Buning uchun mahsulotning quyidagi xususiyatlarini ko`rib chiqish zarur:
a) ta`mi va hidi. Asosan to`rt xil ta`m ajratib ko`rsatiladi: shirin, sho`r, nordon va achchiq. Boshqa ta`mlar asosiy ta`m turlarining birlashuvi natijasida hosil bo`ladi, masalan, nordon-shirin, achchiq-sho`r va h.k. Mahsulotning ta`m xislatlari tabiiy sharoitlar, kimyoviy tarkib va iqlimga bog’liq bo`ladi. Masalan, mahsulotga shirin ta`mni mahsulotda ko`p atomli spirt (glitserin), qand moddasi va hokazolar borligi beradi. Ko`p hollarda ahsulot tarkibida alkoloidlar (kofein, teobramin, xinin) va glyukoza (amigdamin, solanin) mavjudligi unga achchiq ta`m beradi. Nordon ta`m mahsulotlarda organik va mineral kislotalar (sul’fat, xlorid) mavjudligida kuzatiladi. Mahsulot hidini tahlil qilishda tovarning tozaligi va buzilganligi aniqlanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |