Buxoro tarixi


Somoniylar davridagi davlat devonlari



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

Somoniylar davridagi davlat devonlari 
Movarounnahr mustaqillikka erishib, Somoniylar davlatining 
qaror topishi va uning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi 
Devoni vazir 
Mustavfiy 
Amidal-mulk 
Sohibi shurat 
Sohibi muayyid 
Mushrif
Mumallikayi xos 
Muxtasib
Avqof (vaqf) 
Qazo (qozilik) 


88 
katta bo‘ldi. Shu boisdan ularning obro‘si oshib, poytaxt Buxoro 
Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. 
Shaharlarda ko‘plab ibodatxonalar, shu jumladan, jome’ masjidi, 
xonaqo (g‘aribxona) va namozgoh (iydi ramazon va iydi qurbon 
ibodatlari o‘qiladigan sajdagohlar bino qilindi. Xuddi shu davrda 
musulmon Sharqidagi ilk madrasalardan biri Buxoro shahrida qad 
ko‘tardi. Buxoroning qadimiy madrasasi shaharning Darvozai Mansur 
mahallasida xon hammomining yonida joylashgan edi. 
Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom 
mafkurasiga bu davrda «ustod» deb atalgan din va ilm peshvolari 
rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom tark etilib, din peshvolari va 
islom ulamolarining rahnamosi «shayxulislom» nomi bilan yanada 
ulug‘lanadi. Ustoddan keyin «xatib»lar turardi. Somoniylar islom 
mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa, 
xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-xarajati uchun 
katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar 
tasarrufidagi erlar kengayib, yangi turdagi diniy-vaqf xo‘jaligi tarkib 
topadi. Masalan, Narshaxiyning yozishicha, Afshona qishlog‘ining 
ekin erlari atrofidagi yaylovli biyobonlar Ismoil Somoniy tomonidan 
Buxoro madrasasining talabalariga vaqf qilib beriladi. Shuningdek, 
amir Registon maydoniga tutashgan va Dashtak deb shuhrat topgan 
keng qamishzor erlarni Hasan ibn Muxammad Tolut ismli mulkdor 
arab lashkarboshidan 10 ming dirhamga sotib olib, Buxoro shahrining 
jome’ masjidi vaqfiga qo‘shib beradi. Masjid va madrasalar 
tasarrufida katta-katta er va mulklar to‘planishi hamda vaqf 
xo‘jaligining tarkib topishi shu tariqa yuzaga keldi. Bu jarayon aynan 
Buxorodan boshlandi.
Somoniylar tashqi va ichki dushman hurujlaridan mamlakatni 
muhofaza qilish masalasiga katta e’tibor beradilar. Xususan, Ismoil 
Somoniy yaxshi kurollangan harbiy qo‘shinlar va maxsus muntazam 
saroy soqchi navkarlar sho‘ratini tuzadi. Somoniylar davlatining 
janubiy hududlari, xususan Hirot va Nishopurda qarmatlik harakati 
keng yoyilib, harakatning mamlakat poytaxti Buxoroga ham tarqalish 
xavfi bor edi. Uning namoyandalari Husayn Marvazi va Ahmad 
Naxshabi qarmatlar mafkurasini somoniy hukmdorlariga va ularning 
saroy ahllariga singdirishga harakat qildilar va ma’lum ma’noda 
bunga erishdilar. Masalan, somoniylar yirik amaldori Abubakr Ash’as 
shunday chaqiriqlar ta’siri ostida qarmatiylikni qabul qiladi. Somoniy 


89 
hukmdorplari iloji boricha ushbu harakatning Movarounnahrga, 
jumladan, Buxoroga tarqalishining oldini olishga harakat qilishgan. 
Masalan Nuh ushbu jarayonning oldini olish maqsadida qarmatlik 
harakati namoyandalaridan biri Ahmad Naxshabiynig saroyga 
chaqirtirib, qarmatlikning afzalligi masalasida musulmon faqihlari 
bilan bahsga kirishishni taklif qiladi. Bo‘lib o‘tgan bahs-
munozaralarda Ahmad Naxshabiy mag‘lubiyatga uchraydi va Nuh 
farmoni bilan Buxorodagi maydonga osib o‘ldiriladi. Xullas, 
qarmatlik harakatiga chek qo‘yiladi. 
Somoniylarning harbiy yurishlari, xukmron sulolaning ichki 
nizolari, maxalliy hokimlar boshboshdoqlik harakatlarining borgan 
sari avj olib borishi bilan uzluksiz davom etgan uzaro kurashlaridan 
aholi bezor bo‘lgan edi. Bunday og‘ir siyosiy vaziyat oqibatida 
mamlakatda iqtisodiy tanglik sodir bo‘ladi. U shunchalik og‘ir 
kechardiki, xatto harbiylar, shu jumladan, amirning turkiy muntazam 
soqchi navkarlariga ham maosh tulash uchun uzoq, vaqt mablag‘ 
topilmaydi. Bunday og‘ir ahvoldan chiqish uchun 942-yilda aholidan 
2 marta soliq undirib olinadi. Bunday tartibsizlik, shubhasiz
mamlakatda 
vaziyatni 
yanada 
keskinlashtirib, 
aholi 
turli 
tabaqalarining hokimiyatga qarshi ko‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi. 
Siyosiy vaziyat, ayniqsa, Nuh ibn Nasr II (943-954) va uning nabirasi 
Nux II ibn Mansur (976-997) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda 
keskin tus oladi. 947-yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim ibn 
Ahmad isyon ko‘taradi. U saroy turkiy muntazam navkarlari va 
Chag‘oniyonning yirik zodagon dehqoni Abu Ali Chag‘oniy 
yordamida Buxoro taxtini egallab oladi. Lekin juda qisqa muddat 
hukmronlik qiladi. Ko‘p vaqt o‘tmay Abu Ali Chag‘oniy bosh 
ko‘taradi. Nuh ibn Nasr qo‘zg‘olonni kuch bilan bostira olmaydi. 952-
yilda Abu Ali Chag‘oniyni avval Chag‘oniyonga, so‘ngra Xurosonga 
hokim qilib tayinlashga majbur bo‘ladi. 961-yilda Buxoro harbiy 
lashkarlarining g‘alayoni ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonchilar amir saroyini 
talaydilar va unga o‘t qo‘yib yuboradilar. Bunday voqealarning tez-tez 
qaytarilib turishi, shubhasiz, markaziy hokimiyatning zaiflashib 
qolganidan, Arab xalifaligidan uzil-kesil ajralib, mustaqilligini tiklab 
olgan Movarounnahrda tashkil topgan Somoniylar davlatining 
inqirozga yuz tutganidan dalolat beradi. 
Shunday qilib, IX-X asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda 
Somoniylar davlati tashkil topdi. O‘rta asrlar zamonining bu yirik 


90 
davlatini boshqarishda hukmdor xonadon Sharqning qadimiy davlat 
boshqaruvi an’analariga suyanib, muntazam soqchi armiya va kuchli 
xarbiy qo‘shinlarga ega bo‘lgan markazlashgan boshqaruv 
mahkamasini tashkil qildi. O‘rta asrning bu yirik davlati o‘zining 
boshqaruv tizimi jihatidan, shubhasiz, O‘rta Osiyoda o‘rta asrlar 
davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyoti tarixini o‘rganishda 
alohida ahamiyat kasb etadi
1

X asr o‘rtalarida Issiqkulning janubi va Qoshg‘arda yashagan 
yag‘mo qabilalari kuchayib, avval o‘zlaridan shimoli-sharqroqda 
yashovchi chigil qabilalari bilan yagona ittifoqda birlashadi. So‘ngra 
Ettisuvga xuruj qilib, qarluqlarni bo‘ysundiradi va ulkan hududda 
Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar.
992-yilda 
Xasan 
Bug‘raxon 
boshliq 
qoraxoniylar 
Movarounnahrga hujum boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida 
Shosh, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turkiy qabilalar 
ham qatnashadilar. Natijada Qoraxoniylar bilan birikib ketadilar. Bu 
davrda somoniylar ma’muriyati va harbiy qo‘shinlari boshqaruvini o‘z 
qo‘liga olgan turk hojiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, 
deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turk sardorlari mamlakatni 
1
Муҳаммаджонов А. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-
матбаа ижодий уйи, 2004. –Б.105.


91 
dushmandan mudofaa qilish o‘rniga xoinlik yo‘lini tutib, 
qoraxoniylarga yon bosadilar. 
Qoraxoniylarning Buxoroga yurishi oldidan somoniylarning 
eng e’tiborli turk lashkarboshilaridan Xuroson noibi Abu Ali Simjuriy 
amir Nux ibn Mansurdan yashirincha Bug‘raxon bilan Somoniylar 
davlatini bo‘lib olish haqida muzokara olib boradi. Ikkinchi Turk 
lashkarboshisi Ayach boshliq qo‘shin tor-mor qilinadi va uning o‘zi 
asirga olinadi. Raboti Malik yaqinidagi Harjan yonida yana bir turk 
hojibi Foyiq katta qo‘shin bilan Bug‘raxonga qarshi jang qiladi. 
Ammo Foyiq jang qizg‘in ketayotgan paytda atayin taslim bo‘ladi. 
Shu sababli Buxoro himoyasiz qoladi. Nuh ibn Mansur poytaxtni 
tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Qoraxoniylar Buxoroni 
qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar. Ko‘p vaqt o‘tmay Bug‘raxon Foyiqni 
Termiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug‘raxon Buxoroda 
uzoq tura olmaydi. Kasallik uni poytaxtni tark egib, o‘z vatani 
Qoshg‘arga qaytishga majbur etadi. Yo‘lda u vafot qiladi. Bunday 
qulay sharoitdan foydalangan Nuh ibn Mansur Buxoroga qaytib o‘z 
taxtini egallaydi. Ammo ikki maxalliy turk sarkardasi Foyiq Balxda, 
Abu Ali Simjuriy Xurosonda amirga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. O‘z 
kuchiga ishonmagan Nuh ibn Mansur G‘azna hukmdori Sobuqtakinni 
yordamga chaqiradi. Yigirma mingli qo‘shin bilan u Movarounnahrga 
etib keladi va Nuh bilan birlashib qo‘zg‘olonchilarga qarshi yurish 
qiladi. Bir necha janglardan so‘ng Foyiq va Abu Ali qo‘shinlari tor-
mor qilinadi. Sobuqtakinning bu yordami evaziga Nuh ibn Mansur 
unga «Nosir ud-din va ud-davla», ya’ni «din va davlat homiysi», 
uning ug‘li Mahmudga esa «Sayf ud-din» yoki «din shamshiri» degan 
unvonlarni taqdim etadi. Shuningdek, Sobuqtakinni Abu Ali Simjuriy 
o‘rniga Xurosonning noibi qilib tayinlaydi. Natijada G‘azna va 
Xurosonda Sobuqtakin va Maxmudning siyosiy hukmronligi 
mustahkamlanib, G‘aznaviylar davlati tashkil topadi. Tez orada bu 
davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan Amudaryogacha bo‘lgan 
erlarni egallaydi
1

996 yilda qoraxoniylar Movarounnahrga 
yana hujum 
boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi. Nuhga yordam 
berish uchun Sobuqtakin, CHag‘oniyon, G‘uzg‘on va Xuttalon 
1
Муҳаммаджонов А. Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-
матбаа ижодий уйи, 2004. –Б.121.


92 
hokimlarining birlashgan qo‘shinlaridan iborat katta kuch bilan 
Keshga etib keladi. Nuhning ham o‘z qo‘shini bilan unga qo‘shilishini 
talab qiladi. Bu somoniylar amirining hukmdorlik huquqlarini 
mensimaslik va ochiqdan-ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh, 
shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib, Sobuktakinni 
Buxoroga chakirtiradi. Bunga javoban Sobuqtakin qo‘shin yuborib 
Buxoroni egallaydi. So‘ngra u Qoraxoniylar bilan muzokaralar olib 
boradi. Natijada ular o‘rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq 
Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi. Sobuqtakin esa 
Amudaryodan janubdagi erlar, shu jumladan, Xurosonga hukmdor 
bo‘lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina 
beriladi, xolos. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay qoraxoniylar Buxoroni bosib 
oladi. Garchi somoniylar to 1005-yilgacha Samarqand va Buxoroni 
qaytarib olishga uringan bo‘lsalar-da, ammo 999-yilda Buxoroning 
Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi 
barham topadi. 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish