Buxoro tumani Buxoro viloyatidagi tuman



Download 60,25 Kb.
bet1/4
Sana18.04.2023
Hajmi60,25 Kb.
#929722
  1   2   3   4
Bog'liq
buxoro viloyati


Buxoro tumani — Buxoro viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Buxoro tumani shimolida viloyatning Vobkent va Romitan tumanlari, g‘arbda Jondor tumani, sharqda Kogon tumani, janubi-sharqda Qorovulbozor tumani va Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,32 ming km². Aholisi 143,8 ming kishi (2012). Buxoro tumanida 6 ta shaharcha (shahar tipidagi posyolka) va 13 ta qishloq fuqarolar yig`ini (Ko`chkumar, Qavola Maxmud, So`fikorgar, Bog`ikalon, Yangi Turmush, Istiqbol, Kunjiqal’a, Shergiron, Yurinbolo, Rabotiqalmoq, Losha, Sheyxoncha, Saxovat, Sohibkor), 19 ta mahalla fuqarolar yig`ini, 162 ta qishloq aholi nunktlari mavjud. Markazi - Galaosiyo shahri.
Aholisi 114,0 ming kishi. Aholisining 92,0 foizi o`zbeklar, 2,0 foizi tojiklar, 3,0 foizi tojiklar va 3,0 foizini boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Aholi zichligi 1 kv.km.ga 105,7 kishi to`g`ri keladi.
Tabiati. Buxoro tuman hududi Turon tekisligining chekka janubiy sharqida, O’zbekistonning janubiy-g’arbida, Zarafshon daryosining quyi qismida , Buxoro vohasining janubiy g’arbida janubiy- g’arbiy Qizilqum deb ataladigan cho’l maskani. Buxoro viloyatining sharqida yuqoridan qaraganda “ yon” yoki “ taqa “ shaklida ko’rinadigan hududda joylashgan.
Tuman madaniy hududining – sharqiy qismi Buxoro shahri bilan tutash. Tuman shimoldan Vobkent tumani. Buxoro tuman hududiga “ pona “ shaklida kirib kelgan. Kogon tumani va Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan tutash, sharq va janub tomondan Qorovulbozor tumani, bu chegarani Amu- Buxoro kanali ajratib turadi. Janubiy-g’arbdan Olot tumani, g’arbdan Jondor tumani qisman shimol va g’arbdan Romitan tumani bilan chegaradosh.
Tuman shimoldan janubga 60 km, sharqdan 45 km masofaga cho’zilgan. Uning chegaralarining uzunligi 285 km. Tuman yer maydoni 1,30 ming km kv. Uning tarkibida 12 ta fuqarolik yig’ini Galaosiyo shahar hokimligi va 166 ta aholi punkti bor. Tuman hududini viloyat tumanlari hududiga qiyoslasak Vobkent va Kogon tumanlaridan kattadir.
Tuman to’lig’icha cho’l zonasida joylashgan. Mahalliy sug’orma suv manbalariga ega emasligi buning ustiga daryoning quyi qismida bo’lishi o’lka tabiatining salbiy ofatlaridan sanaladi. Zarafshon daryosi orqali oqiriladigan oqova va zovur suvlari, unda organik tuz – kimyoviy ashyolar tuman hududiga oqib keladi. Bu hol ekologik keskinlashuvga sabab bo’ladi.
Shuning bilan bir qatorda tumanning geografik o’rni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy ravnaqi uchun qulay imkoniyatlarga ega. Qadimdan “Ipak yo’li” ustida joylashganligi.Viloyat markazi Buxoro shahrining tuman hududiga tutashganligi iqtisodiy ahamiyatga ega.
Xalqaro avtomobil yo’llarining tuman yo’llaridan o’tishi kelajak istiqbolini rivojlantirishga ta’sirini ko’rsatadi. Temir yo’l tuguni Kogon shahrining yaqinligi qulay imkoniyatlar yaratadi.
Xo‘jaligi. Tuman xo‘jaligining asosiy tarmoqlari — paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik, sabzavotchilik va hunarmandchilik. Tumanda "Toshkent Kotton" choyshab va ichki kiyimlar ishlab chiqarish qo‘shma korxonasi, 269 fermer xo‘jaligi, uzumni qayta ishlash, "Shifo" mahalliy mineral suv korxonalari bor.
Umumiy haydaladigan yerlar maydoni 19296ga, shu jumladan 35278 ga yerga paxta, 7787 ga yerga donli ekinlar ekiladi. Bog’lar 1624 ga, tokzorlar 1754 ga, tutzorlar 330 ga, sabzavot 914 ga, poliz ekinlari 86 ga ni tashkil qiladi. Tumanda 101563 bosh qoramol, 118699 bosh qorako‘l qo‘yi bor (2013). Qo‘ylar O‘rtacho‘l yaylovida boqiladi. Tuman hududidagi avtomobil yo‘llarining umumiy uz. 281 km. Buxoro tumani temir yo’llar uzunligi 29 km.
Shu jumladan: Xalqaro ahamiyatdagi yo’llar 37 km, respublika ahamiyatidagi yo’llar 17 km, mahalliy xo’jaliklararo yo’llar 227 km.
Hozirda 52 umumiy ta’lim maktabi bo’lib 19000 nafar o’quvchi soni, 6ta kasb-hunar kolleji 5000 nafar talaba tahsil olmoqda. Umumiy ta’lim maktablarida 19,2 ming, kasb-hunar kollejlarida 5,0 ming o’quvchi tahsil olmoqda. 11 ta kutubxona , 4 klub, madaniyat uyi, 300 o‘rinli kasalxona, meʼda-ichak va jigar xastaliklarini davolash sanatoriysi, 1000 aholiga shifokorlar soni 17,9 ming shifokor, qishloq ambulatoriyasi bo‘lib, ularda 172 vrach, 1013 o‘rta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. "Galaosiyo ovozi" tuman gazetasi chiqadi tumanda tashkilotlar qatorida tuman DSENM sezilarli faoliyat yuritib kelmoqda o`ta xavfli kasalliklarni yo`qotishda bu markaz hissasi beqiyos yangi 2015 yilda tuman DSENM yangi binosi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bu tumandagi quvonchli voqealardan bo`ladi.

Download 60,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish