3-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
Ushbu Qonun xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida va (yoki) undan tashqarida sodir etiladigan, O‘zbekiston Respublikasidagi tovar va moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlar bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan harakatlar mustasno.
Ushbu Qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar subyektlariga nisbatan bu qoidalarning qo‘llanilishi mazkur subyektlarning o‘ziga xos vazifalari bajarilishini cheklab qo‘ymaydigan holatlarda tatbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |