Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


-rasm. Dastlabki distillator              25-rasm. Yakuniy distillator



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/311
Sana21.01.2022
Hajmi7,33 Mb.
#395130
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   311
Bog'liq
fayl 1885 20210922

 
24-rasm. Dastlabki distillator              25-rasm. Yakuniy distillator 
         
Qizdirilgan  mitsella  forsimkalar  orqali  vakuum  ostida  distillatorning  yuqori 
qismidan  purkaladi.  Purkash  natijasida  bug'lanish  yuzasi  oshadi.  Konsentrlangan 
mitsella tomchilari  forsunkalar 6 dan  vertikal plastinalar  5  ga tushib, ular  yuzasidan 
yupqa qatlamda oqib tushaveradi. Bunda qizdirilgan o'tkir suv bug'i issiqligi ta'sirida 
erituvchi ajralib chiqa boshlaydi. 
Distillatorning pastki qismida 400-500 mm li moy qatlami yig'iladi. Bu qatlam 
orqali o'ta qizdirilgan bug' yuboriladi (barbotaj). Shu bilan birga ushbu moy qatlami 
apparatning  g'ilofli  bug'  qizdirgichi  yordamida  ham  qizdirib  turiladi.  Bunday  ishlov 
berish  natijasida  erituvchi  butkul  haydalib,  tayyor  moy  distillatordan  uzluksiz 
sovitishga  yuborila  boshlanadi.  Ikkinchi  bosqichda  yakuniy  distillatsiyalash  4-5 
minut davom etadi, bunda tayyor moy harorati 100-110 °C ni tashkil etadi. 
 Mitsellani  distillatsiyalab  olinadigan  moyning  sifati  jarayonning  texnologik 
parametrlariga, shuningdek, ekstraksiyalashda  materialdan  ajratib olinadigan lipidlar 
miqdori  va  tarkibiga  bog'liqdir.  Issiqlik  ta'siri  ushbu  lipidlar  guruhi  o'zgarishlariga 
olib keladi va nafaqat moy sifatini pasaytiradi, balki distillatsiyani amalga oshirishni 
ham qiyinlashtiradi. Xususan, paxta chigitining yog'da eruvchan pigmenti-gossipolni 
distillatsiya  jarayonini  amalga  oshirishdan  oldin  yo'qotish  alohida  ahamiyatga  ega, 
chunki  qizdirish  natijasida  gossipol  turli  kimyoviy  o'zgarishlarga  uchrab,  moydan 
ajratib olinishi qiyin bo'lgan mahsulotlar (moddalar) hosil qiladi. Gossipolni yo'qotish 
uchun distillatsiyalashdan oldin mitsella ishqoriy rafinatsiyalanadi. 


90 
 
Mitselladagi  moyni  rafinatsiyalash  (neytralizatsiyalash)  uchun  mitsellaning 
optimal konsentratsiyasi 35-45% hisoblanadi. 
Shuning  uchun  pastroq  konsentratsiyada  ekstraktordan  chiqayotgan  mitsellani 
avvaliga  birinchi  bosqich  distillatorida  bug'latiladi  yoki  bunday  mitsellaga 
forpressdan  chiqqan  moy  qo'shiladi.  Optimal  konsentratsiyali  mitsella  20-22  °C 
harorat  ostida  oqimlar  aralashtirgichiga  yuboriladi va  bu  yerda ishqor  eritmasi  bilan 
aralashadi.  Ishqorning  moydagi  erkin  yog'  kislotalari,  fosfolipidlar,  gossipol  va 
boshqa  moddalar  bilan  ta'sirlashuvi  natijasida  qalqib  chiqadigan  sovunli 
agregatsiyalar bilan mitsella aralashmasi 60-70°C gacha qizdiriladi va toza (tuzlardan 
xoli)  suv  yordamida  90-9  5  °C  harorat  ostida  uzluksiz  ishlaydigan  tindirgichlarda 
ishlov  beriladi.  Bu  yerdan  tozalangan  mitsella  ikkinchi  bosqich  distillatoriga 
yuboriladi. 
Tindirgichlarda  mitselladan  ajratib  olingan  cho'kma  (soapstok)  dan  erituvchi 
maxsus kolonnalarda haydaladi (5.15-rasm). 
Bu  kolonna  sferik  qopqoq  va  konussimon  tubga  ega  bo'lgan  vertikal  silindrik 
korpus 1 dan iborat. Uning yuqori qismida ko'pik so'ndirish uchun bug'li barbotyor 2., 
o'rta  qismida  esa  soapstokni  purkash  uchun  ikkita  bug'li  forsunkalar  3  o'rnatilgan. 
Kolonna vakuum ostida ishlaydi. 110°C gacha qizdirilgan soapstokning erituvchidagi 
eritmasi  forsunkalar  orqali  kolonna  ichidagi  bug'li  kenglikka  purkaladi,  erituvchi 
bug'lanib ketadi, soapstok esa omborga yuboriladi. 
 


91 
 
 
 
26- rasm Sapstokdan erituvchini haydash kolonnasi. 
 
       Shrotdan  erituvchini  haydash.  Ekstraktordan  chiqadigan  shrot  tarkibida  20-30% 
erituvchi  bo'ladi.  Bu  erituvchi  konstruksiyasi  mezga  tayyorlanadigan  qovurish 
qozonlariga  o'xshaydigan  chanli  bug'latgichlarda  (tosterlarda)  qizdirib,  bug'latiladi 
(haydaladi). 
Chanli  bug'ktgich-toster  (5.16-rasm)  diametri  2,1  m  bo'lgan  chanlardan  iborat 
kolonnali apparatdir. Chanlarning har jufti umumiy bug' bilan qizdiriladigan g'ilofga 
ega.  Barcha  chanlar  markazi  orqali  o'tgan  val  1  ga  shrotni  aralashtirib  turish  va 
chandan  changa  o'tkazish  uchun  mo'ljallangan  pichoqli  aralashtirgichlar  o'rnatilgan. 
Shrot  tosterning  yuqorigi  chani  3  ga  shlyuz  orqali  yuklanadi, klapanli  bo'shatgich  6 
orqali esa bo'shatiladi. 
Tosterlarda  shrotga  gidrotermik  ishlov  berish  parametrlari  shunday 
boshqarilishi  kerakki,  bunda  erituvchini  maksimal  ajratib  olish  bilan  birga 
urug'lardagi  zararli  moddalar  inaktivatsiyasi  amalga  oshsin  va  shrotning  yem 
sifatidagi  oziqaviylik  qiymati  ko'tarilsin.  Toster  chanlaridagi  bosimni  tenglashtirib 
turish uchun barcha chanlarni birlashtirib turadigan kollektor 5 ko'zda tutilgan. 
Yuqori  uchta  changa  o'tkir  bug'dan  tashqari  suv  ham  yuboriladi.  Yuqoridagi 
chanda  shrot  namlanadi,  keyingilarida  esa  quritiladi.  Bu  tayyor  shrot  tarkibida 


92 
 
erituvchining  iloji  boricha  kam  (minimal)  qolishini  va  shrot  oqsillari 
denaturatsiyasinirig kerakli darajada amalga oshishini ta'minlaydi. Tosterning yuqori 
qismida kengaytirgich 4 bo'lib, erituvchi va suv bug'lari bilan birga uchib keladigan 
shrot  zarralari  uning  devorlariga  yopishib  to'planib  qolmasligi  uchun  uning  ichida 
qirg'ichli aralashtirgich o'rnatilgan. 
                                           
 
 
27-rasm Toster 
Tosterdan  chiqayotgan  shrot  namligi  8,5-9%,  erituvchining  qoldiq  miqdori 
0,1% dan, ferroaralashmalar esa 0,01 % dan oshmasligi kerak. Shrot harorati 40 °C 
dan oshmasligi kerak. 
Mitsella  va  shrotni  qayta  ishlashda  ajratib  olinadigan  erituvchi  issiqlik 
almashtirgich-kondensatorlarda  bug'-gazli  aralashmalardan  kondensatsiyalash  yo'li 
bilan ajratilib regeneratsiyalanadi, so'ngra ishlab chiqarishga qaytarib yuboriladi. 
Yem 
hisoblanmish 
shrot 
esa 
gid-rofuz 
(pressdan 
chiqqan 
yoki 
ekstraksiyalangan  moyga  suv  bilan  ishlov  berganda  hosil  bo'ladigan  cho'kma)  yoki 
soapstok  bilan  aralashtirilib,  granulalanadi.  Granulalangan  shrot  standart  talablariga 
javob berishi kerak. 


93 
 
Shrotdan  oqsil  konsentratlarini  (izolatlarini)  ajratib  olish  mumkin.  Shrotdan 
oqsillar  avval  NaCl  ning  suvli  eritmasi,  keyin  esa  NaOH  yordamida  ajratib  olinadi. 
Erimaydigan  cho'kma  ajratib  olinadi,  tarkibida  2-3  %  oqsili  bo'lgan  ekstrakt  esa 
tozalanadi  va  HC1  yordamida  cho'ktiriladi.  Cho'ktirilgan  oqsil  yuviladi  va  180-200 
°C harorat ostidagi havo yordamida purkagichli quritish moslamalarida quritiladi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish