1-Topshiriq
Soliqlar va soliqga tortish tamoyillari
1.Etarlilik tamoyili.
2.Tadbirkorlik va investitsiyalarni rag‘batlantirish.
3.Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili.
4.Oddiylik va xolislik.
5.Boshqarishga qulaylik.
6.Soliqlarni yig‘ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish.
7.Soliq stavkalarini qiyoslash.
2-Topshiriq
1.Soliq subyekti — soliq to‘lash majburiyati yuklangan
yuridik va jismoniy shaxslar yoki boshqacha qilib aytganda
soliq subyekti — bu soliqqa oid munosabatlarni tashkil etuvchi tomonlarning o‘zaro majmuasi bo‘lib, unda bir tomondan soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar), boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari — Davlat soliq qo‘mitasi, soliq boshqarmalari,
2. Soliq obyekti — soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq obyekti sifatida foyda yoki daromad, muayyan tovarlarning qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari,
tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. Soliq obyekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’- naviy boyliklarning ayrimlariga qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf qiluvchi soliq subyektlarining huquqlarini soliqqa tortishni ifodalaydi. Binobarin, moddiy yoki ma’naviy boyliklar soliq obyekti qilib albatta unga mulkiy huquqqa ega bo‘lgandagina yuzaga chiqadi. Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi,
chunki egasiz imoratga nisbatan soliq subyekti mavjud emas, vaholanki, bo‘lgan taqdirda ham soliq obyekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga bo‘lgan mulkiy huquqqa soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq obyekti aslida yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi.
3. Soliq bazasini hisoblash usullari. Soliq bazasini hisoblashning ikki xil usuli mavjud bo‘lib, ular kassa usuli va hisobga olish usullaridir. Kassa usulida soliq to‘lovchida soliqlarni to‘lash majburiyatlari daromad olganidan keyin vujudga kelsa, hisobga olish usulida esa daromad olingan yoki sotishdan tushum qachon kelib tushishidan qat’i nazar
tovarlarni jo‘natilishi o‘z navbatida soliqlarni to‘lash majburiyatlarini vujudga keltiradi.
Soliqqa tortish usullari uch xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Ular quyidagilarga: soliqqa tortishning kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan soliqqa tortish usullariga ajratiladi. Soliqlarni to‘lash muddatlari va tartiblari. Soliq qonunchiligida har bir soliq turining budjetga to‘lash muddatlari belgilangan. Soliqni to‘lash muddatlari deganda soliq to‘lovchilarning davlat budjeti oldida soliq majburiyatlarining
bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to‘lash muddatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega: avans (bo‘nak) to‘lovlari va haqiqiy daromad olinganidan keying to‘lovlar. Soliqni to‘lash tartibida esa: soliqni yo‘naltirilganligi (budjetga yoki budjetdan tashqari fondlarga), soliqni to‘lash
26 vositasi (milliy valuta, so‘mda yoki boshqa mamlakatlar milliy valutasida. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar faqat milliy valuta — so‘mda to‘lanishi mumkin) hamda soliqni to‘lash shakllari (naqd pul yoki naqd pulsiz) ifodalanadi.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |