Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi



Download 6,88 Mb.
bet95/212
Sana11.06.2022
Hajmi6,88 Mb.
#656455
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   212
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

HUJJATLARNI TOPShIRISh BO‘YIChA - son REESTR
442-son shakl
yil uchun Tashkilotning nomi Vazirlik (idora, qo‘mita)
Moddiy javobgar shaxs

Dastlabki hujjatlarning nomi

Dastlabki hujjatning
raqami

Hujjatlar miqdori

1

2

3


















Jami qabul qilingan


hujjatlar
(raqamda va yozuvda)
Topshirdi
(lavozim) (imzo) (F. I. O)
« » y.
Qabul
qildi
(lavozim) (imzo) (F. I. O)
« » y.

Bu reestrning bir nusxasi moddiy javobgar shaxs ishtirokida taqdim qilingan boshlang‘ich hisob hujjatlarni rasmiylashtirilishini tekshirib, hisobchining imzosi bilan moddiy-javobgar shaxsga qaytariladi, ikkinchi nusxasi esa, buxgalteriyada qoladi.


Pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarini saqlashga javobgar bo‘lgan shaxslar bilan belgilangan tartibda ularning shaxsan to‘liq moddiy javobgarligi haqida shartnoma tuziladi.
Buxgalteriyaga kelib tushgan boshlang‘ich hisob hujjatlarining qonunchilikka muvofiqligi (boshlang‘ich hisob hujjatlarining to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, barcha rekvizitlarining mavjudligi, ayrim ko‘rsatkichlarning bir-biri bilan mantiqan bog‘langanligi va boshqalar) tekshirilishi shart.
Kassa kirim va chiqim orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar, shuningdek, ish haqini hisoblab yozish uchun asos bo‘lgan hujjatlar shtamp yoki qo‘lda yozish yo‘li bilan “Olindi” yoki “To‘landi” degan belgi va uning sanasi (kun, oy, yil) ko‘rsatilgan holda yopilishi kerak.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi


Bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilayotgan xodim maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganligi uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi. Pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilish xizmat vazifasiga kirmaydigan xodim bilan to‘liq moddiy javobgarlik haqida tuzilgan shartnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qiluvchi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodim bilan ishga qabul qilish paytida ham, keyinchalik ham mehnat shartnomasiga qo‘shimcha tarzda to‘liq moddiy javobgarlik haqida maxsus yozma
shartnoma tuzilishi mumkin.
.....
....Xodim bilan to‘liq moddiy javobgarlik haqida yozma shartnoma tuzilmagan, shuningdek bunday shartnoma pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilish xizmat vazifasiga kirmaydigan xodim bilan, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs bilan yoki ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar toifasi ro‘yxatiga kirmaydigan shaxs bilan tuzilgan hollarda ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun xodimga cheklangan moddiy javobgarlik yuklatilishi mumkin. Bunday hollarda xodimga to‘liq moddiy javobgarlik, ushbu Kodeksning 202-moddasi birinchi qismining 2 - 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsagina yuklatilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, 203-modda

bo‘yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi:



  1. memorial order – kassa operatsiyalari bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;

  2. memorial order – byudjet mablag‘larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;

  3. memorial order – byudjetdan tashqari mablag‘lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;

  1. memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob varaqalari yig‘indisi, 405-son shakl;

  2. memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl;

  1. memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakl;

  2. memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko‘chirilishi bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl;

  1. memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398-son shakl;

  2. memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son shakl;

  3. memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl;

15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha qaydnoma, 406-son shakl.
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi qayta baholash, byudjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va “Storno” operatsiyalari bo‘yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi.
Bunda, operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko‘rsatiladi.

MEMORIAL ORDER


yil uchun.

Tashkilotning nomi Vazirlik (idora, qo‘mita) Byudjet turi


O‘lchov birligi: so‘m.

274-son shakl






Xujjat

Operatsiya mazmuni



Subschyot debeti
bo‘yicha

Subschyot krediti
bo‘yicha

Summa


sana

raqam

nomi

1

2

3

4

5

6

7





















































































Jami




Bajaruvchi


(lavozimi) (imzo) (F.I.Sh.)

Bosh hisobchi


(imzo) (F.I.Sh.) Ilova varaqda
Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo‘lishiga qarab, ammo boshlang‘ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondensiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi.
Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o‘rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi.
Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi”da ro‘yxatga olinadi. “Bosh-jurnal kitobi” har bir subschyot bo‘yicha yuritiladi. “Bosh-jurnal kitobi” o‘tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq summalarni ko‘chirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order – jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi.
Memorial orderdagi summa dastlab “Order bo‘yicha summa” qatoriga, keyin esa, tegishli subschyotlarning debeti va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar bo‘yicha oylik aylanmalar summasi debetda ham kreditda ham “Order bo‘yicha summa” qatorining jamiga teng bo‘lishi kerak. Oylik

aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot bo‘yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi.
Analitik hisob buxgalteriya hisobi registrlarida (buxgalteriya daftarlarida, kartochkalarida, qaydnomalarida va boshqalarda) yuritiladi.
Har bir buxgalteriya daftarida unga yozishdan oldin barcha betlari (varaqlari) raqamlanadi. Oxirgi betning orqa tomoniga bosh hisobchining imzosi bilan quyidagi yozuv yozib qo‘yiladi: “Ushbu daftarda hammasi bo‘lib
bet (varaq) raqamlangan”. Kassa daftari (440-son shakl), undan tashqari, shnur bilan tikilgan va surg‘uchli muhr bilan muhrlangan, varaqlar soni esa, tashkilot rahbari va bosh hisobchining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Har bir daftar ustiga tashkilotning nomi va daftar ochilgan hisobot yili yozib qo‘yiladi. Daftarda unga ochilgan subschyotlarning mundarijasi bo‘lishi kerak. Yozuvlar daftarning boshqa betiga o‘tkazilganda mundarijada shu subschyot bo‘yicha yozuvning o‘tkazilganligi, yangi betlarning raqami ko‘rsatilgan holda belgilab qo‘yiladi.
Buxgalteriya daftarlarida yil tugagandan keyin bo‘sh varaqlari ko‘p bo‘lsa, kelgusi yil operatsiyalarini yozish uchun ham foydalanilishi mumkin.
Kartochkalar (asosiy vositalarga doir kartochkalardan tashqari) har bir subschyot uchun aloxida yuritiladigan 279-son shakldagi kartochkalar reestrida ro‘yxatga olinadi. Asosiy vositalar kartochkalari AV-10-son shakldagi asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxatida ro‘yxatga olinadi. Kartochkalar kartotekalarda, subschyotlarga, ularning ichida moddiy javobgar shaxslarga bo‘lingan holda saqlanadi.
Buxgalteriya hisobi registrlari va boshqa buxgalteriya hujjatlarini arxivga topshirish muddatlari va tartibi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari, hisob registlari, moliyaviy hisobotlarni saqlashni, ularni rasmiylashtirib, arxivga topshirishni bosh hisobchi ta’minlaydi.
Asosiy vositalar hisobi yuritiladigan inventar kartochkalarning ro‘yxati AV-10 son shakli, unda AV-6 son shakl, AV-8 son shakl va AV-9 son shakl inventar kartochkalar bo‘yicha oxirgisining ham hisobdan chiqqanligi xaqida belgi bo‘lgandagina arxivga topshiriladi. Ushbu ro‘yxatsiz arxivga topshirilayotgan inventar kartochkalar, kartochkaning raqami va hisobdan chiqarilayotgan inventarning nomi ko‘rsatilgan holda alohida qaydnoma yoziladi.
Hisob registrlariga yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka bilan yoki zamonaviy hisoblash texnikasi yordamida boshlang‘ich hisob hujjatlaridan, ular olinganidan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan yoziladi.
Har oy tugagandan keyin analitik hisob registlarida aylanmalarning jami hisoblanadi va subschyotlar bo‘yicha qoldiq chiqariladi.
Quyida hisob registrlarini tasniflanishini sxema ko‘rinishida keltiramiz.





Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish