Buxoro muhandislik- texnologiya instituti



Download 1,2 Mb.
bet79/102
Sana25.12.2022
Hajmi1,2 Mb.
#896093
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

Ixtisoslashgan do’kon assortimenti ancha chuqur bo’lgan tor tovarlar guruhini taklif etadi. Maydoni 200 dan 1000 kv. metrgacha, tovarlarning assortimenti (nomlari) bir necha mingta, nooziq-ovqat mahsulotlari doirasida ixtisoslashgan, narxlar nisbatan past.
Kundalik ehtiyoj tovarlari do’koni xaridorlarning yashash joyiga maksimal yaqinlashgan, butun hafta davomida eng tez ketadigan va eng maksimal talabga ega bo’lgan tovarlarning cheklangan assortimenti bilan ishlaydigan kichik korxonadir.
Firma do’koni — bu har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi savdo korxonasidir, uning faoliyat predmeti bo’lib muayyan nomenklaturadagi, ta’sischilar, ta’minotchilarning ishlab chiqarish profiliga muvofiq keladigan har xil tovarlar bilan chakana yoki kichik ulgurji savdo hisoblanadi. Firma do’koni, odatda, o’z nomenklaturasidagi tovarlarining namunali savdo va servis xizmatini tashkil qiladi. U firma nomiga, firma belgisiga, sotiladigan tovarlar uchun firma o’ramiga, o’z xodimlari uchun ta’sischilar yoki tijorat tashkilotining reklama bezagiga mos ishlangan firma kiyimiga ega bo’lishi kerak.
Firma do’koni, korxonaning tarkibiy bo’linmasi sifatida uning boshqaruv organlarining qarori bilan qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda va shartlarda yaratiladi va huquqiy shaxs hisoblanmaydi. Bunday do’konga uni tuzgan huquqiy shaxs tomonidan mulk beriladi va u tasdiqlagan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Firma savdosining asosiy maqsadi sotish bozorini kengaytirish va firma tomonidan chiqariladigan tovarlarni sotish hajmlarini ko’paytirish hisoblanadi. Bu maqsadga erishish firma tomonidan ishlab chiqarishni ko’paytirish va iste’mol bozorida o’z mavqeini kuchaytirishga yordam beradi.
Firma savdosining vazifalari uning maqsadlaridan kelib chiqadi va o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • bozor kon’yunkturasini o’rganish;

  • tovarlarga bo’lgan talabni o’rganish va shakllantirish;

  • assortimentni yangilash, yaxshilash va tovar sifatini oshirish bo’yicha o’tkaziladigan ishga samarali ta’sir ko’rsatish;

  • xizmat ko’rsatishning yuqori madaniyatini, sotishdan oldin tovarlarni tayyorlashni, ularni xaridorlarga etkazib berishni, me’yoriy hujjatlarda qo’zda tutilgan hollarda mahsulotlarni yig’ish va o’rnatish, maslahatlar berish, boshqa xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash;

  • fan-texnika yutuqlarini, ilg’or xorijiy va milliy tajribani hisobga olgan holda progressiv savdo-texnologik jarayonlarni joriy qilish;

  • tovarlar reklamasini namunali tashkil etish.

  • Tovar harakatining bo’g’inliligini minimumgacha qisqartirish (ishlab chiqaruvchi firma savdosi

  • iste’molchi), tovar zaxiralari darajasini pasaytirish tovar aylanishining tezlashuviga yordam beradi va natijada takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi. Bu esa o’z navbatida butun iqtisodiyot samaradorligining oshishiga olib keladi.

Firma savdosining iqtisodiy samaradorligi regional darajada region sanoatining rivojlanganligi, regionlararo iqtisodiy va xo’jalik aloqalarining kuchayishi bilan tavsiflanadi. Firma do’konlarining ochilishi firma savdosi do’konlarida ancha past narxlar bo’lishi hisobiga asosiy iste’mol tovarlari iste’molining o’sishiga olib keladi, demak, region aholisining yashash darajasiga ta’sir etadi.
O’tish davri sharoitida firma savdosi ishlab chiqaruvchi korxonalar axvolining mustahkamlanishiga olib keladi, sotish bozorini, undan kelib chiqqan holda barqarorlik va daromadlilikni ta’minlaydi. Birinchi navbatda sanoat korxonalarining soliq to’lovlariga bog’liq bo’lgan mahalliy byudjetlar uchun bularning barqarorligi va foydaliligi katta ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun mahalliy hukumat o’z regioni farovonligini oshirish omillaridan biri sifatida firma savdosining rivojlanishidan manfaatdor.
Firma savdosi faoliyatida shu narsa muhimki, ishlab chiqaruvchi korxonalarning tarkibiy bo’linmalari hisoblangan do’konlar o’z hisob-kitob schyotiga ega emas. SHuning uchun bunday firma do’konlaridan olinadigan jami tushum bo’ysunadigan korxonaning hisob-kitob schyotiga inkassa qilinadi.



Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish