Kakao dukkaklari. Kofe. Yong‘oqlar
Kakao dukkaklarining tavsifi. Kakao dukkagi - tropik mamlakatlarda (Afrika,
Amerika, Hind va Tinch okeani orollarida) etishtiriladigan kakao daraxtining
(Thebroma cacao) urug‘idan maxsus ishlov berish va quritish natijasida olinadi.
Kakao dukkaklari Shimoliy markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlari Braziliya,
Venesuela, Peru, Ekvador, Trinidal va Tabago, Kuba, Grenada va boshqalarda
etishtiriladi. Osiyo va Okeaniya davlatlaridan Papua, Yangi Gveniya, G‘arbiy
Samoa, Shrilanka, Indoneziya, Filippin va boshqalarida kakao dukkaklari nisbatan
ko‘p bo‘lmagan miqdorda etishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |