Foyda muhim iqtisodiy kategoriya (toifa) bo`lib, har bir tijorat tashkilotining asosiy
Foydaning asosiy qismiga korxonalar ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotish orqali ega
bo`ladilar. Zamonaviy xo`jalik yuritish sharoitlarida foydaning asosiy vazifasi korxona faoliyati
samaradorligini aks ettirishda deb belgilanadi. Bunga foyda miqdori, korxonaning mahsulot
ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo`lgan mahsulot tannarxi shaklidagi individual
xarajatlar, mahsulot bahosi shaklidagi ijtimoiy zaruriy xarajatlarni o`z ichiga olishi lozimligini
rag’batlantiruvchi ahamiyatining ortishi bilan bog’liq. Foydadan baholashning asosiy
ko`rsatkichi sifatida foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining ortishi, sifatning
yaxshilanishi, mavjud ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish unumining ortishi bilan
asoslanadi. Shu bilan birga foydaning ahamiyati ortishiga amaldagi foydani taqsimlash tizimi
ham sabab bo`ladi va unga ko`ra esa, korxonalarning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishni
ta`minlash uchun hamda xodimlarni bajargan mehnati sifati va miqdoriga asosan moddiy
rag’batlantirishga sarflanuvchi foydani oshirishga bo`lgan qiziqishning ortishi kuzatiladi.
Shu tariqa foyda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xodimlarning o`z korxonasi
erishadigan yuqori natijalardan moddiy manfaatdorligini kuchaytirishda hal qiluvchi rol’
Korxonada foyda turli xil faoliyat natijasida olinishi mumkin. Barcha foydalar yig’indisi
korxonaning yalpi foydasini tashkil qiladi. Yalpi foydaning tarkibiy elementlari quyidagilardan
xarajatlarga bog’liq bo`ladi. Mahsulotning bozordagi bahosi talab va taklif munosabatlari
67
natijasida kelib chiqadi. erkin raqobat sharoitlarida bahoni shakllantirish qonunlari asosida
mahsulot bahosi ishlab chiqaruvchi yoki xaridor xohishiga ko`ra emas, balki avtomatik ravishda
tartibga solinadi.
Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi. Korxonaning
foyda olishi daromadlarning korxona faoliyati bilan bog’liq bo`lgan xarajatlardan ko`p bo`lishini
anglatadi hamda u rag’batlantirish vazifalarini ham bajaradi. Bu esa foyda bir paytning o`zida
moliyaviy natija bo`lish bilan birga korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi ekanligi;
daromadning turli darajadagi byudjet shakllanishi uchun asosiy manba bo`lib xizmat qilishi bilan
izohlanadi.
Foyda olishning asosiy manbalari quyidagilar:
birinchi manba korxonaning mahsulotning u yoki bu turini ishlab chiqarishdagi
monopoliya holati yoki mahsulotning nodirligi hisobiga shakllanadi. Bu manbaning saqlanishi
mahsulotni doimiy ravishda yangilab borishni ko`zda tutadi;
ikkinchi manba ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq. Undan foydalanish
samaradorligi bozor kon`yunkturasini bilish hamda ishlab chiqarishning rivojlanishini, doimiy
ravishda o`zgarib turuvchi bozor kon`yunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog’liq bo`ladi.
Foyda miqdori korxonaning mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha yo`nalishini to`g’ri tanlash
(doimiy ravishda talab darajasi yuqori bo`lgan mahsulotni tanlash); mahsulotlarini sotish va
xizmat ko`rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni yaratish (baho, yetkazib berish muddati,
xaridorlarga xizmat ko`rsatish, sotuvdan keyingi xizmat ko`rsatish va hokazo); ishlab chiqarish
hajmi (ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo`lsa, daromad miqdori shunchalik ko`p bo`ladi);
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish tuzilmasi bilan bog’liq bo`ladi;
uchinchi manba korxonaning innovatsion faoliyatidan kelib chiqadi. Undan foydalanish
doimiy ravishda texnologiyalarni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni
yangilash, uning raqobatbardoshligini ta`minlash, mahsulot sotish hajmi va foyda miqdorini
oshirishni anglatadi.
Korxonaning balans foydasi foydani taqsimlash ob`yektidir. Foydani taqsimlash deganda
uning bir qismini byudjetga jo`natish tushuniladi. qonunchilikka asosan foydaning soliq va
boshqa majburiy to`lovlar shaklida byudjetga kelib tushuvchi qismi tartibgi solinadi. Korxona
ixtiyorida qoluvchi daromad qismi, undan foydalanish yo`nalishlari korxona zimmasida bo`ladi.
Foydani taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat bo`ladi:
korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijasida oladigan foydasi davlat
va korxona o`rtasida xo`jalik sub`yekti sifatida taqsimlanadi;
foydaning davlatga to`lanuvchi bir qismi soliq va yig’imlar ko`rinishida byudjetga
kelib tushadi. Soliqlar tarkibi va foizi, ularni hisoblash tartibi va byudjetga to`lanuvchi boshqa
to`lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi;
soliqlar to`langandan so`ng korxona tasarrufida qoluvchi foyda miqdori, uning ishlab
chiqarish hajmini oshirish hamda ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijalarini
yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi lozim.
Korxonada foydani taqsimlash va undan foydalanish tartibi uning Nizomida belgilab qo`yiladi
hamda vakolatli iqtisodiy xizmat xodimlari tomonidan tayyorlanib, korxona rahbariyati
tomonidan tasdiqlanuvchi qoidalar yordamida aniqlanadi.
Mahsulotni sotishdan olinadigan foyda miqdori ichki va tashqi omillarga bog’liq bo`ladi.
Ichki omillar - korxonada zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilish, xo`jalik yuritish
darajasi, rahbariyat va menedjmentning mas`uliyati, mahsulotning raqobatbardoshligi, ishlab
chiqarish va mehnatni tashkil etish darajasidir. Korxona faoliyatiga bog’liq bo`lmagan tashqi
omillar qatoriga esa, bozor kon`yunkturasi, iste`mol qilinuvchi modiy-texnik resurslarning
bahosi, amortizatsiya me`yori, soliq tizimi kabilar kiradi.
Korxonada foydani oshirishning asosiy yo`llari. Har bir korxonada foydani oshirish
bo`yicha rejali chora-tadbirlar ko`zda tutilishi kerak. Umuman olganda, bunday chora-tadbirlar
quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin:
*
ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirish;
*
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish;
*
ortiqcha asbob-uskunalar yoki boshqa mulkni sotib yuborish yoki ijaraga berish;
*
moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ishchi kuchi va ish
vaqtidan unumliroq foydalanish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish;
*
ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish;
*
mahsulot bozorini kengaytirish va hokazolar.
Foyda
korxona
faoliyatining
muhim
iqtisodiy
ko`rsatkichi
bo`lsada,
uning