Buxoro muxandislik-texnologiya instituti


-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish



Download 156,59 Kb.
bet58/58
Sana13.06.2021
Hajmi156,59 Kb.
#66198
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
2 5393398760975894289

39-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

Hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



40-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Prezidentimiz Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” asarida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari chuqur tahlil etilib, mamlakatimizda uni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Xususan, mazkur asarda va Inqirozga qarshi choralar dasturida iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatbardoshlikni yuksaltirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Darhaqiqat, muayyan bir korxona yoki milliy iqtisodiyotning barqaror faoliyat ko‘rsatishi uning qanchalik raqobatbardoshligiga bog‘liqdir. Raqobatbardoshlik makro darajada – oltin-valuta zaxirasining hajmi yoki savdo balansini emas, balki pirovard natijada aholining turmush darajasini aks ettiradi. Korxona miqyosida bu samaradorlik va kapitallashuvning oshishidir. Aynan raqobatbardoshlik korxonaga o‘z ishchilari daromadi o‘sishini, iqtisodiyotda esa aholi daromadi oshishini ta’minlash imkonini beradi.

Inqirozga qarshi choralar dasturida raqobatbardoshlikni yuksaltirishga qaratilgan qator choralar belgilangan. Mikro darajada tezkor modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, moslashuvchan zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, xalqaro sifat andozalari va tejamkorlik tartibiga o‘tish, energiyani tejash, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish shular jumlasidandir. Shu bois ko‘plab muhim xo‘jalik subyektlari hozirgi kunda o‘z oldiga ishlab chiqarish xarajatlarini 20 foizga kamaytirishni maqsad qilib qo‘ygan.

Makro darajada esa ichki talabni rag‘batlantirish, eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq tadbirlarni amalga oshirish va izchil rag‘batlantirish, narx siyosatini takomillashtirish, xususan, mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo asosini shakllantiruvchi monopolist korxonalar tomonidan belgilanadigan narxlarning o‘sishini ushlab turish, soliq va bojxona imtiyozlari aynan shunga xizmat qiladi.

Sanoat raqobatbardoshligi darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, shakllangan makroiqtisodiy va raqobat muhiti, ilmiy-texnik salohiyat, xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish ko‘lami, investitsiyalar, moliya tizimining sifati va samaradorligi, infratuzilmaning holati, mehnat resurslarining malakasi kabilar eng muhim omillardir.

Jahon tajribasining tahliliga nazar tashlasak, innovatsiya texnologiyalari rivojlangan mamlakatlar muayyan yutuqlarga erishgan. Shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, global miqyosda raqobatga kirishayotgan korxonalarda ko‘p sohalarda o‘sishning yuksak sur’atlari kuzatiladi. Aynan muayyan ishlab chiqarish omili – texnologiyalar, materiallar, narxlar, xizmatlar, demografik vaziyat va hatto geosiyoiy omillar o‘zgarishiga asoslangan innovatsiyalar yuqori qo‘shimcha qiymat va boylikni yaratadi, samaradorligi va foydasi yuqori sohalarga qarab resurslarning oqishiga olib keladi.

Shu bois mamlakatimizda innovatsiyalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Uning rivoji uchun barcha shart-sharoitlar – tayyor texnologiyalar, mutaxassislar, xomashyo va materiallar mavjud.

Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash uchun bugundan boshlab inqirozdan keyingi davrdagi rivojlanish haqida o‘ylashimiz, yurtimizni yangi marralarga olib chiqishga kuchli turtki beradigan, jahon bozorida mamlakatimiz raqobatbardoshligini ta’minlay oladigan, milliy iqtisodiyotimizning ustuvor tarmoqlarini texnik yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha puxta ishlangan, uzoqqa mo‘ljallangan maqsadli dasturlarni ishlab chiqishimiz lozim.

Iqtisodiyotni isloh qilishning o‘zbek modelining kuchli jihatlaridan biri – xususiy biznesni rivojlantirish uchun yangi institutlar va sharoitlarni yaratishga davlat alohida e’tibor qaratib kelayotganidir.

Biroq bunda davlatning qo‘llab-quvvatlashi va investitsiyalar – yuqori samaradorlikka erishish yoki muayyan korxona mahsuloti raqobatbardosh bo‘lishi uchun yaratilgan imkoniyat ekanligi ko‘pincha e’tiborga olinmaydi. Bozor sharoitida raqobatbardoshlilikni ta’minlashning eng muhim omillaridan biri sifatida keng marketing tadqiqotlariga asoslanib puxta ishlab chiqilgan rivojlanish strategiyasi, zamonaviy bozor modellarining qo‘llanishini nazarda tutuvchi (muvofiqlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi, umumiy sifat ko‘rsatkichi, sifat menejmenti tizimi va hokazo jarayonli texnologiyalarni qo‘llashni talab etuvchi tizimlar va boshqalar) boshqaruvning yuksak darajasi, xodimlarning malakasi, innovatsion yechimlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi zamonaviy uskuna va texnologiyalarni keltirish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot instituti tomonidan poytaxtimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari ularning ayrimlarida boshqaruvning yangi usullarini keng qo‘llamayotganidan dalolat bermoqda. Mazkur tashkilotlar rahbarlari asosan korxonaning joriy daromadini ta’minlash, davlat ko‘magidan umid qilish bilan mashg‘ul. Bunga qo‘shimcha qilib korxona faoliyatining yakuniy natijalari uchun mas’uliyat to‘la his etilmasligini ta’kidlash o‘rinlidir. Yangi mahsulot, innovatsiyalarni kiritish bo‘yicha tadqiqotlardan keladigan tejamkorlik, xodimlar malakasini oshirish – zamonaviy menejmentning eng muhim jihatlaridan biri ekanligiga e’tibor zamon talablari darajasida bo‘lishi darkor.

Bu misollar ayrim mutasaddilarning o‘z biznesi va xodimlariga nisbatan befarqligidan dalolat beradi. Bunday korxonaga investor yoki sug‘urta kompaniyasi qiziqish bildirishi juda qiyin. Bunday korxonada xodimlarning faolligini, ularning yangiliklarga bo‘lgan qiziqishini oshirish murakkab ish bo‘lib qoladi.

Prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” asarida ta’kidlanganidek, qanchalik g‘ayritabiiy tuyulmasin, jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o‘tkir qilib qo‘ymoqda va buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar etishni talab qilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va uzoq muddatga mo‘ljallangan milliy iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirishning innovatsiya dasturi ushbu kuch-imkoniyatlar va resurslarni ishga solishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.



Foydalanilgan axborotlar ro’yxati:

  1. Karimov I.A “O’zbekiston iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yulida” T-1995.



  1. Karimov I.A “Erishgan marralarimizni mustaxkamlab, isloxotlar yulidan izchil borish asosiy vazifamiz. Xalk suzi 10 fevr 2004 y.



  1. Sh Shodmonov, R.Alimov, T.Juraev “Iktisodiyot nazariyasi” T-2002 VIII bob.



  1. “Iktisodiyot nazariyasi” Umarov rax T 2002, IX bob



  1. N.Beknozov “Iktisodiyot nazariyasi” T-2005 VIII-IX bob



  1. A.Ulmasov “Iktisodiyot nazariyasi” T-2006 X-XIbob



~ ~


Download 156,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish