Davlat subsidiyalari - xo`jalik yurituvchi sub`yektning operatsiya faoliyatiga taalluqli muayyan sharoitlarda xo`jalik yurituvchi sub`yektga resurslarni berish tarzida hukumat tomonidan beriladigan yordam.
Davlat byudjeti – davlat daromadlari va sarflarining moliyaviy rejasi.
Daromad solig’i – fuqarolarni bir yil davomidagi yalpi daromadidan olinadigan majburiy to`lov (soliq).
Deflyatsiya – inflyatsiya davrida muomaladagi qog’oz pulni kamaytirish. Davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul - kredit tadbirlarini qo`llash orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |