Maktab direktori: M Fayzullayeva
MMIBD urinbosari: G. Navro’zova
IMMB targ’ibotchi: R. Jo’rayeva
11-sinf rahbari: G.Ubaydova
“TASDIQLAYMAN”
Maktab direktori:
__________M.Fayzullayeva
Buxoro tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 43-umumta’lim maktabida o’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirishda oila va ta’lim muassasalarining hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida o’tkazilgan “Ota-onalar" yig’ilishi”
BAYONNOMASI.
12.02.2022yil “Novmetan” MFY
Qatnashdilar:
Maktab direktori M.Fayzullayeva, O’TIBDO’ M. To'xtayeva, maktab psixologi Navro'zova.G, 10-11 sinf rahbarlari Ubaydova.G va Jo'rayeva.G, 10-11 sinf o’quvchilarining otalari, fan o’qituvchilari.
KUN TARTIBIDAGI MASALA:
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda oila, mahalla va ta’lim muassasalarining hamkorligi.
Kasb tanlash ostonasida turgan bitiruvchilarga va ota-onalariga psixologik tavsiya.
Kasb nafaqat daromat toppish manbai, umrning asosiy qismi sarflanadigan faoliyatdir.
Kasb tanlashga oid an’analarni davom ettirish majburiy emas.
ESHITILDI:
Birinchi masala yuzasidan maktab direktori Fayzullayeva.M so'zga chiqib maktab, oila mahalla va ishlab chiqarishning hamdo‘stligi yosh avlodni yangi ruhda tarbiyalashning asosiy prinspi hisoblanadi. O‘quvchilarda professional qiziqishlarini rivojlantirish va tarkib toptirish, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi xizmat ko‘rsatish sohasi ishchi kasblariga ijtimoiy e’tiborning ortishi, xayot yo‘lining ongli ravishda tanlash ishining muvaffaqiyati maktab, oila, mahalla va ishlab chiqarishning birgalikda olib borilgan samara berishini aytib o'tdilar.43-umumta’lim maktabida ham shu mazmundagi ishlar keng ko’lamda olib borilmoqda. Jumladan, maktabning 11-sinf bitiruvchi o’quvchilarning otalarini maktabga taklif qilinib, farzandlarining kelajakdagi rejalari, maktab va oila hamkorligida katta hayotga qadam qo;yayotgan yoshlarga kerakli tavsiyalarni ulashish maqsadida “ Otalar yig’ilishi” tashkil qilindi.
Yig’ilishni maktab direktori o’z nutqi bilan ochib berdi. Shaxsni tarbiyalash asoslari oiladan boshlanadi, ya’ni o‘quvchilar ba’zi kasblar bilan, xususan o‘z ota-onalari, akalari, opalari, qarindosh urug‘larining kasblari bilan oilada tanisha boshlaydilar bu esa o‘quvchilar professional qiziqishlarining rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Maktab amaliyotchi psixologi Navro'zova.G.so’zga chiqib Kasbga ko‘nikish davri odatda uchta xarakterli bosqich bo‘yicha boradiki, ularning har biri pedagoglar uchun juda muhim xususiyatlarga ega. Kasbga ko‘nikishning birinchi bosqichi – tanishtirish bo‘lib, o‘zining atrof-muhitdagi yangi rolini anglashdan iborat. U tanlangan kasb bo‘yicha muayyan malaka olishga qaror qilingandan boshlanadi va ishlab chiqarish ta’limiga dastlabki nazariy tayyorgarlik davrida o‘quv ustaxonalari hamda bilim yurti bilan tanishish davrida davom etadi. O’z nutqi davomida o‘quvchi yoshlarni mehnatga o‘rgatmasdan turib jamiyat uchun barkamol shaxs etib tarbiyalash mumkin emas. Mehnat insonni barkamollikka va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi.Yoshlarni kasb-xunarga yunaltirish va uning kasbiy qiziqishlarini aniqlash. Mehnat an’analarini tayanchi sifatida yoshlarni hayotga ijtimoiy mehnat faoliyatida ishtirok etishga tayyorlash ham muhim ahamiyatga ega. Mehnat an’analari zamirida shaxsning axloqiy sifatlari mehnatsevarlik, yerga va tabiatga muxabbat, suvni isrof qilmaslik saxiylik, o‘zgalarning mehnatini qadrlash, mehnat baxt keltirishini anglashdir.
“Otalar yig’ilishi” davomida otalar ham o’z fikrlarini bildirdilar. Jumladan, Gadoyev.N. so’zga chiqib Ko‘pchilik ota-onalar kasb tanlashga yo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlariga muhtojdirlar.Ular bunday yordamni suhbat, konsul’tatsiya va boshqa tadbirlar formasida maktab pedagogika jamoasi, vrach, psixolog, korxona mutaxasislaridan olish mumkinligi haqida gapirdi.
Yig’ilish qaror qiladi.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishlarida oila va ta’lim muassasasining hamkorligini yanada kuchaytirish.
Kasb tanlashda o’quvchi yoshlarning qiziqishlarini inobatga olish
O’quvchilarga kasb o’zining butun hayoti mobaynida shug’ullanadigan faoliyati ekanligini singdirish.
Yig’ilish raisi: M.Fayzullayeva
Yig’ilish kotibi: G.Navro'zova
11-sinf rahbari: G.Ubaydova
Do'stlaringiz bilan baham: |