BUXORO VILOYaTI
BUXORO tumanI
XALQ TA’LIMi BO‘LIMI
TASARRUFIDAGI
9- UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA
O‘quvchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish. giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarining oldini olish mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilish xaqida ma’lumot
Buxoro tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 9- umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilarining yig‘ilish bayoni
16.09.2021 yil “Saxovat ” MFy
Yig‘ilish raisi: S.Djuraev
Yig‘ilishda:, “Saxovat ” MFy MFy profilaktika katta inspektori D.Xamroev Maktab direktori S.Djuraev, maktab xamshirasi M.Rajabova , 269 nafari yuqori sinf o‘quvchilari 19 nafar o‘qituvchilar qatnashdi.
Yig‘ilish kun tartibida:
1. O‘quvchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarining oldini olish to‘g‘risida
Yig‘ilish kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori S.Djuraev so‘zga chiqib yig‘ilish ishtirokchilariga tashrif buyurgan mexmonlarni tanishtirib o‘tdi va bugungi kunda muxtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga juda katta e’tibor berilayotganiligini , bu borada 2016- yil 14-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 406 sonli “O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosati” ni amalga oshirish to‘g‘risidagi Qonuni qabul qilinganligini xamda yoshlarimiz uchun ularning unib o‘sishlari uchun barcha sharoitlar muxayyo ekanligini shunday tinch va osuda diyorda yashayotgan yoshlar bugungi kunda dunyodagi yoshlardan kam emasliklari xaqida gapirib so‘zni xudud profilaktika katta inspektori D.Xamroevga berdi. D.Xamroev o‘z so‘zida o‘quvchilar giyoxvand moddalarsiz sog‘lom turmush tarzini yaratishlari kerakligini va maktab o‘quvchilarining ozodaligi , saramjon- sarishtaligi , darslarga va to‘garak mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashishi , kechalari sandiraqlab yurmasliklari haqida , gapirdi. Shuningdek ayrim o‘g‘il bolalarni xali yosh bo‘lishlariga qaramasdan o‘zlarini zaxarlayotganliklarini sigareta v nos chekish kabi zararli odatlarga o‘rganib borayotganligini va maktab o‘quvchilarining bunday ishlarga aralashib qolmasliklari kerakligini o‘quvchilar iloji boricha o‘zlarini zararli oqbatlardan xoli qilib oilada xam uyda xam sog‘lom muxitni yaratishlari kerakligini qolaversa bunday zararli odatlar organizmning o‘sishiga , rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini buni to‘g‘ri tushunmagan o‘quvchilar o‘zlarini yildan yilga zaxarlab borayotganligini aytib bugungi yig‘ilishdan olgan ta’surootlarini oilada ota – onalariga aka ukalariga xam aytib o‘tishlari , tushuntirishlari kerakligini o‘qtirdi .
Shundan so‘ng so‘zni “ Saxovat” MFY raisi E.Rajabovga berdi o‘z so‘zida yurtimizgda sog‘lom fikrlaydigan , o‘zini zararli odatlardan asray oladigan kundalik tartiblarga bo‘y sunadigan va doimiy o‘zini ozoda tutadigan yoshlar nixoyatda qadrlanishini ,ulardan katta –katta olimlar chiqishini aytib xozirgi vaqtdagi yoshlarning vazifasi xaqida va ularning ota-ona oldidagi majburiyatlari xaqida shapirib o‘tdi .Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab xamshirasi D. Rajabova so‘zga chiqib o‘quvchilarning maktabdagi odob-ahloqlari, darslarga muntazam qatnashishlari,to‘garak mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashishlari , uyda xam oilada xam sog‘lom muxitni yaratish kerakligi , axloqsizlik va boshqa zararli illatlar bizning o‘zbek farzandlarini mentalitetlariga xam to‘g‘ri kelmasligi haqida gapirib o‘tdi.
Muzokara uchun maktab MMIBDO‘ D. Achilova so‘zga chiqib, o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish barcha sharoitlar muxayyo ekanligini , maktabda fan va sport to‘garaklari muntazam ravishda o‘tkazilayotganligini shulardan va ustozlardan tarbiya olib davlatimizning koriga yaraydigan , xamma xavas qiladigan , zararli odatlardan xoli yigit qizlar bo‘lib yetishishlarini tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |