Hayvonot dunyosi
Tuman hududi cho’l va vohadan iborat, shu sababli hayvonlari ham cho’lga va vohaga xos hayvonot dunyosiga egadir.
Cho’llarda sudralib yuruvchilar sinfi vakillari ustunlik qiladi. Turkiston gekkoni, cho’l agamasi, har xil kaltakesaklar, sariq ilon, gyurza, o’q ilon, charx (efa) singari zaharli ilonlar uzunligi 1-1,5 metr keladigan echkiemarlar, cho’l toshbaqasi uchraydi.
Sut emizuvchilar sinfiga mansub hayvonlar ham uchraydi. Cho’ldagi ko’rkam, noyob hayvon Buxoro bug’usi, jayron, (xongul), tulki, bo’ri, chiyabo’ri, toloy quyoni, qo’shoyoq, yumronqoziq, tipratikan, sayg’oq va qumsichqonlar yashaydi.
Tumanimiz hayvonlaridan quyidagilar “Qizil kitob” ga kiritilgan. Baliqlardan Orol dengizida yashagan, urchish uchun Amudaryoga chiqqan Orol shipi – 1962 yilda Amu-Buxoro mashina kanali orqali bizning hududimizdagi suvlarga kelib qolgan.
(2-14 yoshga voyaga yetadi). Orol shipi 23 yoshda 20 -30 og’irlikda bo’ladi. Qisqichbaqasimonlar va molyuskalar bilan ovqatlanadi. May oyining ikkinchi yarmidan boshlab uvildiriq sochadi. Uvildiriq soni 280-570 ming. Uni suv tubiga, toshlar orasiga yoki taqir yerga qo’yadi. Orol shipi ( Baqra) baliq sanoati ahamiyatiga ega emas.
2.2.Geologik va geomorfologik tuzilishi, relefi, ona jinslari.
Nurash qobig’ining yotqiziqlarida, tuproqlarda hamda sizot suvlarida tuzlarning to’planishi erning geologik tuzilishi va geomorfologik sharoitlariga bog’liqdir.
Yerning geologik strukturasi uning qatlamlari morfogenezisini va litog’enezisini kelib chiqishini hamda gidrogeologik jarayonlarining rivojlanishi tuproq qatlamlarida va sizot suvlarida tuzlarni to’planishida katta rol o’ynaydi.
Sho’rlangan tuproqlar asosan yerning tekislik qismida keng tarqaladi, faqat ozroq qismigina tog’’liklarning yon bag’irlarida sho’rlangan delyuvial prolyuvial jinslarni yuvilishidan hosil bo’ladi. Yerning tekislik qismida sho’rlangan yotqiziqlarning 3 xil tip tarqalish qonuniyatlari mavjud bo’lib, ular birlamchi, akqumulyativ va denudatsion yotqiziqlarga bo’linadi. Birlamchi tekislik yotqiziqlari dengiz osti quruqliklarini har xil epeyrogen ko’rinishlari natijasida hosil bo’lgan sho’rli jinslardir.
Sho’rlangan dengiz osti yotqiziqlari har xil yoshda birlamchi tekislik bo’lib, asosan unchalik qalin bo’lmagan elyuviy qatlami qoplanadi. Iqlimning quruq va issiqligidan tuzlar faqatgina dengiz osti jinslari ichida ham uchrab sahro tuproqlarini ham paydo bo’lishi jarayonida ishtirok etgandirlar.
Akqumulyativ tekisliklarni asosiy yotqiziqlari har – xil tarkibli va qatlamli keltirilmalardan iborat bo’lib, o’zlarining xarakteriga qarab flyuvioglyastial – muzlik, alyuvial va tog’’ osti prolyuvial – allyuvial tekisliklarga bo’linadi.
Birinchi tip tekislikka O’rta rus tekisligini shimoliy va sharqiy qismi hamda g’arbiy Sibir past – tekisligi kiradi. Bu tekislarning asosiy yotqiziqlari suvli – muzlik qoplamlarini qumoq, qumoqli hamda loyli karbonatli ayrim joylarda karbonatsiz allyuvial jinslardan iboratdir.
Bu jinslar V.A.Kovdaning ko’rsatishcha muzliklarning siljishi natijasida birinchi vaqtda Fe va Al oksidlarni cho’kishi, keyinchalik bular bilan birgalikda kremniy gidroksidini lessli jinslar bilan qo’shilib CaCO3 va MgCO3 ayrim joylarda hattoki soda moddasini hosil qilishini aniqladi. Shu sababli bu yerlarda sodali sho’rlanish, keyinchalik solodlashgan va solodli tuproqlarni hosil bo’lishi bilan tuproqlar tarkibida tuzlar to’plangandir. Markaziy Osiyoning allyuvial tekislik qismida daryo deltalari juda katta maydonni egallab, Sirdaryo, Amudaryo, Artek va boshqa yerlarni o’z ichiga oladi. Bu tekisliklarda geologik va geomorfologik nuqtai nazardan tarqalishiga sabab, daryolarning hosil manbai er ustki va ostki suvlarining harakati natijasidir. Markaziy Osiyo daryolari o’zlarining oqish tezligiga qarab o’zlari bilan juda ko’p miqdorda suvda erigan tuzlarni olib keladilar, daryo oqimining sustlashishi bilan bu tuzlar tuproq tarkibidagi boshqa modda bilan birikib, uning qatlamlarida to’plana boradi. Markaziy Osiyoning tog’’ oldi hududlarida sho’rlangan tuproqlar epeyrogenetik harakatlar va boshqa vertikal bioiqlima poyaslarga bog’liq ravishda o’zgarib boradi. Masalan: gidromorf sho’rlangan tuproqlar, o’tloq – bo’z sho’rsizlanayotgan tuproqlar – och tusli bo’z tuproqlar qoldiq tuz dog’li tipik bo’z tuproqlar - tuk tusli bo’z tuproqlar sho’rlanmagan tog’’ o’rmon jigarrang tuproqlarga bo’linadi. Bu tuproq – qatorlarini to’rtlamchi davrini ikkinchi yarmida dengiz sathidan 500 – 1500 m balandliklar hosil bo’lishi jarayonini aniqlash mumkin.
Shu bois o’rmon zonasida tuzlarni bo’lmasligi tuproq temir va alyumin birikmalari bilan bog’langanligi, tuk tusli bo’z tuproqlar zonasida esa karbonatlarni to’planish hodisalari ularning chuqur qatlamlarida gips qatlamini saqlanishi , tipik bo’z tuproqlar zonasida gipsni qatlami 100 – 150 sm chuqurlikda uchrashi hamda suvda eruvchi sulfat va xloridli birikmalarini tuproq qatlamlarida yotishi, och tusli bo’z tuproqlarda tuzlarni tuproqni yuqori 0,5 m qatlamidan boshlab to’planishi va nihoyat bu tuzlar sahro zonasining tuproqlarida 0,1 – 0,3 m uchrashiga asosiy sabab yerlarning tektonik harakatlari oqibatida uning faqatgina gidrogeologik sharoitlariga ta’sir qilmay, balki tuproq hosil bo’lishi jarayonlariga ham ta’sir qilib tuproq evolyustiyasini ham belgilar ekan.
Denudastion (qoldiq) tekisliklar-tektonik harakatlar to’xtashi bilan paydo bo’lgan maydonlardir. Bular oldin tog’’liklar bo’lib denudastion jarayonlar ta’sirida maydalanib ketgan tekislikdir. Bu tekisliklar har-xil tarkibli qattiq jinslardan iborat bo’lib, ellyuvial hamda delyuvial yotqiziqlardir. Delyuvial jinslar ko’pincha sho’rlangan bo’ladi, chunki nurash jarayonida delyuvial suvlar ta’sirida qiyaliklardan tuzlar yuvilib pastliklarga to’planadi.
Bundan tashqari tuzlarni geomorfologik oblastlarda to’planishida relefni ham ta’siri katta. Masalan: oqimsiz pastqamliklar oldingi yoki hozirgi davrda erning ostki va ustki oqimini yig’uvchi gruntlardan iborat bo’lib, o’ziga nisbatan balandliklarga qaraganda ko’proq sho’rlangan bo’ladi.
Cho’l va chala cho’l tekisliklarida er yuzasiga sizot suvlarini yaqinligi uning kuchli minerallashganligi oqibatida yerlar ko’proq sho’rxok va sho’rxoklashgan tuproqlar bilan banddir.
Daryo bo’ylarining pastki mintaqalarida esa vaqti – vaqti bilan suv bosishi natijasida boshqa mintaqalarga qaraganda ko’proq sho’rlanadi. Bundan tashqari daryolarning o’ng qirg’oqlari ko’p yuvilishi va er ostki suvlarining oqimi yaxshiligidan chap qirg’og’iga qaraganda kam sho’rlanadi.
Daryo qirg’oqlaridan uzoqlashgan sari esa er ostki suvlarining oqimi qiyinlashgan sari sho’rlanish kuchaya boradi, bunga sabab tuproqning mexanik tarkibini daryo qirg’og’idan uzoqlashgan sari og’irlashib borishi hamda sizot suvlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |