8.1. Mahsulot sifati tushunchasi va ko`rsatkichlari
Hozirgi bozor iqtisodiyoti chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga yangi talablar quyadi.
Buning sababi hozir jahonda harqaysi firmaning jonli turishi, uning tovar va xizmat bozoridagi
mustahkam mavqei raqobat bardoshlik darajasi bilan belgilanadi. O`z navbatida raqobat
bardoshlik ikki ko`rsatkichga bog’liq: narx darajasi va mahsulot sifati darajasi.
Ikkinchi omil asta-sekin birinchi o`ringa o`tadi. Mahsulot sifati mehnat unumdorligi,
hamma turdagi resurslarni tejam o`rinlarni egallaydi.
Mahsulot sifati – korxona faoliyatining eng muhim ko`rsatkichi. Mahsulot sifatini
ko`tarish ko`p miqdorda korxonaning bozor iqtisodiyoti sharoitida jonli turishini, ilmiy-texnik
taraqqiyotning jadalligini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni, korxonada ishlatiladigan
hamma tur resurslarni tejamini belgilaydi. Mahsulot sifatining oshishi – dun’yodagi hamma
etakchi firmalarning xarakterli asosiy g’oyasi (tendenutsiya). Chiqariladigan mahsulot sifati –
firmalar orasidagi asosiy raqobat.
Mahsulot sifati nima? Uni qanday qilib aniqlash mumkin?
Sifat – bu mahsulotning ishlatilishiga muvofiq ma`lum ehtiyojni qondirishga layoqatligini
shartlovchi uning xususiyatlari yig’indisi.
Mahsulot xususiyatlari son jihatdan sifat ko`rsatkichlariga ifodalanadi.
Xususiyatlar va ularga mansub ko`rsatkichlarning o`n guruh turlanishi (klassifikatsiya)
ma`lum.
- vazifasi ko`rsatkichi – mahsulotni vazifasiga muvofiq ishlatilishdan foydali samarani
anglatadi va mahsulotni ishlatish sohasini shartlaydi;
- ishonchlilik ko`rsatkichi – mahsulotning to`xtamasligi (bezotkaznost’), saqlanuvchanligi,
ta`mirga layoqatliligi hamda mustahkakamligi (dolgo vechnost’). Ba`zi, insonlar havsizligi bilan
bog’liq, mahsulotlar uchun to`xtamaslik (bezotkaznost’) asosiy va ba`zan birdan bir ishonchlilik
ko`rsatkichi bo`lishi mumkin. Mahsulotning saqlanuvchanligi tashish va saqlash davomida o`z
ko`rsatkichlarini saqlash xususiyatidir. Keng tarqalgan ko`rsatkichlari – saqlashning o`rtacha
muddati, saqlanishning gamma-foizli muddati. Saqlanuvchanlik oziq-ovqat mahsulotlari uchun
muhim rol o`ynaydi. Ta`mirga layoqatlilikni texnik xizmatning o`rtacha qiymati, berilgan vaqtda
ta`mirni bajarish ehtimoli borligini belgilaydi. Mahsulotning mustahkamligi (dolgovechnost’)
mahsulotni ishga qobiliyatlik holatini saqlab turish uchun xarajatlar miqdori bilan aniqlanadi;
- texnologiklik ko`rsatkichlari – mahsulot tayyorlash va ta`mir qilishda yuqori mehnat
unumdorligini ta`minlash uchun konstruktorlik – texnologik qarorlarning samaradorligin
bildiradilar. Mahsulotni ko`plab ishlab chiqarishni, ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashda,
hamda mahsulot tayyorlash va ekspluatatsiya qilishda materiallar, vositalar, mehnat va vaqtni
sarflarini to`g’ri (ratsional) taqsimlashni aynan texnologiklik yordamida ta`minlanadi;
- standartlash va bir shaklga keltirish (unifikatsiya) ko`rsatkichlari – bu mahsulotning
standart, bir shaklga keltirilgan (unifitsirovan) va g’alati (original) tarkibiy qismlari, hamda bir
71
shaklda keltirilganlik darajasi to`yinchanligidir (naso`shennost’). Mahsulotning hamma detallari
standart, bir shaklda keltirilgan va g’alati (original) bo`ladilar. g’alati mahsulotlar qancha bo`lsa
ham tayyorlovchi va ham iste`molchiga shuncha yaxshi va muhim;
- ergonomik ko`rsatkichlar insonning mahsulot bilan o`zaro ta`sirini va mahsulot iste`moli
vaqtida insonning gigienik, antropometrik, fiziologik va psixologik xususiyatlari majmuasini aks
ettiradi. Bular traktor boshqaruvi uchun kerak bo`lgan kuchlanish, muzlatkich dastasining
joylanishi, velosiped rulining joylanishi, yorug’langanlik, temperatura (harajat), namlik, shavqin,
vo`bratsiya, nur chiqishi, yoqilg’i mahsulotlarga, gaz g’uvori va suv bug’i kontsentratsiyasi
bo`lishi mumkin;
- nafosatli (eksteticheskie) ko`rsatkichlar mahsulotlarning axborotli ma`nodorligini,
shaklining
ratsionalligini
(qulayligi),
kompazitsiyasining
yakluxtligini,
ijrosining
takomillashganligini va tovar ko`rinishining o`zgarmasligini anglatadi;
- transportabellik ko`rsatkichlar mahsulotlarning tashish uchun moslanganligini aks
ettiradi;
- patentli-huquqiy ko`rsatkichlar – mahsulotning patentli himoyasini va patentli sofligi
(tozaligi)ni anglatadi va raqobat bardoshligini aniqlashda ta`sirli omildir;
- ekologik ko`rsatkichlar – bu mahsulotni iste`mol qilish yoki ekspluatatsiya qilish paytida
barpo bo`ladigan zararli qo`shilmalar (primisi), ziyonli zarrachalar, gazlar, nur yog’ilishi va
ularning atrof muhitga zararli ta`sirining darajasidir;
- xavfsizlik ko`rsatkichlar – mahsulotning xaridor va xizmat qiluvchi shaxslar uchun
xavfsizlik xususiyatlarini tavsiflaydi, ya`ni mahsulotning montaj, xizmat ko`rsatish, ta`mirlash,
saqlash, tashish va iste`mol qilish paytida xavfsizligi ta`minlanishini anglatadi.
Shunday qilib, zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida mahsulot sifati-korxonaning
samaradorligi, rentabelligining muhim yaratuvchisi va shu sabab, unga doimiy e`tibor bo`lishi
kerak. Sifat bilan hamma shug’ullanishi kerak – korxona rahbaridagi har bir jarayonni
bajaradigan konkret shaxsgacha.
Sifatni saqlashni ta`minlovchi hamma jarayonlar loyihalashdan boshlab, sifatni
boshqaruv tizimiga birlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |