7.3. Rentabellikning mohiyati va ko`rsatkichlari.
Bozor munosabatlariga o`tish sharoitlarida rentabellikning ahamiyati va o`rni o`sib
bormoqda. U korxona faoliyati va kapital qo`yilmalar iqtisodiy samaradorligining asosiy mezoni,
korxona va xo`jalik yurituvchi tashkilotlarni baholashning sintetik ko`rsatkichi bo`lib xizmat
qiladi.
Yangi sharoitlarda korxonalarning faoliyatlarida yuqori moliyaviy natijalarga erishishga
intilishi sezilarli darajada ortib bormoqda.
Har qanday xo`jalik mexanizmi uchun asos bo`lib korxona faoliyatini rejalashtirish va
unga ob`yektiv baho berish, ta`lim olish, mehnatga haq to`lash va iqtisodiy rag’batlantirish
fondlaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida xarajat va natijalarni
solishtirish ko`rsatkichlari xizmat qiladi.
Foyda korxona samaradorligining yagona va universal ko`rsatkichi emas.
Ishlab chiqarish rivojlanishining samaradorligi va intensivligini baholashda amaliyotda
rentabellik ko`rsatkichlari tizimi keng qo`llanib, unga ko`ra foydaning miqdori belgilangan
hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, rentabellik daromadlilik, foydalilikni anglatadi. Biroq
rentabellikni faqat daromadlilik deb qabul qilish uning iqtisodiy mazmunini keng ochib
bermaydi. Ular o`rtasida tenglikning yo`qligidan daromad miqdori va rentabellik darajasi turli
nisbatlarda, ko`pincha turli yo`nalishlarda o`lchanishi dalolat beradi.
Istalgan muddat uchun iqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblash ko`plab turli xil omillar ta`siri
ostida amalga oshiriladi.
Rentabellik va foyda ko`rsatkichlarini tahlil qilishda ularga ta`sir ko`rsatishi mumkin
bo`lgan barcha omillarni bilish, bu omillarning samaradorlikning umumlashtiruvchi
ko`rsatkichlariga ta`sirini hisoblash uslubiyatini egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
omillarni boshqarish orqali korxonada daromadni oshirish zaxiralarini izlab topish va
rentabellikning talab qilinuvchi darajasiga erishish mexanizmini yaratish mumkin.
Rentabellik va foydaga ta`sir ko`rsatuvchi omillarni turli xil belgilariga ko`ra tasniflash
mumkin. Masalan, bu omillar ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Ichki omillarga korxona
faoliyatiga bog’liq bo`lgan hamda korxona faoliyatining turli yo`nalishlarini tavsiflovchi omillar
mansub bo`ladi. Tashqi omillarga korxona faoliyatiga bog’liq bo`lmagan, biroq ishlab chiqarish
rentabelligi va daromadning o`sish sur`atiga sezilarli ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan omillar
kiradi. Tahlil jarayonida ichki va tashqi omillarni aniqlash samaradorlik ko`rsatkichlarini tashqi
ta`sirlardan “tozalash” imkonini beradi hamda korxona yutuqlarini ob`yektiv baholashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
O`z navbatida ichki omillar ham ishlab chiqarish va noishlab chiqarish omillariga
bo`linadi. Noishlab chiqarish omillari asosan mehnat va sotish sharoitlari, korxonaning tijorat,
tabiatni saqlash va shu kabi faoliyat turlari bilan bog’liq bo`ladi. Ishlab chiqarish omillari esa
foydaning shakllanishida ishtirok etuvchi ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementlari -
mehnat predmetlari va vositalari hamda mehnatning o`zi - mavjudligi va ulardan foydalanishni
aks ettiradi.
Xo`jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida mahsulot ishlab chiqarish, sotish va foyda
olish bilan bog’liq bo`lgan korxonalarda bu omillar o`zaro aloqada va bir-biri bilan chambarchas
bog’liq bo`ladi.
Rentabellikning mohiyatini faqat foyda shakllanishini tahlil qilish asosida ochib berish
mumkin. Korxona mahsulotni sotish natijasida o`z xarajatlarini qoplashdan tashqari foyda ham
olgan taqdirda rentabelli hisoblanadi.
Rentabellik ko`rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini ko`rsatadi. Bu
ko`rsatkichlar moliyaviy hisobotning ichki va tashqi foydalanuvchilarda qiziqish uyg’otib,
korxona resurslaridan foydalanish samaradorligi hamda uning investitsiyalarni jalb qilish
qobiliyatini aniqlaydi. Xususiy yoki qarzga olinuvchi kapitalning rentabelligi korxonaga
mablag’lar kiritishning rentabelligini tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlardir. Bu ko`rsatkichlarning
iqtisodiy turlanishi (interpretatsiyasi) yaqqol ko`zga tashlanadi: sarflangan har bir so`m qarzga
olingan (xususiy) kapitalga necha so`m foyda to`g’ri keladi (hisob-kitoblarda korxonaning
balans yoki sof foydasidan foydalanish mumkin).
Rentabellikni zamon va makon qoidalariga ko`ra tahlil qilishda asosli xulosalarga kelish
69
uchun zarur bo`ladigan uchta xususiyatni inobatga olish zarur.
Birinchi xususiyat korxona faoliyatining vaqt jihati bilan bog’liq. Masalan, mahsulotni
sotish rentabelligi koeffisienti hisobot davridagi faoliyat natijalari orqali aniqlanadi; uzoq
muddatli investitsiyalarning yuzaga kelishi mumkin bo`lgan va rejalashtirilayotgan samarasi
inkor qilinmaydi. Agar korxona katta miqdordagi investitsiyalar talab qiluvchi yangi
texnologiyalar va yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga o`tadigan bo`lsa, u holda
rentabellik ko`rsatkichlari vaqtinchalik pasayishi mumkin.
Ikkinchi xususiyat tavakkalchilik muammosi bilan bog’liq bo`lib, tavakkalchilik darajasi
yuqori bo`lgan loyihalar ba`zida katta foyda keltirishi ham mumkin.
Uchinchi xususiyat baholash muammosi bilan bog’liq. Masalan, xususiy kapitalning
rentabellik ko`rsatkichi surati va maxraji turli xil xarid qobiliyatiga ega bo`lgan pul birligida
keltiriladi. Ko`rsatkichning surati, ya`ni foyda o`zgaruvchan (dinamik) bo`lib, faoliyat
natijalarini hamda tovar va xizmatlarning asosan o`tgan yilda yuzaga kelgan bahosini aks
ettiradi. Ko`rsatkichning maxraji, ya`ni xususiy kapital bir qator yillar davomida shakllanadi. U
joriy bahodan ancha farq qilishi mumkin bo`lgan, hisobga olish bahosida aks ettiriladi. Demak,
xususiy kapital rentabellik koeffisientining katta bo`lishi, doim ham korxonaga kiritilayotgan
kapital qaytimiga mos kelavermaydi; moliyaviy qarorlarni qabul qilishda bu ko`rsatkichni
e`tiborga olishdan tashqari, korxonaning bozordagi bahosini (bozor kapitalizatsiyasi) ham
inobatga olish zarur.
quyida korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning asosiy
ko`rsatkichlari keltirilgan.
Sof foyda (SF)
Aktivlar rentabelligi (RA) q
Aktivlarning o`rtacha yillik qiymati (A)
Sof foyda (SF)
Sotish rentabelligi (RS) q
Mahsulotni sotishdan tushgan tushum(ST)
Sof foyda
Xususiy kapital rentabelligi (XK) q
Xususiy kapital o`rtacha yillik qiymat (XK)
Sof foyda (SF)
Bitta aksiya daromadi (AF) q
Muomaladagi aksiyalar soni (Na)
Aktivlar rentabelligi korxonada 1 so`m foyda olish uchun qancha mablag’ jalb qilish
talab etilishini (bu mablag’lar manbaidan qat`i nazar) aks ettiradi. Ushbu ko`rsatkich korxona
raqobatbardoshligining eng muhim ko`rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Sotish rentabelligi sotilgan mahsulotning har bir so`mi qancha sof foyda keltirganini aks
ettiradi.
Xususiy kapital rentabelligi korxona mulkdorlari ya`ni, egalari kiritgan kapitaldan
foydalanish samaradorligini aniqlash va bu ko`rsatkichni xuddi shu mablag’larni boshqa
qimmatbaho qog’ozlarga kiritganda olish mumkin bo`lgan foyda bilan taqqoslash imkonini
beradi. Farb mamlakatlarida bu ko`rsatkich kompaniya aksiyalarining kotirovkasiga sezilarli
ravishda ta`sir ko`rsatadi.
Bitta aksiya keltiruvchi foyda ko`rsatkichi korxonaning bozordagi faoliyatini tavsiflovchi
muhim ko`rsatkichlardan biridir.
Shu tariqa, tavsiya qilinuvchi ko`rsatkichlar tahlil jarayonida korxonaning moliyaviy
barqarorligini
aniqlash,
ishlab
chiqarish
samaradorligi
va
korxonaning
bozordagi
raqobatbardoshligini oshirishga oid chora-tadbirlar belgilashga ikoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |