Moliyaviy investitsiyalar - xo`jalik yurituvchi sub`yekt tasarrufidagi daromad olishga (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) mo`ljallangan, investitsiya qilingan sarmoya qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniya boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.
Mol-mulk - egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish predmetlari bo`la oladigan moddiy ob`yektlar, shu jumladan pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar hamda nomoddiy ob`yektlar.
Mutlaq huquq - bu faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxsga berilishi mumkin bo`lgan mulkiy huquq.
Mаrkеting-qаrоrlаri bоzоr munоsаbаtlаri uchun mo’ljаllаngаn hоldа qаbul qilinаdigаn kоrхоnа strаtеgiyasining shаkli. Kоrхоnа rаhbаrligi mijоzlаrning ehtiyojlаrini qоndirish оrqаli kоrхоnа o’z mаqsаdigа erishishi shаklidа tаshkil qilinаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |