Inventarizatsiya o‘tkazish bo‘yicha belgilangan tartibni buzilishi
|
Tartib buzilishi natijasida kelib chiquvchi oqibatlar
|
Inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqni (farmoyishni, qarorni) noto‘g‘ri rasmiylashtirilishi (jumladan, inventarizatsiya o‘tkazish vaqtini, komissiya tarkibini, mol-mulklar ro‘yxatini va
h.k.larni ko‘rsatilmasligi)
|
Inventarizatsiyani o‘tkazishga asos yo‘q, jumladan uning natijalarini rasmiylashtirishga ham.
|
Inventarizatsiya o‘tkazish komissiyasining birgina a’zosini ham qatnashmasligi
|
Inventarizatsiya natijalarini xaqiqiy emasligiga olib keladi.
|
Inventarizatsiya ro‘yxatini bir nusxada tuzilishi
|
Inventarizatsiya natijalarini xaqiqiy emasligiga olib keladi.
|
Xo‘jalik operatsiyalarini vaqtincha to‘xtatilmasligi va oxirgi kirim va chiqim hujjatlariga inventarizatsiya komissiyasi
raisi tomonidan viza qo‘yilmasligi
|
O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari bo‘yicha murosasizlikka (tortishuvga)
olib kelishi mumkin.
|
Moddiy javobgar shaxsdan oxirgi kirim va chiqim hujjatlarini buxgalteriyaga taqdim qilganligi bo‘yicha tilxat olinmasligi
|
O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari bo‘yicha murosasizlikka (tortishuvga)
olib kelishi mumkin.
|
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan xaqiqiy holatni noto‘g‘ri solishtirilishi
|
O‘tkazilgan inventarizatsiyani xaqiqiy emasligiga olib keladi
|
Inventarizatsiya ro‘yxatini xar bir varog‘i bo‘yicha jamini hisoblab chiqarilmasligi, summalarni yozuvda yozilmasligi, shuningdek moddiy boyliklarning jami miqdorini
(hajmini) naturada aks ettirilmasligi
|
Inventarizatsiya natijalarini qaytadan ko‘rib chiqish zaruratiga olib keladi
|
Inventarizatsiya ro‘yxatida moddiy javobgar shaxsning imzosini mavjud emasligi (agarda bu narsa qonunchilik talablariga muvofiq talab qilingan bo‘lsa)
|
O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari bo‘yicha kamomadlar aniqlanadigan bo‘lsa, moddiy javobgar shaxsga bu xaqda e’tiroz bildirishga asos
bo‘lmaydi.
|
Inventarizatsiya ro‘yxatining oxirgi varog‘ida inventarizatsiya natijalari bo‘yicha hech qanday e’tiroz va qo‘shimchalari yo‘qligi to‘g‘risida moddiy javobgar shaxsning tilxati va imzosini mavjud emasligi
|
O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari bo‘yicha kamomadlar aniqlanadigan bo‘lsa, moddiy javobgar shaxsga bu xaqda e’tiroz bildirishga asos
bo‘lmaydi.
|
Inventarizatsiya ro‘yxatidagi noto‘g‘ri yozuvlar inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolarining imzosi bilan
tasdiqlanmaganligi
|
To‘g‘irlangan yozuvlarning xaqiqiy emasligini bildiradi
|
Inventarizatsiya ro‘yxatida bo‘sh qatorlarni qolib ketishi (yoki bo‘sh qatorlar ustidan chizib qo‘yilmaganligi)
|
O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari bo‘yicha murosasizlikka (tortishuvga) olib kelishi mumkin.
|
Inventarizatsiya o‘tkazish davridagi tanaffus vaqtlarida inventarizatsiya komissiyasi va inventarizatsiya o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar joylashgan xonani ochiq va
nazoratsiz qoldirilishi
|
O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari bo‘yicha murosasizlikka (tortishuvga) olib kelishi mumkin.
|
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad va ortiqchaliklarni hisobda aks ettirilishini quyidagi sxema orqali keltirishimiz mumkin(1.6.1-rasm). Byudjet tashkilotlarida o‘tkazilgan inventarizatsiya