Ijara (lizing) ob`yektlari - iste`mol qilinmaydigan har qanday buyumlar (ashyolar), shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, alohida binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko`char va ko`chmas mulk (muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo`lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno).
Ijara munosabatlarining sub`yektlari- ijaraga beruvchi va ijarachidir.
Iqtisodiy sub`yekt – nazorat qiluvchi sub`yekt va bir yoki birnechta nazorat qilinadigan sub`yektlarni o`z ichiga oluvchi sub`yektlar guruhi. Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarida «iqtisodiy sub`yekt» termini moliyaviy hisobotda nazorat qiluvchi sub`yekt va nazorat qilinadigan sub`yektlarni o`z ichiga oluvchi sub`yektlar guruhini belgilash uchun qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |