1.6.1-rasm. Inventarizatsiya natijalarini hisobda aks ettirish.
natijalarini (kamomad yoki ortiqchaliklarni) hisobda aks ettirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004 yil 10 martdagi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2004 yil
6 aprelda 1334-son bilan ro‘yxatga olingan Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risidagi Nizom hamda Moliya vazirining 2010 yil 17 dekabrdagi 105-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatga olingan Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi.
Mavzuni tekshirish uchun savollar:
Inventarizatsiya nima?
Mol-mulklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish davrlarini aytib bering.
Qanday holda majburiy ravishda inventarizatsiya o‘tkazilishi lozim?
Inventarizatsiyani o‘tkazishga qanday hujjat asos bo‘lib xizmat qiladi?
Byudjet tasnifi: mazmuni, ahamiyati va byudjet tashkilotlarida hisob yuritishdagi o‘rni
Byudjet tasnifi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlaridan mablag‘ oluvchi tashkilotlarga qo‘llaniladi hamda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro qilish, shuningdek Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash maqsadida foydalaniladi.
Byudjet tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalari guruhlanishi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi;
Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifi;
Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi.
Byudjet tasnifi Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u byudjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining
aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.
Byudjet tasnifini tuzishning asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:
to‘liqlilik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilarini qamrab olishi shart;
yagonalik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari uchun yagona bo‘lishi shart;
o‘zaro muvofiqlik – byudjet tasnifining kodlari bir vaqtning o‘zida byudjet jarayonining har xil operatsiyalarini aks ettirish uchun qo‘llanilmasligi kerak, ya’ni byudjet tasnifining har bir kodi o‘ziga xos bo‘lishi shart.
Davlat byudjeti, davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar xarajatlari tasnifi barcha byudjet darajalari xarajatlari guruhlanishini o‘zida ifodalaydi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sektori birliklari asosiy funksiyalarini bajarishiga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishiga byudjet mablag‘larini yo‘naltirilishini aks ettiradi.
Byudjet tasnifini umumiy sxematik ko‘rinishini quyidagicha keltirish mumkin(1.7.1-rasm).
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi byudjetlar daromadlari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat. Ya’ni, daromadlar tasnifi yordamida Davlat byudjetiga kelib tushayotgan barcha ko‘rinishdagi daromadlar va tushumlarni turlari, kimlardan kelib tushayotganligi va respublikamizning qaysi hududlaridan kelib tushayotganligi to‘g‘risida yetarlicha aniq ma’lumotlarni olish mumkin.
Yigirma bir koddan iborat bo‘lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to‘rt qismli ko‘rinishga ega:
mablag‘lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi; daromadlar turi;
hududiy tasnif.
Daromadlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko‘rinishga ega: