HISOB HUJJATLARI VA REGISTRLARDAGI NOTO‘G‘RI YoZUVLARNI TO‘G‘IRLASh USULLARI
Chiziqli usul
Xato yozilgan yozuv yoki matnning ustidan ingichka chiziq bilan o‘chiriladi (o‘chirilgan yozuvni o‘qish mumkin qilib) va uning ustiga yangi, to‘g‘ri matn (yozuv) yoki summani yozib qo‘yish yo‘li bilan tuzatiladi. Bir vaqtning o‘zida tegishli qator chetidagi hoshiyaga bosh
hisobchining imzosi bilan “Tuzatilgan” deb izoh beriladi va sanasi ko‘rsatiladi
Qo‘shimcha provodka usuli
Xato yozuv uning
xarakteriga qarab qo‘shimcha prokodka berish yo‘li bilan
rasmiylashtirladi
Storno usuli
Xato yozuv uning xarakteriga qarab qizil (storno) prokodkasini berish yo‘li bilan rasmiylashtirladi
1.5.2-rasm. Hisob registrlaridagi xatolarni to‘g‘irlashni sxematik ko‘rinishi
Mazkur memorial orderni tuzish uchun 433-son shakldagi buxgalteriya ma’lumotnomasi asos bo‘lib xizmat qiladi.
BUXGALTERIYa MA’LUMOTNOMASI
yil uchun
Tashkilotning nomi
Tarkibiy bo‘linma
O‘lchov birligi: so‘m.
433 –son shakl
Asos (buxgalteriya yozuvini yozish uchun sabab)
|
Hujjat raqami
|
Sana
|
Buxgalteriya yozuvi
|
Summa
|
debet
|
kredit
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosh hisobchi
(imzo) (F. I. Sh.)
« » y.
Sintetik va analitik subschyotlardagi buxgalteriya yozuvlarini to‘g‘riligini nazorat qilish uchun tegishli analitik subschyotlarning har bir guruhi bo‘yicha aylanma qaydnomalar (M-44-son shakldagi material zahiralar bo‘yicha aylanma qaydnoma, 285-son shakldagi aylanma qaydnoma va 326-son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha aylanma qaydnoma) tuziladi. Aylanmalar jami va aylanma qaydnomalardagi har bir analitik subschyot qoldiqlari 308-son shakl “Bosh-jurnal kitobi”dagi mazkur subschyotlarning qoldiqlari va aylanmalari jami bilan har oy yakuni bo‘yicha taqqoslanadi.
Aylanma qaydnomalar har oyda, asosiy vositalar bo‘yicha esa, har chorakda tuziladi. 326-son shakldagi aylanma qaydnomadagi yozuvlar kerak
bo‘lgan hollarda bir necha yillar davomida olib borilishi ham mumkin.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisob registlarida yil boshiga qoldiq summalari o‘tgan yilgi yakunlovchi balansga va tegishli hisob registrlariga to‘la mos ravishda yoziladi.
Agar yillik hisobot moliya organi yoki yuqori tashkilot tomonidan qabul qilinayotganda yakunlovchi balansda tuzatishlar qilingan bo‘lsa, moliya organi yoki yuqori tashkilotning tegishli yozma ko‘rsatmasiga asosan bu tuzatishlar o‘tgan yilgi hisob registlariga ham, joriy yil registlariga ham (kirim qoldiqlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) kiritib qo‘yiladi.
Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial order – jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak. Hujjatlar uncha ko‘p bo‘lmagan takdirda, ularning uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va
tartib raqami, hisobot davri – yil va oy, memorial orderning boshlang‘ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo‘yiladi.
Tashkilotlardan boshlang‘ich hisob hujjatlari, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlar faqatgina qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlar tomonidan olinishi mumkin.
Agar hali to‘liq rasmiylashtirilmagan hujjatlar tomi (tikilmagan, raqamlanmagan va h.k) olinayotgan bo‘lsa, hujjatlarni olayotgan organ vakilining ishtirokida tashkilotning mansabdor shaxslari bu tomlarni rasmiylashtirishlari (ro‘yxat qilishi, varaqlarni raqamlashi, shnurlashi, muhrlashi va o‘z imzolari bilan tasdiqlashlari) lozim yoki olinayotgan hujjatlarning ro‘yxatini tuzib (har bir hujjatdagi varaqlar sonini ko‘rsatgan holda), uni o‘zlari va hujjatlarni olayotgan organning vakili imzolashlari lozim.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari yo‘qolib qolgan hollarda tashkilot
rahbari buyruq bilan yo‘qolish sabablarini tekshirish uchun komissiya belgilaydi.
Zarur bo‘lgan hollarda komissiya ishida qatnashish uchun boshqa davlat organlarining vakillari taklif qilinadi. Komissiya ishining natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va bir nusxasi yuqori tashkilotga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |