Buxoro muhandislik-texnologiya instituti «yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari» kafedrasi



Download 12,43 Mb.
bet17/91
Sana25.03.2022
Hajmi12,43 Mb.
#509483
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
Bog'liq
majmua kkt

Bosh kiyimlar: beret va ispan shlyapalari. Uyda feskaga o’xshagan shlyapani kiyishardi.
Ayollar kostyumi. Ayollar kostyumi erkaklarnikiga nisbatan xilma-xil edi. XV asrda Florenstiya modalari keng tarqalgandi. Bu davrda ayollar libosi kamtarona bo’lib, shakl va undagi chiziqlar hamda siluetning oddiyligi bilan farqlanardi.
Ayollarning ko’kragi maxsus mato bilan siqilgan va uning chiziqlari tekislangan edi. Ular naqshli kimxob va baxmaldan tikilgan baravar ikkita ustki ko’ylak kiy­ishardi. Ichki kiyimni hali kiyishmagandi. Odatda ko’ylaklarning beli qirqilgandi, bel chizii ko’krakdan sal pastroq bo’lib, yubkasi uzun shleyfli edi. Lifning yoqa o’mizi o’ziga xos edi: oldi — to’rtburchak, orqasi — uchburchak (bo’yinni uzunroq ko’rsatish maqsadida). Ko’pin- cha, ustki ko’ylak lifining oldini qirqib shnurovka qilishardi. Odatda, englari lifga tasma yordamida bi- rstktirilar yoki ko’klanardi. Ba’zan, bitta ko’ylakka har xil englarni biriktirish mumkin edi. Tor englar ko’pincha uzunasiga qirqilib, o’zaro shnur yoki tasma yordamida biriktirilardi. Englari uzun edi, lekin panja ochik qolardi. Bu o’rta asrlikka nisbatan yangilik edi, chunki u davrda urf-odat bo’yicha kaftni yopib yurish kerak edi.
Yosh qizlar yupqaroq engil matolardan ko’y- lak kiyishi mumkin edi. Tantanali ko’ylakni ustiga qimmatbaho engil yopinchoqlarni tashlab yurishar yoki elkasiga erda sudralib yuradigan mayda burmalangan mato parchasini biriktirib qo’yishar- di. Astarli uzun plashch- lar avvalgiday ustki kiyim hisoblanardi. Plashchlarni ranglari qizil va zangori bulardi.
Bosh kiyimlari: yostiqsimon yumshoq hamda tyurbanga o’xshagan uzun uchli shlyapalar urf bo’lgan. Bularni, asosan, keksaygan ayollar kiyishgandi, yoshlar esa to’r va vuallarni afzalroq ko’rgan .Sochlar ayollar go’zalligining asosiy ramzi, deb hisoblangan. Qizlar sochlarini tashlab yurishgan, ayollar esa turmaklab marvarid, to’r va engil sharflar bilan beza- tishgan.
Kiyimga qo’shimcha qo’lqoplar, hamyonlar va dastro’mollarni olib yurishgan.
XVI asrdan boshlab ayollarning ko’ylagi erkaklarni- kiga nisbatan hashamatliroq bo’lgan. Bel chizii tabiiy holiga kelgan (27, 28, 29-rasmlar). Yubkani oir mato­lardan taxlam kilib taxilganligi sababli uning uzun­ligi qisqargandi. Ichki ko’ylakning engi tor va uzun, ustki ko’ylakning esa bufsimon keng va kalta edi. Yoqa o’mizi chuqur bo’lib, qimmatbaho kashtalangan ro’mol bi­lan yopilgan edi. Ustki kiyimi plashch bo’lgan. Oyoqkiy­imlari yumshoq bo’lgan, ba’zan ayrim modaga berilgan ayollar bo’yini balandroq ko’rsatish maqsadida baland Ispaniya tavonli tufli kiyishardi. Bu davrda ichki kiyim va paypoqodatga kirdi. Florenstiyada oqmatodan tikilgan paypoqlar eng modali deb hisoblanardi.
Prichyoskalarning shakli ham xilma-x il bo’lgan (30-a, b rasm). Asosan sochlarini faqat to’r bilan yopishgandi. Bosh kiyimlar ispan beretlari, poxol shlyapalar bo’lib, ular kamdan-kam kiyilgan. 30-расм. а — Себастьяно Майнарди. Ёш аёлнинг портрети. Италия, б — Доменико енециано. Хонум портрети. Италия. в — Жос ван Клеве. Француз маликаси Эллеоноранинг портрети. г — Франсуа Клуэ.
Елизавета Валуа. Испания



Modaga niqoblar kirib keldi, ularni ko’chaga chiq- qanda kiyishardi. Niqobni faqat dvoryanlar kiyishi mumkin edi. Matodan tikilgan, kashta va qimmatbaho toshlar bilan bezalgan qo’lqoplar va dastro’mollar kostyumning qo’shimchasi bo’lgan. XVI asrda ixtiro qilingan to’r igna bilan to’qilardi va juda qimmat turardi. Kiyimga qo’shimcha yana kichkina qimmatbaho matodan qilingan xaltachalarni beliga qistirib ko’yish, elpig’ichlar va muftalarni olib yurish ham modaga kirgandi.

Download 12,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish