4-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar — o‘zining belgilangan vazifasi, qo‘llanilishi, sifat va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa parametrlari bo‘yicha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan shunday tovarlarki, ularni oluvchi iste’mol qilish chog‘ida bir tovarni boshqasiga haqiqatan ham almashtiradi yoki almashtirishga tayyor bo‘ladi;
insofsiz raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan, qonun hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoxud ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |