FRANSIYA KOSTYUMI
XVI asr davomida Franstiya g’arbiy Ovrupodagi qudratli davlatlardan biriga aylandi. Franstiya mutlaqligining — absolyutizmining xalqaro munosabatlardagi asosiy maqsadi Ovrupoda o’z mavqeini kuchaytirish va so’ngra o’z yerlarini ko’paytirish edi. Lekin muvaffaqiyatsiz olib borilgan urushlar Franstiyaning ahvolini og’irlashtirib, ularga qaram qilgandi.
Kuchli Ispaniya Franstiyaning madaniyati va kostyumini butunlay o’ziga qaratib ololmadi. XV asr oxiridan boshlab Franstiyaga asta-sekin Italiya Renessansining gumanistik dunyoqarashi va badiiy ideallari tarqalgandi. Adabiyotda va san’atda o’zining realistik yo’nalishi paydo bo’lgandi. U taniqli yozuvchi Rable va rassom Kluening ijodlarida o’z ifodasini topgandi. Me’morchilikda antik ta’sir sezilar edi. Franstiya kiroli Franstisk I o’z saroyiga ishlashga Italiyadan mashhur rassomlarni (Leonardo da Vinchi, B. Chelinini va boshqalar) taklif qilgandi.
Erkaklar kostyumi. Franstiya kostyumi Ispaniya kostyumiga taqlid qilsa ham, ular kostyumida o’z dinini va fe’lini ifodalagan o’ziga xos xususiyatlar sezilardi. Franstiya kostyumlari hech qachon bo’g’iq va qotib turgan bo’lmagan, kostyumga doimo qandaydir milliy didga oid yumshoqlik, yengillik kiritilardi. Ularning kostyumi yorqin, och va quvnoq bo’lib, erkin va elegant xarakat qilishga imkoniyat berardi.
Modada og’ir matolar — baxmal, movut, shoyi, kimhob bo’lgandi. Shu qimmatbaho matolar tilla va kumush kashta va mayda marvarid bilan bezatilardi.
Etiket bo’yicha aslzodalarga mansub kostyumlarning soni 30 dan kam bo’lmasligi kerak edi va har kuni kiyimni almashtirish zarur edi. Bu davrda "aristokratlar o’z boyligini elkasida olib yuradi" degan maqolning paydo bo’lishi bejiz emas edi.
Erkaklar oq, kashta qilingan ko’ylak, oldi ochiqkamzol, ishton-paypoqva kalta sharsimon ishton "briches"ni kiyishardi. Ustki kiyimi oldi ochiq, beli mahkam bog’langan kaftan bo’lgan. Asr o’rtasida modaga ko’pincha qaytarma yoqali plashchlar kirgandi.
Oyok kiyimning to’mtoq tumshui — "ayiqning oyoi" — kesimlar va kashtalar bilan bezatilardi.
Kalta qirqilgan sochlar, soqol va mo’ylovlar modada edi.
Franstuz beretlari Ispaniya beretlariga nisbatan keng, qattiq soyabonli bo’lib, pat bilan bezatilardi.
XVI asrning o’rtalaridan boshlab Franstiya kostyumi Ispaniya kostyumiga ko’prok o’xshaydigan bo’ldi (33-rasm). Franstiya qiroli Genrix II faqat qora ispan kostyumini kiyib, ko’pchilikka namuna bo’lgandi.
Kamzol kalta qaytarma yoqali koletga aylandi. Freza va manjetlar kengroq bo’ldi. Tashlab yuradigan kiyimlarning o’rniga kalta, mo’yna bilan sirlangan, tik yoqali plashchni kiyiladigan bo’ldi. Koletning oldi "uchburchak"- li bo’ldi, keng englari qavilib, manjetli qilindi. Ishton-paypoqni ustidan tor, uzunligi tizzadan pastroq ishton "kyulot"in kiyishadigan bo’lishdi. Kyulot ustidan "bufon" kiyilardi.
Kostyumlarning rangi faqat och bo’lgan: pushti, zangori va boshqa ranglar.
Erkaklar sochlarini bo’yab, jingalak qilishardi; yuzlarini qizartirishardi, ziraktaqishardi, boshlarigapatdan "toj" kiyishardi.
Freza shunchalik kata qilinganligi uchun uni "tegirmon g’ildiragi" deb atalardi.
Bu davrda Franstiyada birinchi marta yarim niqoblar paydo bo’lgan. Uni ko’chaga chiqqanda kiyishardi.
XVI asrning oxirida erkaklar kostyumiga yana bitta o’zgarish kiritilgandi. Kostyum oddiyrok va odmiroq bo’lgandi. Unga qirol Genrix IV ning karorlari sabab bo’lgandi. Ularga binoan, dvoryanlarning kiyimi to’q, odmi, ammo qimmatbaho va nozik bo’lishi shart edi. Kolet kengroq bo’ldi, unga faqat frezani emas, balki shu paytda paydo bo’lgan qaytarma yoka qilishgandi. Plashchlar uzaydi va ko’pincha bir elkaga tashlab yuradigan bo’lishdi. Pantalonlarning uzunligi tizzagacha uzaydi va ular yumshoq burmali bo’ldi. Prichyoskalari ham o’zgardi. Modaga orqasiga silliq taralgan uzun sochlar kirdi. Qirolning sochi erta oqargani uchun chakkasidagi sochini upalash modaga kirdi. Bosh kiyimi oq tuyaqushning pati bilan bezalgan soyabonli shlyapa edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |