Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi


 Tegirmon va yorma zavodida donga gidrotermik ishlov berish



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,69 Mb.
#649022
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi b

6. Tegirmon va yorma zavodida donga gidrotermik ishlov berish 
jarayoni. 
Tegirmon va yorma zavodlarida donga gidrotermik ishlov berish 
avtomatik ravishda nazorat qilish va sozlash sistemalariga ega bo`lgan 
murakkab mashina va apparatlar bilan bir qatorda, yana oddiy namlovchi 
mashina va namiqtiruvchi bunkerlarda olib boriladi. Bularning hammasi 
texnologik sxema orqali bog’langan bo`lib, donning xossalariga ta’sir qilishni 
ketma- ketligini belgilaydi. 
Gidrotermik ishlov berish jarayonida donga suv va issiqlik bilan ta`sir 
qilinadi. Bu jarayonni rejimlarini aniqlovchi o`lchamlarga (parametrlarga) 
quyidagilar kiradi: namlik, temperatura, bosim va jarayonni davom etish 
vaqti. 
Tegirmonda donga gidrotermik ishlov berishning quyidagi usullari 
qo`llanadi: 
1. Sovuq konditsionerlash usulida; 
2. Tezlashtirilgan konditsionerlash usulida; 
3. Issiq konditsionerlash usulida. 
Sovuq usulda don temperaturasi 14-20 S
0
bo`lgan suv bilan namlanadi 
va bunkerlarda namiqtiriladi. Bu usulda don qizdirilmaydi. 
Tezlashtirilgan usulda don to`yintirilgan bug’ bilan bug’lantiriladi va 
keyin sovuq suvda yuviladi. 
Issiq konditsionerlash usulida don sovuq suv bilan namlanadi va har xil 
isitgichlarda (ul’tratovush, yuqori chastotali toklar, infraqizil nurlar va 
boshqalar) qizdiriladi. 
Donni maydalovchi mashinaga (I-Yormalash sistemasini valli dast-
gohiga) yuborishdan oldin qo`shimcha 0,3-0,5 % ga namlash va 20-40 minut 
davomida namiqtirish bu gidrotermik ishlov berish usullari uchun 
majburiydir. Bu donni yuqori qobiqlarini (meva va urug`’ qobig’i, aleyron 
qatlami) namlash uchun kerak bo`lib, qobiqlarning eguluvchanligini 
(elastikligini) oshiradi, qobiqlarni juda ham maydalanmaydi, kepakni katta 
bo`lakchalarini hosil qiladi va g’alvirlarda undan oson ajraladi. 
O`zbekiston Respublikasidagi tegirmonlarida donga gidrotermik ishlov 
berishning sovuq konditsionerlash usuli qo`llanadi. Bu usulni tashkil qilinishi 
va boshqarilishi oddiy, lekin namlangan donni namiqtirish uchun ko`proq 
bunkerlar hajmi talab qilinadi. 


33 
Sovuq usulda donga gidrotermik ishlov berish quyidagi tartibda 
bajariladi (2-rasm): tozalangan donga namlab qayroqlovchi mashinada ishlov 
beriladi, qo`shimcha namlanadi va namiqtiriladi. YUqori shaffofli don ikki 
marta namlanadi va ikki marta namiqtiriladi.
Navli un tortishda bug’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov 
berish rejimlarining taxminiy ko`rsatkichlari 5-jadvalda keltirilgan. 
Navli un tortishda bug’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov 
berish rejimlarini ko`rsatkichlari taxminiydir, chunki har bir don partiyasi 
o`zini boshlang’ich xossalarini har xilligi bilan va namlikni o`zgarishiga 
individual reaktsiyalari bilan tavsiflanadi. Tegirmonlarda texnologik 
jarayonlarni tashkil qilish va olib borish qoidalari asosida injener-texnolog 
tanlagan gidrotermik ishlov berish rejimlarini laboratoriyada va ishlab 
chiqarishda un tortish yo`li bilan bilan tekshirib ko`rishi shart. 
5-jadval
Navli un tortishda bug’doy doniga sovuq usulda gidrotermik ishlov berish 
rejimlarining taxminiy ko`rsatkichlari 
Bug’doy 
tipi 
Bug’doyni umumiy shaffofligiga 
(%) qarab namiqtirish vaqti, soat 
I Yormalash sistemasiga 
yuboriladigan bug’doyni 
namligi, % 
60 
60...40 
40 

II 
III 
IV 
8...15 
16...24 
8...16 
16...20 
6...12 

6...12 
12...16 
4...8 

4...8 
6...12 
14,5...16,0 
15,5...16,5 
14,0...15,0 
15,0...16,5 
Donga tezlashtirilgan konditsionerlash usulida ishlov berish quyidagi 
tartibda bajariladi (3-rasm): don ASK rusumli bug’lovchi apparatda qisqa 
vaqt (20-40 sekund) bug’langandan so`ng bir necha minut issiqlik bunkerida 
saqlanadi. Keyin issiq don yuvuvchi mashinada sovuq suvda yuviladi va 
namlikni oluvchi mashinaga yuboriladi. Don qo`shimcha namlanadi va 
namiqtirish uchun bunkerlarga yuboriladi. Agar donning boshlang’ich 
namligi past bo`lsa, donni namlikni oluvchi mashinaga yuborish shart emas. 
Don bunda tugridan to`g’ri namlovchi mashinaga yuboriladi. Agar donni 
qo`shimcha namlashga hojat bo`lmasa, namlovchi mashina sxemadan olib 
tashlanadi.


34 

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish