Davlat maqsadli fondlari - davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan fondlar bo`lib, ularning har biri uchun mablag’lar manbalari, har bir manbadan mablag’ tushishi normalari va shartlari, shuningdek shu mablag’lardan foydalanilishi mumkin bo`lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Davlat sektori - davlat boshqaruv sektorini va davlatga qarashli xo`jalik yurituvchi sub`yektlar, ya`ni davlat tashkilotlari va korporatsiyalarini o`z ichiga oladi.
Davlat soliq xizmati organlari - O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspektsiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |