Moliyaviy natijalar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobini vazifalarini aytib bering?
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobini tashkil etish tartibini aytib bering?
Byudjet tashkilotlarida joriy moliyaviy natijalar hisobini tushuntirib bering?
Byudjet tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalar hisobini tushuntirib bering?
Byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi
Byudjet tashkilotining byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu tashkilotning byudjet mablag‘lari hisobiga moliya yili mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-yanvaridan 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr mobaynida amalga oshirilgan kassa xarajatlari (bunda moliya yiliga qo‘shimcha vaqt mobaynida o‘tgan moliya yili uchun amalga oshirilgan kassa xarajatlari ham hisobga olinishi lozim) va mazkur vaqt mobaynida byudjet mablag‘lari hisobidan amalga
oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish natijasida olingan ko‘rsatkichdir. Byudjet mablag‘lari bo‘yicha moliyaviy natija 23 “Byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyotida hisobga olinadi.
23 “Byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga bo‘linadi:
“Byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
“Byudjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar”; 232 “Byudjetdan moliyalashtirish”.
231 “Byudjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotida tashkilotni saqlash va boshqa tadbirlar uchun byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlari hisobga olinadi.
Byudjet mablag‘lari bo‘yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil davomida 231 “Byudjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotning debetida aks ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida 231 “Byudjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyot debetida aks ettirilgan barcha xaqiqiy xarajatlar byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi
230 “Byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining debetiga yozib, hisobdan o‘chirish yo‘li bilan yopiladi va subschyot bo‘yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
Byudjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlarni buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettiriladi
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Dt
|
Kt
|
Asos bo‘luvchi
xujjat
|
1
|
Byudjet mablag‘lari hisoblanganda
|
hisobiga
|
ish
|
haqi
|
231
|
173
|
421-son shakldagi foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish xaqi hisoblash
tabeli
|
2
|
Byudjet mablag‘lari hisobiga hisoblangan ish haqiga nisbatan 25% yagona ijtimoiy
to‘lov ajratmalari summasiga
|
231
|
161
|
Buxgalteriya ma’lumotnoma-
si
|
3
|
Byudjet mablag‘lari hisobiga hizmat safari harajatlari
chiqarilganda
|
berilgan hisobdan
|
231
|
172
|
Avans hisoboti
|
4
|
Byudjet mablag‘lari
|
hisobiga
|
kommunal
|
231
|
150
|
Yuk hati
|
|
to‘lovlar uchun to‘lov hisoblanganda
|
|
|
|
5
|
Byudjet mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy harajatlar hisobdan
chiqarilganda
|
230
|
231
|
Buxgalteriya ma’lumotnoma-
si
|
232 “Byudjetdan moliyalashtirish” subschyotida byudjetdan moliyalashtirilgan mablag‘lar, shuningdek g‘azna ijrosiga o‘tilgan tashkilotlarda g‘aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar summasi hisobga olinadi.
Bu subschyotning kreditida g‘azna ijrosiga o‘tilmagan tashkilotlarda byudjetdan moliyalashtirilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi, bunda, tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi. Subschyot debetiga esa, joriy yilda byudjetga qaytarib olingan mablag‘lar summasi, yil oxirida hisobdan chiqarilgan summalar va boshqalar yoziladi, bunda, pul mablag‘larini, byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Shuningdek, ushbu subschyotda yuqori tashkilotdan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib berilgan mablag‘larning ham hisobi yuritiladi. Bunda, yuqori tashkilot tomonidan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib berilgan mablag‘lar summasiga 232 “Byudjetdan moliyalashtirish” subschyoti debetlanadi va 10 schyotning tegishli subschyotlari kreditlanadi. Quyi tashkilotlarda esa, yuqori tashkilot tomonidan moliyalashtirib berilgan mablag‘lar 10 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 232 “Byudjetdan moliyalashtirish” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
G‘azna ijrosiga o‘tilgan tashkilotlarda esa, ushbu subschyotning kreditida g‘aznachilikdagi shaxsiy hisobvaraqlar orqali byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan to‘lovlar aks ettiriladi, bunda, debitor va kreditorlarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar debetlanadi.
Subschyot debetiga esa, shaxsiy hisobvaraqlar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha kassa xarajatlarining tiklanishi (joriy yilgi), hisobot yilining oxirida amalga oshirilgan to‘lovlarning yopilishi, shuningdek boshqa amalga oshirilgan to‘lovlarni kamaytiradigan mablag‘larni aks ettiradilar, bunda, debitor va
kreditorlarni, byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida barcha moliyalashtirilgan byudjet mablag‘larni, shuningdek amalga oshirilgan to‘lovlarni byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalarga yopilishi 230 “Byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotning kreditida va
232 “Byudjetdan moliyalashtirish” subschyotning debetida aks ettiriladi. 232 “Byudjetdan moliyalashtirish” subschyot bo‘yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
Byudjetdan moliyalashtirish buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettiriladi
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Dt
|
Kt
|
Asos bo‘luvchi
xujjat
|
1
|
Byudjet mablag‘lari hisobiga ish haqi kassaga kirim qilinganda
|
120
|
232
|
Shahsiy hisobvaraqdan
ko‘chirma
|
2
|
Byudjet mablag‘lari hisobiga hisoblangan ish haqiga nisbatan 25% yagona ijtimoiy
to‘lov ajratmalari o‘tkazib berilganda
|
161
|
232
|
Shahsiy hisobvaraqdan
ko‘chirma
|
3
|
Byudjet mablag‘lari hisobiga hizmat safari
harajatlari uchun beriladigan mablag‘ kassaga kirim qilinganda
|
120
|
232
|
Avans hisoboti
|
4
|
Byudjet mablag‘lari hisobiga kommunal
hizmatlar uchun to‘lovlar amalga oshirilganda
|
150
|
232
|
Shahsiy
hisobvaraqdan ko‘chirma
|
5
|
Byudjet mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan kassa harajatlar hisobdan
chiqarilganda
|
232
|
230
|
Buxgalteriya ma’lumotnoma-
si
|
Do'stlaringiz bilan baham: |