Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi


Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni aniqlashning maqsadi va mohiyati



Download 6,88 Mb.
bet162/212
Sana11.06.2022
Hajmi6,88 Mb.
#656455
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   212
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni aniqlashning maqsadi va mohiyati


Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar deganda tashkilotning barcha daromadlari (tushumlari, byudjet mablag‘lari bo‘yicha g‘aznachilik orqali amalga oshirgan kassa xarajatlari) (bundan keyingi o‘rinlarda daromadlar deb yuritiladi) va hisoblangan barcha xaqiqiy xarajatlarining (bundan keyingi o‘rinlarda xarajatlar deb yuritiladi) o‘zaro solishtirilishi (ayrilishi) natijasida kelib chiqadigan aktivning sof qiymati tushuniladi.
Yoki boshqacha qilib aytganda, byudjet tashkilotlarining moliyaviy natijasi bu tashkilotning barcha aktivlari (nomoliyaviy aktivlari, moliyaviy aktivlari va debitorlari)dan uning majburiyatlarini (kreditorlik qarzlarini) ayirmasi natijasida hosil bo‘ladigan aktivning sof qiymati deb tushunish mumkin.





Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, byudjet tashkilotlarining daromadlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy natijani) oshishiga sabab bo‘luvchi tashkilot aktivlarini oshishi yoki uning majburiyatlarini kamayishidir.


Byudjet tashkilotlariga homiylik mablag‘larini kelib tushishi natijasida uning aktivlari (moliyaviy aktivlari) oshadi, ya’ni mazkur operatsiya buxgalteriya hisobida Debet 112 va Kredit 262 provodka bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur operatsiya natijasida tashkilotning moliyaviy aktivlari (pul mablag‘lari) oshdi. Demak bu operatsiya hisobda daromad (kredit 262) sifatida aks ettirilishi lozim.
Tashkilotning majburiyatlarini kamayishi ko‘rinishidagi daromadlariga misol keltiradigan bo‘lsak, uning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga yuzaga kelgan deponent qilingan qarzining talab qilish muddati tugashi munosabati bilan tashkilot daromadlariga hisoblanishini aytish mumkin. Jumladan, amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjet tashkilotlarida talab qilish muddati tugagan byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga yuzaga kelgan deponent qilingan ish xaqi yoki boshqa to‘lovlar bo‘yicha qarzlar byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari daromadlari sifatida aks ettirilishi lozim.
Mazkur operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi, ya’in byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga yuzaga kelgan deponent qilingan qarzlarni hisobdan chiqarilishi Debet 177 va Kredit 262 (agarda mazkur qarzdorlik byudjet tashkilotining
rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yuzaga kelgan bo‘lsa). Mazkur operatsiya natijasida tashkilotning majburiyatlari kamaydi. Demak bu operatsiya hisobda daromad (kredit 262) sifatida aks ettirilishi lozim.
Byudjet tashkilotlarining xarajatlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy natijani) kamayishiga sabab bo‘luvchi tashkilot aktivlarining kamayishi yoki uning majburiyatlarini oshishidir.
Masalan, byudjet tashkilotining asosiy vositalariga eskirish hisoblash natijasida tashkilotning nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari)ning qoldiq qiymati kamayadi. Mazkur operatsiya buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi, ya’ni Debet 231, 241, 251, 261 yoki 271 (asosiy vositani sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda) va Kredit 020-029 subschyotlarning tegishlisi. Mazkur operatsiya natijasida tashkilotning nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalaringi qoldiq qiymati) kamaydi. Demak bu operatsiya hisobda xarajat (debet 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning tegishlisi) sifatida aks ettirilishi lozim.
Yoki majburiyatlarni oshishi ko‘rinishidagi tashkilot xarajatlariga misol bu byudjet tashkiloti tomonidan ish xaqini hisoblanishi. Mazkur operatsiya buxgaleriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi.
Masalan, byudjet tashkiloti byudjet mablag‘lari hisobidan xodimlariga ish xaqi hisobladi, ya’ni Debet 231 va Kredit 173. mazkur operatsiya natijasida byudjet tashkilotining xodimlardan bo‘lgan ish xaqi bo‘yicha majburiyati oshdi. Demak bu operatsiya hisobda xarajat sifatida (debet 231) aks ettirilishi lozim.
Byudjet tashkilotining moliyaviy natijasi uning barcha daromadlarining turlari bo‘yicha alohida holda aniqlanadi, ya’ni:
byudjet mablag‘lari bo‘yicha;
to‘lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo‘yicha;
ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha;
byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha;
byudjet tashkilotining boshqa daromadlar bo‘yicha.

Mazkur daromadlar turlari bo‘yicha har birining alohida holda daromadlari (tushumlari yoki byudjet mablag‘lari bo‘yicha g‘aznachilik orqali amalga oshirilgan kassa xarajatlari) va ushbu daromadlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlari ayriladi va mazkur daromad turi bo‘yicha moliyaviy natija aniqlanadi. Agarda daromadlar amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan ko‘p bo‘lsa, ijobiy moliyaviy natija hosil bo‘ladi (ya’ni, moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi subschyotlarning kredit tomonida qoldiq qoladi).


Agarda daromadlar amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan kam bo‘lsa, salbiy moliyaviy natija hosil bo‘ladi (ya’ni, moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi subschyotlarning debet tomonida qoldiq qoladi).
Yuqoridagi daromadlar turlari bo‘yicha byudjet tashkilotining moliyaviy natijalari 2 ta bosqichga bo‘lingan holda aniqlanadi.
Ya’ni, 1-bosqichda byudjet tashkilotining faqatgina moliya yili mobaynidagi (1-yanvardan 31 dekabrgacha, byudjet mablag‘lari bo‘yicha esa, moliya yiliga qo‘shimcha vaqt mobaynidagi davr ham kiradi) barcha daromadlari va mazkur davrdagi (1-yanvardan 31 dekbargacha) amalga
oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish natijasida aniqlanadi.
2-bosqichda esa, mazkur aniqlangan moliyaviy natija byudjet tashkilotining o‘tgan yillar mobaynidagi moliyaviy natijasiga qo‘shiladi. Buning natijasida byudjet tashkilotining joriy davrga yakuniy moliyaviy natijasi aniqlanadi.

Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar


Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish