Soliq solish predmeti — soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo`lgan huquq emas, balki ularning o`zidir, ya`ni soliq solish ob`yekti bo`lib biror- bir soliq predmetiga bo`lgan huquq tushunilsa, predmet bo`lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalarning o`zi tushuniladi. Soliq solish ob`yekti yoki soliq solish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo`lsa, unda soliqni to`lash majburiyati, ya`ni soliq sub`yektini namoyon qiladi. Demak aytishimiz mumkinki, soliq solish predmetiga egalik qilish huquqi soliq ob`yektini vujudga keltirsa, o`z navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq sub`yektini yoki soliq to`lovchini namoyon etadi.
Soliq manbai — bu soliq to`lovchi to`laydigan soliqlar manbai, ya`ni daromadi. Soliqsolish ob`yekti va soliqmanbaini bir-biridan farqlash lozimbo`ladi. Ayrim soliqturlari, masalan, foydaga, yalpi daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo`yicha soliqsolish ob`yekti ham, soliqmanbai ham bir xil bo`ladi, ya`ni nima ob`yekt bo`lsa, uning o`zi manba hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |