Buxoro tuman XTB 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 21-mart Navro‘z bayrami munosabati bilan «Assalom Navro’z, yangilanish, mehr oqibat va qadr qimmat ayyomi!» nomli sayl tadbiri
Bayonnomasi
Sana: 18. 03. 2022 yil Новметан МФЙ
Qatnashdilar; «Novmetan» MFY vakillari, Mexnat faxriylari, Ota-onalar, maktab raxbariyati maktabning 30 nafar o’qituvchisi va barcha sinf o’quvchilari
Kun tartibi
«Assalom Navro’z, yangilanish, mehr oqibat va qadr qimmat ayyomi!» nomli tadbirni yuqori saviyada o’tkazish
Eshitildi
Tadbirni maktab MMIBD o‘rinbosari G Navro’zova so’zga chiqib ochib berdi va quyidagi fikrlarni bildirdilar. Assalomu alaykum aziz mexmonlar, qadrli o’quvchilar va ustozlar. Sizlarni yurtimiz bo’ylab kirib kelayotgan qutlug ayyom- Navro’zi olam bilan muborakbot etamiz. Yasharish, yangilanish, ezguliklar ulug’lanadigan muborak kun-Navro’zingiz qutlug bo’lsin. Bugungi qutlug ayyom bilan o’tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz! 21-Mart qadimdan Navro’z yangi kun, yangi yil boshi sifatida bayram qilingan. Bu kunda aslida tun va kun tenglashadi. Navro’z bayrami o’zbeklarning milliy bayrami hisoblanadi. Bu bayramda milliy taomlar tayyorlanadi, muchal yoshlari nishonlanadi va milliy urf-odatlar bajariladi. Nochor, kam ta’minlangan va qariyalar xolidan xabar olinadi. Xamma joylar tozalanadi. Sumalak sayllari tashkil qilinadi. Endigi navbatni tadbirning badiiy qismiga beramiz deb so’zlariga yakun yasadilar va tadbirni olib borish uchun so’zni 9-sinf o’quvchilariga berdilar.
Tadbirni maktabning IMMB targ’ibotchisi tayyorlagan badiiy qismiga berdilar. . Tadbirda 6-11 sinf o’quvchilari jalb qilingan. Tadbirda milliy taomlar, milliy urf-odatlar sayl sifatida tashkil etildi. O‘quvchilar Navro’z va baxor haqidagi she’rlari bilan tadbirni boshlab berdilar. 7-sinf o’quvchilari Navro’z bayramidagi milliy urf-odatlar haqida so’zlab berdilar. O’quvchilar tomonidan «O’rik gullaganda» qo’shig’i kuylandi va 9-sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan raqs namoyish etildi. 6-sinf o’quvchilari «Duppi tikdim» va laparlarga raqs tushdilar. 7-sinf o’quvchilari Muchallar haqida so’zlab berdilar. 8-9 sinf o‘quvchi qizlari tomonidan milliy urf odatlarimizdan «Kelin salom» marosimini kursatib berishdi, «O’zbekiston», «Navro’z», va «Bahor» qo’shiqlariga raqslar namoyish etildi. O’g’il bolalar milliy sport o’yinlaridan parchalar namoyish etdilar. Maktabimizdagi iqtidorli o’quvchilaridan Doira raqsini namoyish ettildi. 10-sinf o‘quvchilari Folklor raqsi va muxammaz xonlik ko’rsatib berishdi. Bayramona tadbirimiz xammaga yaxshi kayfiyat ulashdi
Tadbirni yakunlash maqsadida so’zni maktabimiz direktori M Fayzullayevaga berdilar Maktab direktori so’zga chiqib hammani Navro’z bayrami bilan tabrikladilar. Tadbirni yuqori saviyada o’tishini ta’minlanganlarga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Qaror qiladi
Tadbirda faol qatnashgan o’quvchilar ragbatlantirsin va maktabdagi barcha tadbirlarni yuqori saviyada o’tishi MMIBD o’rinbosari G Navro’zova zimmasiga yuklatilsin
Do'stlaringiz bilan baham: |