Sardelka.
Sardelkalar larkibi va tayyorlash texnologiyasiga ko'ra turlicha
bo'ladi. Masalan, qiyma qilingan mol (buzoq)ning 1-nav go'shtidan va unga ma'Ium
miqdorda cho'chqa go'shti bo'laklari, qon yoki qon zardobi qo'shiladi. 2-turdagi
sardelkalar faqat cho'chqa go'shtidan tayyorlanadi. Buning uchun 97% miqdordagi
qiymalangan cho'chqa go'shtiga 3% atrofida 1-navli bug'doy uni va kraxmal
qo'shiladi. Go'sht ikki marta qiymalanadi va unga turli xushbo'y ziravorlar (qora
murch, sarimsoq piyoz, koreandr va h.k.) qo'shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Qiyma
ichaklarga solinib, uning diametriga ko'ra 10-30 minut davomida qovuriladi. So'ng u
sovitiladi va iste'mol uchun jo'natiladi.
184
Tamaddi sosiskasi o'ziga xos yoqimli hidga va mazaga ega bo'ladi. Bu
dastavval uning tarkibiga qo'shilgan ziravorlarga bog'liq. Tayyor sosiskalarni iste'mol
qilishda gorchitsa, xren va turli xil garnirlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Sosiska va sardelkalarni ishlab chiqarish texnologik sxemasi 3-rasmda
tasvirlangan.
Tuzlash usulida go'shtni konservalash. Tuzlangan go'shtlar birinchidan uzoq
vaqt saqlansa, ikkinchidan ayrim kasallik (brutselloz, finnoz, yuqumli sariq kasali)
vaqtida zararsizlantirish maqsadida ko'riladigan tadbir hisoblanadi. Tuzlangan
go'shtning hazm bo'lish xususiyati birmuncha qiyin bo'ladi.
185
Go'shtni, asosan, 3 xil (ho'l, quruq va aralash) usulda tuzlash qo'llaniladi. Ho'l
usulda-asosan, cho'chqa go'shti tuzlanadi. Buning uchun qaynatilgan, tuzlilik darajasi
18,5-22% bo'lgan eritmadan unga 2-3,5% kaliy nitrit solingan holda foydalaniladi.
Quruq usul—asosan, cho'chqa go'shtining soni va to'sh qismlarini tuzlash
uchun qo'llaniladi. Issiq vaqtlarda shu usulda qoramol va qo'y go'shtlari ham
tuzlanadi. Tuzlash uchun tuzlar aralashmasi tayyorlanadi. Uning tarkibida osh tuzidan
tashqari 1,5-2% kaliy nitrit va ba'zan 1,5-2,5% shakar bo'ladi. Agar shakar ko'proq
qo'shilsa, tuz kamroq bo'ladi va aksincha, tuz aralashmasi go'shtning massasiga
nisbatan 8-18% olinishi mumkin. Go'sht tuz aralashmasi bilan yaxshi ishqalanadi,
keyin ular zich qilib taxlanadi.
Qoramol va qo'y go'shti aralash usulda kuchsiz va kuchli tuzlanadi. Kuchsiz
tuzlashda 100 qism osh tuzi, 1,5 qism shakar va 0,8 qism kaliy nitrit olinib, tuzlar
aralashmasi tayyorlanadi. Kuchli tuzlash uchun esa 100 qism osh tuziga bir qism
nitrit olinadi. Tuzlangan go'shtlar biror tog'ora yoki yog'och idishlarga zich holda
terib qo'yiladi. Kuchsiz tuzlashda tuz miqdori go'shtga nisbatan 6-7%, kuchli
tuzlashda uning 10%iga teng bo'lishi tavsiya etiladi, 3-4 kundan so'ng tuzlangan
go'shtdan sel (namakob) ajralib chiqadi. Shundan so'ng zichligi 15-18% li qilib
tayyorlangan namakob quyiladi va uni 4-6°C haroratda 20-30 kun saqlash mumkin.
Tuzlashdan oldin yirik suyaklar maydalanadi. Aralash usuldan barcha turdagi hayvon
go'shtlarini tuzlash uchun foydalaniladi.
186
Do'stlaringiz bilan baham: |