishgan. Shu bois, Hazrat Umarning jahllari chiqadi.


     Hazrat Umar davrlarida u zotga voliylardan biri maktub yozadi va unda lahn qiladi. Bu Umar raziyallohu anhuga xush kelmaydi. Ibn Qutayba aytadilar: “Bir a’robiy bir muazzinning bunday deyayotganini eshitib qoladi:

 

أشْهَدُ أنَّ مُحَمَّدَّا رَسُول الَّله

 

    Muazzin رَسُولُ so‘zini nasb (fatha harakati)da o‘qiydi. Haligi eshitib turgan kishi a’robiy bo‘lsada, ajablanib: “Sho‘ri qurigur, bu nima qilyapti o‘zi?”, deydi. Bir a’robiy bozorga kirib bozorchilarni lahn qilayotganini eshitib qoladi va “Subhanalloh, lahn qilishyapti. Biz esa lahn ham qilmaymiz, foyda ham ko‘rmaymiz”, deydilar. Ya’ni ular shuncha xato qilishsa ham, foyda ko‘rib yotishibdi. Biz esa to‘g‘ri so‘zlab, foyda ko‘rishni bilmaymiz deyishgan.


     Asmoiy aytadilar: “To‘rt kishi na hazlida ham va na jiddiy gapida ham lahn (xato)ga yo‘l qo‘ymagan. Ular Sha’biy, Abdulmalik ibn Marvon, Hajjoj ibn Yusuf va Ibni Fariadir. Ularning ichida eng fasohatlisi Hajjoj hisoblanadi”. Bundan bilinadiki, bu insonlar hazil va jahl holatida ham arab grammatikasiga amal qilib so‘zlagan.
     Bir kuni Hazrat Ali raziyalohu anhu bir kishining Tavba surasini noto‘g‘ri e’rob bilan o‘qiyotganini eshitib qoladilar va Abu Asvad ad-Dualiyni chaqirib qoida yozishga buyuradilar. Boshqa rivoyatda, aytadilarki, Abu Asvad hazrat Alining huzurlariga kiradi, Hazrat Alining qo‘llarida siyoh bor edi. Abu Asvad aytadilar: “Ya amiral mu’miniyn! Qo‘lingizdagi nima? Ali raziyallohu anhu: “O‘ylab qoldim, mana bu qizillarni arablarga aralashishi oqibatida arab tili buzilyapti. Men bu bilan bir narsa o‘rnatmoqchimanki, arablar ularga murojaat qilsin va unga suyansinlar. So‘ng qo‘llaridagi haligi narsani Abu Asvad tomon tashlaydilar . Unda quyidagicha yozilgan edi:

 

الكَلَامُ كُلُّهُ إسْمٌ وَ فِعْلٌ وَحَرْفٌ. فَلاسْمُ مَا أنْبَاءَ عَنِ المُسَمَّى. وَالفِعْلُ مَا أنْبِىءَ بِهِ. وَالحَرْفُ مَا أفاَدَ مَعْنَى

 

Ya’ni: “Kalomning barchasi ism, fe’l va harfdan iboratdir. Ism nomlangan narsadan xabar beradi. Fe’l esa u bilan xabar beriladi. Harf esa ma’no anglatmaydi”. So‘ng aytadilar: “Mana shu 3 narsadan keyin xayolingga nima kelsa, yozavergin”.


      Shundan so‘ng arab tili qoidalariga katta e’tibor beriladigan bo‘ldi. Birinchi bo‘lib bu sohada Abu Asvad ad-Dualiy arab tiliga doir qonun-qoidalarni ishlab chiqaradilar. Bu sohada eng muvaffaqiyat qozongan shaxs bizning vatandoshimiz Mahmud Zamaxshariy hazratlari hisoblanadilar. Bu olim o‘z kitobida arablarning o‘zi o‘rganishga muhtoj bo‘lgan qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldiradi. Hatto arablardan ba’zilari aytadi: “Agar bu inson shunday buyuk ishni qilmaganda biz o‘zimizning sof tilimizdan ayrilib qolardik”.
      Biroq arab tilining grammatik normalari esa milodning XII-IX asrida ishlab chiqildi. Qur’oni karimning nozil bo‘lishi, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom hadislarining yuzaga kelishi arab adabiy tilining yanada rivojlanishi, ta’sir doirasining kengayishi, arab bo‘lmagan boshqa xalqlar tomonidan ham arab tilini keng o‘rganilishiga yo‘l ochib berdi. Ayniqsa, Bag‘dod xalifaligida tashkil etilgan ilmiy markaz va unda arab olimlari bilan bir safda ko‘plab musulmon o‘lkalardan kelgan ajam olimlarining tadqiqot ishlari olib borishgani arab tilining ilm-fan sohasidagi mavqeyini yanada yuqori ko‘tardi. Natijada bu til butun musulmon sharqi hududida Evropadagi lotin tili kabi fan tiliga aylandi. Bundan tashqari, u ko‘plab musulmon sharq mamlakatlarida uzoq vaqt davlatlararo muomala tili bo‘lib ham xizmat qildi.

 

Kamolitdinova Habiba 



Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti 4-kurs talabas
Download 18,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish