qo’yilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni ta’minlashga qaratilgan. O’zRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. O’z navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada ta’kidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq me’yorlariga rioya etishi zarur. Umum e’tirof qilgan mazkur xalqaro me’yoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquklari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquqlari to’g’risida konvensiya va O’zR qo’shilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir.Inson huquqlari boyicha vakil (ombudsman) haqidagi qonun loyihasi umum xalq muhokamasi uchun «Xalq so’zi» va «Народное слово» gazetalarida 1997-yil 14-fevralda e’lon qilindi. 1997-yil 24-aprelida esa O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sakkizinchi sessiyada «Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman) to’g’risida»gi qonun qabul qildi. O’zbekistonda parlament islohotlari o’tkazilib, bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o’tilgach, ushbu qonun 2004-yil 27-avgustda yangi tahriri qabul qilindi. Bu yangi qonun 22 moddadan iborat1 , yangi tahrirdagi qonunning har bir qoidasi inson huquqlari himoyasi uchun xizmat qiladi. Qonunda Inson huquqlari boyicha vakilning huquqiy holati, faoliyat sohasi va prinsiplari, shuningdek lavozimga saylanish va ishdan bo’shatilish tartibi, fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko’rib chiqishdagi vakolatlari hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoyalashdagi huquqlari va majburiyatlari belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman)2 faoliyat olib borishda uning faoliyatini tartibga soluvchi qonungagina emas, balki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga ham asoslanadi. Bunday hujjatlar qatoriga Ombudsman Kotibiyati faoliyati to’g’risidagi nizom, Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boyicha Vakil huzuridagi komissiya reglamenti kabilar kiradi, ularda Vakil faoliyatining barcha yo’nalishlarini batafsil belgilab berilgan. Vakil o’z vazifalarini bajarishda, shuningdek «Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida»gi, «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, mamlakatimiz boshqa qonun hujjatlari hamda inson huquqlari boyicha xalqaro konvensiyalarga amal qiladi3 . O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilini saylash tartibi O’zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi “O’z bekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Reglamenti to’g’risida”gi qonunining 23-moddasida hamda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to’g’risida» gi qonunning 19-moddasida belgilangan1 . O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilining nomzodi Qonunchilik palatasida ko’rib chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi. Qonunchilik palatasining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilini saylash masalasi yuzasidan qarori Senatga yuboriladi. Ana shu qaror kelib tushganidan keyin Senat o’z majlisida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilini saylash haqidagi masalani ko’rib chiqadi, uning mazkur masala hususidagi qarori qonunchilik palatasiga yuboriladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakili nomzodi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida ko’rib chiqilganidan keyin ushbu masala yuzasidan qabul qilingan uzil-kesil qaror qonunda belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi2 . Parlament huzuridagi Inson huquqlari boyicha vakil (ombudsman) instituti Respublika Prezidenti tashabbusi bilan Oliy Majlisning birinchi sessiyasida tashkil etildi3 . Milliy institutlar o`zlarining mustahkam ishlangan huquqiy asoslariga ega bo`lishlari kеrak.
Yuridik mе'yor va ularning nizomlarida inson huquqlari bo`yicha milliy institutlarning faoliyatiga tеgishli huquq va burchlar aniq bеlgilab qo`yilgan bo`lishi kеrak. Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, ular jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini qabul qilish va shu arizalar asosida tushuntirish ishlarini olib borish huquqlaridan foydalanadilar. Bu qabul qilingan qonunda Inson huquqlari boyicha vakilning huquqiy holati, faoliyat sohasi va prinsplari, shuningdek lavozimga saylanish va ishdan bo’shatilish tartibi, fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko’rib chiqishdagi vakolatlari hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoyalashdagi huquqlari va majburiyatlari belgilab berildi. Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman)ning faoliyati quyidagi to`rt asosiy yo`nalishdan iborat: Birinchidan, Vakil zimmasiga tarbiyaviy va ma'rifiy funksiyalar yuklatilgan: u inson huquqlari bo`yicha boshqa milliy tizimlar qatori inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya etish zaruriyatini yalpi tan oldirish va tushuntirishga kеng ko`lamda ko`maklashadi, jamiyatga O`zbеkiston qonunlari va xalqaro huquq normalarida mustahkamlab qo`yilgan inson huquqlari kafolatlari va burchlari haqida atroflicha axborot bеradi; Ikkinchidan, Vakil fuqarolar huquqlarining bеg`araz va insonparvar himoyachisidir: u inson huquqlari buzilganligi to`g`risidagi shikoyatlarni ko`rib chiqadi va tеkshiradi, ayrim tashkilotlar va mansabdor shaxslar yo`l qo`ygan xatoliklarni tutatish yuzasidan tadbirlar tavsiya qiladi, fuqarolar huquqlari tiklanishiga yordamlashib, inson huquqlarining jiddiy buzilishiga sababchi shaxslarni qonunga binoan javobgarlikka tortish to`g`risida tavsiya qilishga ham haqlidir. Uchinchidan, Vakil faoliyati chuqur analitik ish bilan bog`liq: u mamlakatda inson huquqlariga qanday rioya qilinayotganini o`rganishi va tahlil etishi, inson huquqlari buzilishini kеltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashi, O`zbеkiston huquq normalarining shu sohadagi xalqaro shartnomalariga qanchalar muvofiqligini tеkshrishi, inson huquqlariga amal qilishni ta'minlaydigan dasturlar ishlab chiqishi va boshqa tashkilotlar tayyorlagan analitik dasturlarning hayotga tadbiq etilishida ishtirok etishi lozim. Vakil faoliyatining to`rtinchi yo`nalishi inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, inson huquqlarini ta'minlash borasida mavjud chеt el tajribasini o`rganish va shu bilan birga, jahon jamoatchiligini rеspublikamizdagi inson huquqlarini ta'minlash va himoyalash ahvolidan xabardor qilib turishdir. Shunday qilib, Vakil faoliyatining aytib o’tilgan to’rt asosiy yo’nalishi O’zbekistonda inson huquqlari umumiy holatiningyaxshilanishiga, inson va uning huquqlari jamoatchilik tomonidan hurmat qilinishiga hissa qo’shadi, zero mamlakatning muvaffaqiyatli demokratik taraqqiyotiga, siyosat, iqtisod, ekologiya va madaniyat sohasidagi ravnaqiga jahon sivilizatsiyasi tomonidan tan olingan inson huquqlari tantanasisiz erishib bo’lmaydi. Jamiyatgda inson huquqlariga rioya qilish va ularni himoyalash muammosi qanchalik samarali hal etilsa, demokratiyaga va fuqarolik jamiyati shakllanishiga shunchalik yaqinlashildi.
“Biz uchun, — deb yozadi Prezident Islom Karimov, — fuqarolik jamiyati — ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada royobga chiqishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo’l qoyilmaydi. Ya'ni erkinlik va qonunga boysunish bir vaqtning o’zida amal qiladi, bir-birini to’ldiradi va bir-birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so’zsiz rioya qilishlari shart”1 . Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman) o’z faoliyati davomida jamiyat va fuqarolar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ana shu asosiy prinsiplarini taraqqiy ettirish, ularning hayotga tatbiq etilishi uchun xizmat qiladi. Ombudsman har yili o’zining faoliyati boyicha yillik hisobotini e'lon qiladi. Ushbu hisobotda uning o’z faoliyati yo’nalishlarida olib borgan ishlari to’g’risida batafsil ma'lumotlar beriladi. Fuqarolarning shikoyatlari bilan ishlash ombudsman institutining asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Fuqarolarning turli davlat organlariga murojaat qilishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda Ombudsmanga yo’llayotgan shikoyatlari yildan-yilga ko’payib bormoqda. 2009- yilda, masalan, Inson huquqlari boyicha vakiliga 10409 ta murojaat kelib tushdi, shundan Ombudsmanning bosh ofisiga 7394 ta, mintaqaviy vakillarga 1294ta shikoyat va arizalar kelib tushgan1 . Inson huquqlariga oid qonun hujjatlarini buzish hollarini aniqlash va fuqarolar murojaatlarini xal qilish maqsadida Inson huquqlari boyicha vakil O’zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Vakil qonunga muvofiq, mansabdor shaxs yoki tashkilotdan fuqarolarning murojaatini ko’rib chiqish yuzasidan kerakli axborotlarni so’rab olish huquqiga ega. 2009- yilda, masalan Ombudsman tomonidan davlat organlariga 204 ta so’rov jo’natilib, kerakli hujjatlarni taqdim qilish, so’ralganidan tashqari inson huquqlari buzilgan holatlarda huquq buzilishini bartaraf etishga doir takliflar ham bildirildi. Inson huquqlari boyicha hozirgi kunda faol ish olib borayotgan milliy institutlardan biri bu - Inson huquqlari boyicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazidir. Davlat idoralararo tahlil, tushuntirish va muvofiqlashtirish organi bo’lmish Inson huquqlari boyicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirib bordi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini ishlab chiqadi, O’zbekistonda inson huquqlari himoyasi boyicha milliy ma'ruzalar tayyorlaydi, davlat xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida axborot bazasini yaratadi, ularni o’qitadi, maslahatlar beradi va tashviqot ishlarini olib boradi. Markazning asosiy maqsadi ustuvor vazifalarni har tomonlama hal etish yo’li bilan Inson huquqlari sohasidagi milliy faoliyat dasturini — huquq va erkinliklarni himoya etishning ko’p qirrali tizimini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish bilan bog’liq quyidagi vazifalarni amalga oshirishdan iborat: 1) inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish; 2) huquqiy yordam ko’rsatish va inson huquqlarini sud yo’li bilan himoya qilish; 3) inson huquqlarini suddan tashqari himoya qilish
Xulosa - 3) inson huquqlarini suddan tashqari himoya qilish tizimini yaratish; 4) quyidagilar: aholining ijtimoiy kam ta'minlangan qatlamlari, ekologik ofat mintaqalarida yashovchi aholi, dindorlar, turli din vakillari, ozodlikdan mahrum etilgan shahslar va harbiy hizmatchilar huquqini himoya qilish strategiyasini ishlab chiqish; 5) huquqni himoya etish boyicha nohukumat tashkilotlari faoliyatlarining samarali shakllarini rivojlantirish; 6) inson huquqlariga rioya qilish kafolati sifatida axborot olish erkinlgini ta'minlash; 7) inson huquqlari sohasidagi ta'limning ko’p maqsadli tizimini — alohida ixtisoslashgan kurslardan ommaviy ma'lumot berib tanishtirish yo’nag' lishidagi dasturlarigacha bo’lgan tizimni tashkil etish; 8) ijro hokimiyati doirasidagi vazirliklar, qo’mitalar, idoralar va muassasalarning inson huquqlari sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish; 9) xalqaro hamjamiyatga O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklari tizimini rivojlantirish asosida kirish yo’llarini shakllantirish. Markaz faoliyat dasturining g’oyaviy asosi — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bayon etilgan huquqiy madaniyatni rivojlantirishning umumbashariy prinsiplaridir1 . Markazning qo’shimcha tarkibiy bo’linmalari «Kichik ilmiy jamoa» shaklidagi aniq masalalarni hal qilish uchun tuzilgan muvaqqat ijodiy guruhlardan iborat. «Kichik ilmiy jamoa»ni yaratishning birinchi bosqichida Markaz: axborottahliliy ma'lumotlar bilan ta'minlovchi guruh (axborotni yig’ish va qayta ishlashning o’ziga hos dasturini ishlab chiqish); jamiyatdagi huquqiy islohotlarni ijtimoiy-iqtisodiy tahlil guruhi (inson huquqlarini rivojlantirishni iqtisodiy rag’batlantirish modelini yaratish); inson huquqlari sohasida ko’p maqsadli ta'lim tizimini tashkil etish guruhi (BMT Taraqqiyot Dasturi faoliyati doirasida) tashkil etadi. Markazning xalqaro hamkorlik imkoniyatlari. Xususan xalqaro aloqalar vositalari orqali ma'lumotlar almashish; hamkorlikda nashrlar — monografiyalar, o’quv qo’llanmalari, maqolalar to’plami tayyorlash va chop etish; seminar, konferensiya, simpoziumlar o’tkazish; teleko’rsatuvlar tayyorlash, o’quv va ilmiyommabop filmlar yaratish; tezkor kspeditsiyalar, joylarga borib mamlakatning turli yerlarida tadqiqotlar o’tkazish singari ishlar orqali namoyon bo’ladi. Markaz o’z faoliyatini amalga oshirishda BMT, EXHT, YuNISEF, YUNESKO kabi qator xalqaro tashkilotlar, AQSh, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlarning elchixonalari, qator xalqaro nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |