Geologiyasi va foydali qazilmalari
Tuman rel’efi minglab yillar davomida shakllangan. O’tkazilgan geologik tekshirishlar paleozoy erasining perm davriga qadar tuman hududi Tetis dengizining ostida bo’lganligidan dalolat beradi. Dastlabki yer po’stining burmalanishi gersin tog’ burmalanish jarayoni bilan bog’liq. Dastlabki geologik yotqiziqlarni o’rganish paleozoyning Perm va mezozoy erasining Trias davriga mansub ekanligidan dalolat beradi.Bu Zarafshon tizma tog’larining ko’tarilishi bilan bir davrda tuman hududida qator ishlar sodir bo’lgan. Tetis dengizida orollar shaklida paydo bo’lganligini ko’rsatadi. Mezozoy davrida iqlim namgarchilik bo’lib, ochiq urug’li o’simliklar rivojlangan. Quyi bo’r davrida tuman hududi asta-sekin cho’ka boshladi.
To’rtlamchi davr boshida tuman hududi o’zining hozirgi ko’rinishini olgan.
Zarafshon daryosi yotqiziqlari bilan to’ldirila borgan. Zarafshon daryosining geologik ishi ham tuman hududi relyefi shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Zarafshon daryosi million tonna shag’al qum va boshqa alluvial yotqiziqlarni keltirib yotqizgan. Tuman hududi hozirgi kunda ham seysmik rayon hisoblanadi. Masalan, 1976-1981 va 1984-yillarda episentr Quljuqtog’da bo’lgan zil-zilaning kuchi 6-7 ball atrofida bo’lganligi fikrimiz dalili hisoblanadi.
Tetis dengizi ta’sirida gipsli qatlam hosil qilgan. Taqir tuproqlar mexanik tarkibining og’irligi, tekis bazaltli relyefga ega bo’lganligi bilan farqlanib turadi.
Foydali qazilmalari
Tuman hududida dengiz qoldiqlari bilan bog’liq bo’lgan foydali qazilmalardan gips, qum-shag’al “F.Aloyev” jamoa xo’jaligida shifobaxsh yer osti suv “Shifo” nomi bilan chiqiyapti. Shunga asoslanib shifoxona tashkil etilgan, oshqozon-ichak, jigar, suyak va boshqa kasalliklarni davolash va ma’danli ichimlik sifatida viloyat aholisiga sotish tashkil etilgan, tarkibida xlorid gidrokarbonatli sulfidli natriyli madanlar mavjud. Kelajakda Respublika miqyosida qazib chiqarish rejalashtirilmoqda.
Relyefi va uning asosiy xususiyatlari
Tuman hududining relyefi bir qarashda oddiyroq ko’rinsada o’ziga xos xususiyatlarga ega. Relyefning vujudga kelishi ichki va tashqi kuchlar va insonning faoliyati bilan bog’liq.
Tuman relyefi asosan tekislikdan iborat bo’lib shimoliy sharqdan janubiy g’arbga umumiy nishabligi daryo oqimiga qarab pasayib boradi.
Tuman hududi Turon past tekisligining bir qismidir. Tuman hududinig eng baland mutloq balandligi 329 metr. Tuman relyefini bir-biridan ajratib turadigan ikkita qismga ajratish maqsadga muvofiqdir.
1. Madaniy tekislik 24880 gektar
2. Quruq cho’l tekislik 107767 gektar
Tuman hududining 23 % “madaniy tekislik” qisman shimol va shimoliy g’arbiy qismni tashkil etadi. Relyefning shakllanishida Shoxrud, Jayxun daryolari uzoq yillar mobaynida keltirgan yotqiziqlardan iborat. Bu joylar aholi tomonidan o’zlashtirilgan. Antropogen landshaftini tashkil etadi. Relyef sug’orma dehqonchilik uchun bir muncha qulayliklarga ega bo’lsada, uning sermanzara va jozibadorlik darajasi yetarlicha emas.
Iqlimi
Viloyat iqlimi albatta bir necha omillarning o’zaro hamkorligi ta’sirida vujudga keladi. Lekin o’lka hududini geografik o’rni bu borada yetakchi ahamiyatga molikdir. Agar O’rta Osiyo o’lkasini Evro Osiyo materigini ichki qismida joylashganligini ko’z oldimizga keltirsak, Buxoro viloyati hududi esa O’rta Osiyo cho’llarining salkam o’rtasidan o’rin olgan bo’lib, janubiy (subtropik) cho’llariga xos iqlimiy xususiyatlarga egadir. Xulosa qilib aytganda, viloyat, tuman hududi subtropik belgilarga xos bo’lgan keskin kontinental cho’l iqlimi xarakterlidir. Kecha bilan kunduz, kish bilan yoz haroratlari o’rtasidagi keskinlik, nisbatan sernam, injiqli bahor, uzoq (III-V oylar), quruq, jazirama issiq, o’ta yorug’ yoz, qisqa (IX-XI oylar) va turg’unsiz kuz; iliq ba’zida esa ayozli muqim bo’lmagan qish, iqlimning asosiy belgilaridir. Viloyat serquyosh o’lkalaridan biri hisoblanadi. Yil davomida quyoshli damlar 2800-3000 soatga etadi. (Toshkentda 2852, Termizda 3053 soat). Quyoshdan keladigan radiatsiyaning yalpi miqdori 150-160 kkalga teng. Foydali haroratning ya’ni o’rtacha kunlik musbat 10 darajadan ortiq bo’lgan haroratning yillik yig’indisi 4800-5100 darajagacha boradi. Bu hol o’ta issiqsevar madaniy o’simliklar yetishtirish imkoniyatini yaratadi. Viloyatimizda eng sovuq muddat yanvar, eng issiq esa iyul oylaridir.
Viloyat landshaftlarining ekologik xususiyatlarini belgilovchi, yetakchi omillardan biri iqlimiy sharoitdir. Bu maskan uchun O’rta Osiyoning janubiy cho’llariga xos iqlim, ya’ni subtropik belgilarga ega bo’lgan keskin kontinental cho’l iqlimiga mosdir. Kecha bilan kunduz, yoz bilan qish o’rtasidagi xavo harorati o’ta keskin. Bahor nisbatan sernam. Ba’zida ofatli (sovuqlar, sel, do’l yog’ishi, kuchli shamollar) yoz uzoq (5-9 oylar) quruq, jazirama va o’rta yorug’likda. Kuz esa (10-11) va turg’unsiz, qish iliq, ba’zan ayozli, mumkim emas. Issiqlik manbai xisoblangan quyosh radiatstiyasining miqdori 150-160 kkal. Faol haroratning (10°) yillik yig’indisi 4550-5000° atrofida. Eng sovuq oy yanvar bo’lib, o’rtacha harorat 0° va 0,6°, iyulda esa 28°-31,5°. Eng past harorat -25° (1969, 1984), eng yuqori harorat 45-46° gacha kuzatiladi.
Viloyat hududida tabiiy namlanish juda kam. Yillik yog’inlar 90-150 mm atrofida, mumkin bo’lgan yillik bug’lanish esa 2000 mm, Bu borada viloyat hududi o’ta qurg’oqchil zonaga mansubdir.
Cho’l zonasidagi geoekologik holatni shamollarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Issiq va qurgoqchil iqlim va yoz mavsumidagi yarim yalang’och, shamol eroziyasi cho’llanish jarayoni uchun qulay imkoniyatdir. «Qum bosish» davrining (1850-1941 yillar) bo’lganligi ushbu makon tarixidagi mudhish haqiqatdir. Shamollar aksariyat shimol tomonidan esadi. «Faol shamollar» (4 m.s) yoz oylarida kuchayadi. Tezligi 15 m.s va undan ortiq bo’lgan shamollar bir yilda takrorlanadi. Shamollar quruq va issiq garmselning salbiy ta’sir kuchini oshiradi va madaniy ekinlar hosiliga ofat keltiradi. Hududda ko’chma qumlarning katta maydonlari bo’lishi ham bevosita shamollar faoliyati okibatidir.
Tuman iqlimi bir necha omillarning o’zaro ta’sirida vujudga keladi. Iqlim- deb, ob-havoning biror bir joyga xos bo’lgan ko’p yillik rejimiga aytiladi.
Tumanimiz iqlimining o’ziga xos asosiy jihatlari havo haroratining balandligi va yillik yog’in miqdorining juda kamligi ya’ni qurg’oqchilik ekanligidir. Tuman hududi subtropik belgilarga xos bo’lgan keskin continental cho’l iqlimi xarakterlidir.
Tumanimiz okean va dengizlardan juda uzoqda Yevrosiyoning ichki qismida joylashganligidan, bu o’lkada bulutli kunlar kam, quyoshli kunlar ko’p, yog’inlar esa oz, kecha-kunduz va yil davomida havo harorati keskin o’zgarib turadi. Bular tuman iqlimining asosiy xususiyatlaridir.Tumanimiz iqlimining tarkib topishi uning geografik o’rni, quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulyatsiyasi (almashinishi) va yer yuzasining tuzilishiga bog’liq. Geografik o’rniga bog’liq holda tumanimiz juda ko’p quyosh radiatsiyasi (issiqligi) 1 sm kv yuzaga 150-160 kkalga teng bo’ladi. 22 iyunda tumanda quyosh ufqdan 43- 47 darajagacha ko’tariladi. Yozda kunning uzunligi 15 soatdan ko’proq davom etadi. Yil davomida quyoshli damlar 2800-3000 soatga yetadi. ( Toshkentda 2852, Termizda 3053 soat), foydali haroratning, ya’ni o’rtacha kunlik + 10 darajadan ortiq bo’lgan haroratning yillik yig’indisi 4800-5100 darajagacha boradi.
Bu hol o’ta issiqsevar madaniy o’simliklar, paxtadan yuqori hosil olishga imkoniyat yaratadi. Tumanimizda eng sovuq muddat yanvar eng issiq iyul oylaridir. O’rtacha yillik harorat tumanda 14,2 C darajaga teng.
Yoz juda issiq va uzoq bo’ladi. Iyul oyining o’rtacha harorati 35 dan – 38,5 darajagacha ko’tariladi. Eng yuqori havo harorati 45 darajaga yetadi. Yoz faslida havo haroratining yuqori bo’lishi ekin va mevalarning tez yetilishiga imkon beradi. Quyosh nuri ta’sirida mevalar va qovun- tarvuzlar shirador bo’lib yetiladi. Qish faslida, yanvar oyida havoning o’rtacha harorati 0-5,8 C dan pasayishi mumkin.
(1969 y. 25 C. 1984 – 25 C va 1996 y. – 18 C.) Arktika va Sibir sovuq havo massalari To’rg’ay darvozasidan o’tib, Qizilqum orqali kirib kelganda ro’y beradigan bunday qattiq sovuqlar mevali daraxtlar, o’simliklar va toklar uchun xavflidir. Shimoliy-g’arbdan Atlantika havo massalari tuman hududiga ta’sir etib turadi, bu paytda havo iliq va yog’ingarchilikli bo’ladi. Tuman hududidagi yog’inlarning asosiy qismini Atlantika okeanidan esuvchi nam havo massalari keltiradi.
Tumanda yog’inlar, mavsumlar ( yil fasllari) bo’yicha juda notekis taqsimlangan. O’rtacha yillik yog’in miqdori 140-146 mm. ga yetadi.
Yil davomida o’rtacha namlik koeffitsiyenti 0,09 ni tashkil etadi.Tumanda yog’inlarning asosiy qismi qish va bahor oylariga to’g’ri keladi. Yillik yog’inning 30%i qish oylarida, 50% i esa bahor oylarida yog’adi.
Bu xususiyat, yilning salqin mavsumlarida siklonlar faoliyatining faollashuvi bilan bog’liq.Yog’inlarning bahor va qishda ko’proq yog’ishi qishloq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. bu paytlarda suv kam bug’lanib ko’proq tuproqqa singadi, yog’in yaylovdagi o’tlarning yaxshi rivojlanishiga imkon beradi, hamda suv zahiralarini ko’paytiradi.
Tumanda shamollar ko’proq shimoliy-g’arbiy va shimoliy-sharqiy yo’nalishida esadi. Bunga sabab qishda yuqori bosim markazi Markaziy Osiyo antisiklonining, yozda esa O’rta Osiyoning janubi Afg’oniston hududida past bosim markazlarining tarkib topishidir. Yozgi jazirama issiqda va kuzda quruq, chang-to’zonli shamollar esadi.“Afg’on shamol” lari janubiy – g’arb tomondan esadi. Afg’on shamollari yilning hamma fasllarida esib, xususan bahorda va kuzda chang to’zonli holat sodir bo’ladi. Bahorda daraxtlarning mevalarini to’kib salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tumanda yillik shamollarning o’rtacha tezligi 3, 3 m/sek.ga yetadi. Ayrim paytlar 5-10m/sek bo’ladi. Bahordagi afg’on shamoli mevali daraxt gullari, g’o’za nihollari, poliz va sabzavot ekinlariga ziyon keltiradi.
Suvlari
Buxoro tuman hududi cho’l zonasida joylashganligi sababli, doimiy oqadigan suv manbalariga ega emas. Atmosfera yog’inlari miqdori kam, aksariyat maydonida oqimlar hosil qilmasdan yer ostiga shimiladi, parlanadi va o’simliklar o’sishiga sarflanadi. Tuman hududining madaniy tekislik qismi asosiy suvni Shoxrud kanalidan oladi. Shoxrud kanali Zarafshon daryosidan boshlanadi. Zarafshon daryosining yuqori qismida suvga bo’lgan talabning orta borishi tufayli, viloyat hududiga yetib keladigan Zarafshon suvi yillar sari kamayib keldi. Hozirgi kunda daryo suvi Navoiy viloyat hududi doirasida batamom tugaydi. Zarafshonning Buxoro vohasidan o’tgan qismi Markaziy Buxoro zovuri deyiladi. Unda oqava va zovur suvlari oqiziladi.
Zarafshon daryosining quyi qismida suv tanqisligi keskinlashgandan keyin Amu-Buxoro mashina kanalini qazishni taqozo qildi.1965 yilda Amu-Buxoro kanalining 1-navbati, 1975-yilda II-navbati ishga tushirildi. “Hamza” nasos stansiyasi bu suvni 50 metr balandlikka ko’tarib beradi. Kanal suvi Kuyimozor suv omboriga , undan Qiziltepa nasos stansiyasidan o’tgan suv, Zarafshon daryosining eski o’zaniga quyiladi. Suv yana teskari oqib Shofirkon, Xarxur, Duoba, Beshariq, Gidrouzel
( suv taqsimlagich) lari orqali Navoiy, Buxoro viloyati ( Buxoro vohasi) yerlari sug’oriladi. Shoxrud kanali Duoba gidrouzeli (suv taqsimlagish) dan suv olib, Buxoro tuman yerlarini suv bilan ta’minlaydi. Qisman Xarxo’r gidrouzelidan boshlangan Kuyimozor kanali Buxoro tuman madaniy tekislik qismining janubidan o’tadi.
Shoxrud kanalidan G’oziobod, Jo’yizar va bir qancha ariqlar suv oladi. Kanal va ariqlarning ko’pchiligi betonlashtirilgan, lotoklar qurilgan. Birgina 1995 yilda 150 km, lotok ariq qurilgan. Tuman hududidagi suv tarmoqlaridan 1990 yilda 398,4mln.m. kub, 1995 yilda 313, 9 mln.m kub suv sarflangan. Bu ancha iqtisodiy samara natijasidir.
Amudaryo suvining tannarxi bir necha marta qimmatga tushayotganligini anglash kerak.Buxoro tuman “Quruq cho’l” tekislik qismida suv manbai yer osti suvlaridir. Bu suvlar chorva mollarini sug’orishda ishlatilgan. Quduq suvlarini chiqarish qo’l kuchi bilan bo’lgan. Keyingi paytlarda texnikadan foydalanilgan. Tuman hududining sharqiy tomonida artezian suvi ham topilgan. Dehqonchilik qilishga bu suvlar juda kamlik qilgan. 1965 yilda Amu-Buxoro kanali ishga tushgan. Kanal atroflarida sug’oriladigan yangi qo’riq yerlar ochilgan. Ko’plab qishloq xo’jalik mahsulotlarini olishga imkon bergan. Keyingi paytlarda Amu-Buxoro kanali atroflarini o’zlashtirish ishi yangi O’rtacho’l vohasining paydo bo’lishiga asos soldi.
Buxoro tuman hududi yer osti suvlari ancha ko’p. Ularning to’yinishiga yog’in, ariq, daryo, sug’oriladigan yerlardan suv shimilishi muhim rol o’ynaydi. Gidrologik xususiyatlarga ko’ra, ularni yirik ikkita qatlamga ajratish mumkin.
Birinchidan: Yer betiga yaqin joylashgan, dastlabki suv o’tkazmas qatlamgacha bo’lgan sizot suvlaridir. Tuman “Madaniy tekislik” qismida sizot suvlarining sathi o’rtacha 2,65 metrni tashkil etadi. Yuzadagi sizot suvlari nisbatan sho’r, ichish uchun yaroqsiz. Tumandagi sug’orma yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida zovurlar tarmog’i yaratildi.Tuman hududidan har yili zovur va oqava suvlarini chiqarish uchun, 209 km jamoa xo’jaliklararo zovurlar, 568 km, jamoa xo’jalik hududlaridagi zovurlar, 89 ta vertikal zovurlar xizmat qiladi.
Bu miqdor har bir gektar yerga 27 metr zovur to’g’ri kelishini bildiradi. Mavjud zovurlarni yildan-yilga tozalash miqdori oshib bormoqda. Yuqori hosilli qishloq xo’jaligini vujudga keltirish uchun melioratsiya qilish, ya’ni yerlarning holatini yaxshilash ishlari (sug’orish, tuproq sho’rini yuvish, daraxt o’tqazish, yerlarni tekislash va boshqa ishlar) olib borish zarur. Kompleks melioratsiya – bir vaqtning o’zida bir qancha melioratsiya tadbirlarini amalgam oshirish eng ko’p samara beradi.
Tumanning “Quruq cho’l” tekislik qismida sizot suvlari sathi 5-40 metrni tashkil etadi. Yuza grunt (sizot) suvlari sho’r bo’lib ichish uchun yaroqsiz. Turli darajada sho’rlangan suvlarni chorva mollarini sug’orishda ishlatish mumkin.
Ikkinchidan: Turlicha chuqurlikda joylashgan qatlamlararo suvlar. Ular tuman hududining 100-130 m, chuqurlikda joylashgan yotqiziqlarda uchrashi mumkin. Ular chuchuk, haroratli, ma’danlashgan suvlardir. Bunday suvlar iste’molda, davolashda ham ishlatiladi. Fayzullo A’loyev jamoa xo’jaligi hududidan chiqqan ma’danli suv shu jumladandir. Suv tufayli shifoxona tashkil etilgan. Yuzlab kishilar shifo topmoqdalar.
Buxoro shahar hududidagi suvlarning sho’rlanish darajasi qattiqligi, ifloslanganligi sababli ichishga yaroqsiz bo’lib qolgan. Aholini yaroqli ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun Samarqand viloyatidan Damxo’ja – Buxoro vodoprovodi tarmog’idan, Buxoroga suv keltirildi.
Bu suv tarmog’i Buxoro tuman hududidan o’tganligi uchun Galaosiyo shahri, Galaosiyo jamoa xo’jaligi aholisi ham foydalanmoqda. Kelajakda Yangi turmush jamoa xo’jaligi aholisini ( 39,6km.) ham suv bilan ta’minlash ko’zda tutilmoqda. Samarqand viloyatining yer osti suv havzasida 84 ta quduq qazilgan. Ulardan 70 ta quduq foydalaniladi. Quduqlar bir kecha-kunduzda 300 ming km kub suv chiqarish quvvatiga ega. Damxo’jadan Buxorogacha 280 km masofa diametri 142 sm. vodoprovod bilan gravitatsion bosimdagi rejim bilan suv keltiriladi. Bu shahar aholisining har bir kishisini 300 litr suv bilan ta’minlaydi.
Kelgusida suvdan tejamli va samarali foydalanish tuman aholisining muqaddas burchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |