95
mulklar vaqf qilganida tuzgan hujjati oldidan Arslonxon madrasasi
vaqf hujjatini ham keltiradi.
Buxoroda
Somoniylar
sulolosining
hukmronligi
sharq
uyg‘onish davri bilan uyg‘un holda kechdi. Bu davrda Buxoroda
tug‘ilib, ijod qilgan, o‘zining ko‘p qirrali ilmiy faoliyati bilan odamni
hayratga solgan ko‘p olimlar, fozil-donishmandlar etishib chiqdi. Ana
shunday allomalardan biri Imom Ismoil al-Buxoriy bo‘lib, u Buxoroda
tug‘ilib voyaga etdi, ko‘p yillar Makkayu-Madina, Damashq, Bag‘dod
shaharlarda yashab-al-Jomi’ as-sahih (Sahih hadislar to‘plami)ni
yaratdiki, bu to‘plam hozirgi vaqtda ham o‘z axloqiy-tarbiyaviy
ahamiyatini yo‘qotmagan va islom dinida Qur’oni Karimdan keyin
ikkinchi o‘rinda turadi.
Jumladan, Abu Hafs Kabir (Imomi Hojatbaror) ham islom fiqh
ilmida dong taratgan ilohiyotchi olimlaridan biri edi. U Qur’oni
Karimni chuqur o‘rgangan fiqh olimi bo‘lib, butun islom olamida
islom huquqshunosligi bilan bog‘liq dolzarb muammolar shu kishi
mashvarati bilan hal qilingan. Muhammad
an-Narshaxiy - Buxoro
tarixi kitobining mualifi, o‘z davrida Mavarounnahr tarixini yozib
qoldirganki, bu kitob hozirgi vaqtda ham tarixchi olimlar uchun asosiy
manbalardan biri hisoblanadi. Buxoroda Somoniylar saroyida yashab
ijod qilgan, Odam-ush-shuaro unvoniga sazovor bo‘lgan Abu
Abdulloh Ro‘dakiy – butun dunyoda fors-tojik she’riyati asoschisi
sifatida tan olinadi. Bu tabbaruk siymolar Buxoroni butun dunyo
ahamiyati ega shaharlardan biriga aylanishida munosib hissa
qo‘shgan, beminnat xizmat qilgan ma’rifat peshvolari edilar.
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy
899-959-yillar
Buxoro yaqinidagi Narshax (hozirgi Vobkent tumanida) qishlog‘ida
899-yilda tavallud topgan. Narshaxiyning ilmiy asarlari to‘g‘risida
ma’lumotlar juda kam. Uning faqat “Tarixi Buxoro” (“Buxoro tarixi”)
asari bizgacha etib kelgan. Asar qo‘lѐzma
nusxalarda va hozirgi
zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda “Tarixi Narshaxiy”, “Taxqiq ul-
Viloyat” (“Viloyat haqiqatini aniqlash”), “Axbori Buxoro” (“Buxoro
haqida xabarlar”) kabi nomlar bilan atalib kelingan. Asarning turli
nomlar bilan atalishiga ham sabablar bor. Bu asarning Narshaxiy
tomonidan yozilgan dastlabki asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning
bizgacha etib kelgan qismi 1128-yilda Quva shahridan bo‘lgan Abu
Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy arab tilidan fors
tiliga qisqartirib tarjima qilgan nusxasidir. Undan keyingi yillarda ham
96
Narshaxiyning asari bir necha tahrirlarga uchragan, ba’zi matnlari
qisqartirilgan va so‘ngi voqealar asosida to‘ldirilgan.
Abu Nasr Ahmad Qubaviy asar matnini qisqartirish bilan
chegaralanmay,
balki Tabariy, Abu Hasan Nishopuriyning “Hazoiq
ul-ulum”, Ibrohimning “Axbar-i Muqanna” kabi asarlaridan
foydalanib, uni to‘ldiradi. Ana shu tariqa, Buxoro tarixiga Narshaxiy
yashab o‘tgan davrdan keyingi, 1178-1179-yillardan 1220-yillarga
qadar bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar kirib qolgan.
“Buxoro tarixi” asari o‘zining ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan
va hozirgi kunda Somoniylar davri tarixi bo‘yicha eng noyob,
qimmatli asar hisoblanadi. Asarda Somoniylar davlatining siyosiy,
iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotiga oid ma’lumotlar keltirilgan.
Movarounnahr va Xuroson aholisining arab bosqinchilariga qarshi
Muqanna boshchiligidagi qo‘zg‘oloni bilan bog‘liq bo‘lgan
ma’lumotlar ham bu asarda ma’lum darajada o‘z ifodasini topgan.
Narshaxiy saroy tarixchisi bo‘lganligi sababli hukmron tabaqa
siyosatini yoqlab, xalqning hokimiyatga chiqishini qoralagan.
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida somoniylar davrida
faoliyat yuritgan hunarmandchilik ustaxonalari to‘g‘risida ham
to‘xtalib o‘tadi. Jumladan, “Buxoroda-Hisor bilan shahriston
o‘rtasida, masjidi jome yaqinida bir korxona bor edi unda paloslar,
darpardalar, yazdiy kiyimliklar, yostiq jildlari, funduqiy joynamozlar
va ust kiyimlarni xalifa uchun to‘qir edilar; bitta darpardaga (butun)
Buxoro xiroji sarf bo‘lardi. Bag‘doddan har yili alohida bir omil kelib,
Buxoro xirojining evaziga shu kiyimlilardan olib ketar edi. Bir vaqt
kelib bu korxona bekor qoldi va bu hunar bilan shug‘ullanuvchi
kishilar tarqalib ketdilar”
1
.
Shuningdek,
Narshaxiy
Buxoroda
tayyorlangan
mahsulotlarning xalqaro savdodagi ahamiyatini alohida ta’kilaydi:
“Buxoro shahrida shunday ishga tayin qilingan ustalar bo‘lar edilar:
viloyatlardan savdogarlar kelib,
odamlar zandaniychini olib
ketganlaridek, u kiyimlardan Shom va Misr, Rum shaharlariga olib
ketar edilar. Xurosonning hech bir shaharida bunday (matoni) to‘qiy
olmas edilar. Shunisi qiziqki, bu hunar egalaridan ba’zilari Xurosonga
bordilar va bu ish uchun kerakli asboblarni shaylab shu kiyimlikdan
1
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ
машаълига илова, 1993. –Б.26.
97
to‘qidilar, lekin Buxorodagidek sifatli bo‘lib chiqmadi. Bu kiyimlikka
ega bo‘lmagan birorta ham podshoh, amir, rais yoki boshqa mansab
egasi yo‘q edi. Uning qizil, oq va yashil ranglisi bo‘lar edi. Bugun
hamma viloyatlarda u kiyimlidan ko‘ra zandaniychi mashhurroq”
1
.
Ushbu ma’lumotlar somoniylar
savdo-sotiq masalalariga
alohida
e’tibor berganligidan dalolat beradi. Chet ellarga
chiqariladigan mahsulotlar qatoriga tangalar ham o‘rin olgan. X asrda
Buxorodan tilla (dinorlar), kumush (dirhamlar) va mis (chaqa)
tangalar chiqarilgan. Dinorlar kichik ko‘lamda zarb qilinib unchalik
katta rol o‘ynamagan. Ismoil ibn Ahmad nomi bilan so‘qilgan ismoiliy
dirhamlari ancha mo‘l chiqarildi. Ular yuqori sifatli bo‘lganligidan
xalqaro savdoda juda faol ishlatildi. SHu boisdan X asr Somoniy
dirhamlari, jumladan, Buxoro dirhamlari Eron, Iroq, Kavkaz ortida
ko‘prok, Sharqni va Shimoliy Evropada yanada ko‘proq.
Do'stlaringiz bilan baham: