GOTIK USLUBI KOSTYUMI (XIII—XV asrlar)
XIII asr feodalizm rivojlanishi davri bo’ldi. Sinfiy kurash va feodallar orasidagi tabaqaga bo’linish kiyimda ham o’z aksini topgandi. Bu davrda dabdabalarga qarshi va kiyim yordamida tabaqalarning farqlanishi to’g’risida dastlabki qonunlar chiqarilgan edi. Mazkur qonunlar bilan har bir sinfga kiyimning shakli va mato tanlanishi cheklangandi.Ayni XIII asrda bichish asoslari paydo bo’ldi. Tikish usullari ham takomillashtirildi. Kiyimlarda o’tkazma englar paydo bo’ldi. Englar kunduzi vaqtincha ko’klanib, kechqurun so’kilardi, chunki kiyimning torligi sababidan echish qiyin edi. Keyinroq englarni tasma yordamida biriktiriladigan bo’ldi.
XIV asrda oldi ochik kiyimlar va yoqalar paydo bo’lgandi kostyumning shakli xilma-xil bo’la boshladi. Kiyimda ikkita yo’nalish paydo bo’ldi: "kalta va uzun" kiyim modalari. Ayrimlar uzun va keng kiyim kiyishgan bo’lsa, Gotik uslubi. boshqalar, ko’pincha yoshlar, kalta va tor kiyimni afzal ko’rishardi. Bo’yiga cho’zilgan gotik mutanosiblik bu davr kiyimining asosi hisoblangan. Ayniqsa, XV asr kiyimlari- da gotikaning ta’siri sezilardi.Shu davrda paydo bo’lgan baxmal eng modali, deb hisoblanardi. Matolar endi, asosan, naqshli bo’ldi. Eng keng tarqalgan naqsh turi — o’simliklar tasviri bo’lgan. Kiyimlarda yorqin ranglar ko’p uchrardi, ularning birikmalari haddan tashqari bashanglikni ko’rsatardi.
Erkaklar kostyumi. Aholi barcha tabakalarining ichki kiyimi avvalgiday kamiza edi. Uning ustidan uzunligi boldirning o’rtasigacha yoki to’piigacha tushadigan kottani kiyishardi. Odatda, kotta uzun engli va dekorativ belboli bo’lar edi. Lekin XIV asrning o’rtasidan boshlab u modadan chikdi. Endi tor engli kalta kurtka — "purpuren" urf bo’ldi (23-rasm). Unga ishton-paypok mahkamlanardi. Oliftalar uzun purpuren kiyishgan.
Purpurendan tashqari oliy zotlar ikki ustki kaftan — "kotardi" va "blio" kiyishardi. Kotardi uzunligi bo’ksadan pastroqtushadigan tor, keng qanotsimon yoki tor engli, gavdaga yopishib turadigan kiyim edi. Blio — belidan qirqilgan va past qismi yubkasimon, yoni tikilmagan kaftan edi. Odatda, blioni orkasi boich bilan biriktirilardi.
Ustki kiyimlar ham xilma xil bo’lgan. Bu davrda ustki kiyim — naramnik (24-rasm) barcha tabaqalarning kiyimi bo’lgan. Naramniklar kalta yoki uzun bo’lishi mumkin edi. Undan tashqari, ko’pincha, qo’niroqsimon engli, yoni tikilmagan kalta plashch "tabor" uchrardi. Uni geroldlar va pajlar kiyardi. Yonlari tikilgan naramnik "syurko"ta aylandi. Syurko qalbaki engli yoki engsiz bo’lgan, uni kapyushon bilan monaxlar kiyishgan.
Oyoq kiyimlar charm yoki baxmaldan tikilgan poshnasiz nim etik va tuflilar edi. Oyok kiyimning uchi oldin sal uchli bo’lsa, XIV asrdan boshlab u juda uzayib, 50 sm gacha cho’zildi. XIV asrgacha ular kashta va kimmatbaho toshlar bilan bezatilgan.
Prichyoskalar xilma-xil edi. Feodallar, ayniqsa yoshlar, yuziga va elkasiga tushib turadigan kokillar bilan bezatishgan.
Oddiy axoli sochini kuloigacha qisqa qirqib, peshonasiga gajak qilardi. Bunday prichyoskani feodallar hamqilar edi.
Bosh kiyimlar xilma-xil bo’lgan. O’rta asrning asosiy bosh kiyimi plashch yoki kurtkaga tikilgan kapyushon edi. Ba’zan, kapyushonni plashchdan alohida kiyishardi. XIV asrda ikki uzun matodan qilingan va boshiga sallasimon o’ralgan bosh kiyim "shaperon" kiyilgandi. Ulardan tashqari, turli shaklda fetr shlyapalar bo’lgandi.
XIV—XV asrlar modasini saroy burgund modasi deb ataladi, chunki shu davrda burgund saroyi Ovrupoda eng boy bo’lgan va uning modasi go’zallik namunasi deb hisoblangan. Xilma-xil kostyumlarning shakllari tez-tez o’zgargani uchun bu davr modalar karnavali deb ataladi. Mutlaqo qarama-qarshi kiyim turlari modada baravar mavjud bo’lgandi: tor va kalta, keng va uzun kiyimlar, ammo ular gotik uslubining moda yo’nalishiga bo’ysunar edi. Bejamdorlik, chiziqlarning nozikligi va mutanosiblik modali siluetning asosiy hususiyatlari edi.
Bu davrda burgund modasi asosan feodallar orasida tarqalgandi. Erkaklar kiyimlari nokulay, keng va uzun yoki tor va kalta qilingandi. Kamizani juda yupqa matodan, boshqa kiyimlarni esa shoyidan, baxmaldan va jun matolardan tikishardi.
Kalta purpuren ichki kiyim hisoblanib, unga ishton-paypoq biriktirilardi, ammo u ustki kiyim sifatida ham kiyilishi mumkin edi. Ishton-paypoq oyoqning shakli bo’yicha bichilardi, oyoqqiyshiq bo’lsa, paypoqni ichidan tikilgan kanop losini yordamida to’g’ri qilib ko’rsa- tilardi.
Bu davrning yangi modali kiyimi "jaket" bo’lgandi. Jaket — kalta, oldi ochik, etagi belidan xurpaygan yubkasimon kiyim edi. Belni belbog’ bilan bog’lashgan. Jaket tik yoqali bo’lib, ba’zan, u mo’yna bilan bezatilardi. Englari xilma-xil edi: qo’niroqsimon, osilib turadigan, ammo ko’pincha elkada xurpaygan, bufli, uchi tor (bunday shakl "jigo" deb atalardi) bo’lgan. Englari uzun bo’lgani sababli qo’lni o’tkazish uchun kesimlar kilingandi. Bu xolda englar osilib turardi. XV asr o’rtala- rigacha jaketning beli qirqilmagandi.
Keksaygan odamlar ko’chaga chiqqanda kaftan kiyishgan. Bu tor, uzunligi tizzagacha yoki boldirning o’rtasigacha bo’lgan kiyim edi, engining shakli har xil bo’lgan. Odatda, belni bolab yurishgan.
Uzun kiyimlarga "uplend" va "rob" kirardi. Uplendning uzunligidan oldi erda sudralib yurardi. Uning oldi ochik bo’lib, beli bolanardi. U beligacha tugmalanardi, etagi esa ochik, qolardi. Ko’pincha, sholsimon yoqasi mo’ynadan qilinardi.
Rob — bu yoqa o’mizi oldida yoki orqasida qirqilgan qoplanma kiyim. Robning oldi tor, beli bog’langan, orqasida, ba’zan, yoqasining tagiga shleyfni tikib qo’yishardi. Engning tepasi bufli, uchi esa tor bo’lgan. Rob tik yoqali edi. Bu kiyimni, asosan, oliftalar kiyishardi.
Plashchlarning turi xilma-xil bo’lgan. Avvalgiday, ilk o’rta asrdagi yarim doyra shaklli plashchlarni oddiy tabaqalar kiyishgan, senor va pajlar — naramnikni; kalta va qo’niroksimon englari tikilmagan engil plashch "tabar"sh geroldlar kiyishgan. Yumaloq plashchlarni (diametri 4 metrgacha bo’lgan) ham kiyishgandi. Aslzodalar yumaloq mo’yna yoqali plashch, oliftalar esa penula turidagi kapyushonli, qo’l uchun kesimi bor kalta plashch kiyishgan.
Oyok, kiyimlarining uchi juda cho’zilgandi (25-rasm). Avval ristarlar bu urfni kiritishgandi. Ular harbiy kasblarni ko’z-ko’z qilib, ishlamasliklarini ko’rsatish maqsadida bu urfni kirgizgan edilar. Ammo boyib ketgan byurgerlar ham oyok kiyimlarining uchini cho’zdirar edilar. Ularning orasidagi musobaqa ta’sirida oyok kiyim uchining uzunligi 70 sm gacha etgandi. Ularning nomi "pulen" lar edi. Oyoqkiyimning uchiga kanop tikishardi yoki uchini oyoiga bolab qo’yishardi. Chavandozlar yumshoq charmdan baland etik kiyishardi, aholi esa kalta etik kiygan.
Pricheskalarning turlari ham har xil bo’lgan.
Eng keng tarqalgan bosh kiyim — dandana va qo’niroqchalar bilan bezatilgan kapyushon edi. Undan tashqari "shaperon" kiyishardi. Oddiy xalqchepest "beguin" kiygan. Boylar esa, beguinni ustidan shlyapa kiyishgan. Shlyapalar movutdan yoki yupka namatdan (fetr) konussi- mon shaklli soyabonli kilinardi. Oliftalar baravar ikkita shlyapani kiyishardi — bittasini boshga kiyib, ikkinchisini esa orkaga tashlab yurishgandi.
Kostyumga zarur buyumlar qo’shimcha bo’lib urfga kirib keladi. Kamarga charm yoki kimxobdan hamyonni, xanjarni; elkadagi tasmaga — ovchi burusini osib kuyishardi. Boylar qo’lqop kiyishardi.
Odatda, uni chap qo’lga kiyishgan, cherkovga kirganlarida yoki raqsga tushganla- rida echib, belboga qistirib ko’yishardi. Ov qilganda qo’lqopni ikkala qo’lga kiyishardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |