Keysning maqsadi kompaniya mahsulotlari sifatini tahlil qilish va baholash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda asoslangan qaror qabul qilish ko`nikmalarini ishlab chiqish hisoblanadi.
Taklif etilgan keys quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
mahsulot sifatini tahlil qilish ko`nikmalariga ega bo`lish;
mahsulot sifatini tahlil qilish va baholash bo`yicha ish natijalarini umumlashtirish qobiliyatiga ega bo`lish;
organoleptik usulni qo`llash asosida mahsulot sifatini baholashni o`tkazish ko`nikmasini ishlab chiqish;
mustaqil qaror qabul qilish ko`nikmalarini egallash.
Do'stlaringiz bilan baham: |