Soliq solish ob`yekti— soliqto`lovchining soliq hisoblanadigan va soliqsolish uchun asos bo`lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliqsolish ob`yektiga foyda yoki daromad, muayyan tovarlar qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. Soliqsolish ob`yekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma`naviy boyliklarning ayrimlariga Qonun yo`li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf qiluvchi soliqsub`yektlarining huquqlariga soliqsolishni ifodalaydi. Binobarin, moddiy yoki ma`naviy boyliklarga mulkiy hukuqqa ega bo`lgandagina soliqsolish ob`yekti yuzaga keladi. Masalan, egasiz imoratga soliqsolinmaydi, chunki egasiz imoratga nisbatan soliqsub`yekti mavjud emas, vaholanki, bo`lgan taqdirda ham soliqsolish ob`yekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga bo’lgan mulkiy huquqqa soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliqsolish ob`yekti aslida yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |