Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Download 1,2 Mb.
bet76/102
Sana25.12.2022
Hajmi1,2 Mb.
#896093
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   102
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

Nazorat va mulohaza uchun savollar

  1. Reklamaning mohiyati va ahamiyati haqida fikrlang.

  2. Reklamaning vazifalariga izoh bering.

  3. Reklamaning qanday turlari bor?

  4. Reklama murojaatnomasining qanday shakllari va vositalari bor?



16-MAVZU.CHAKANA SAVDO VA UNING TURLARI
16.1. Tijoratda vositachilik.
16.2.Chakana savdoning mohiyati
16.3.Chakana savdo korxonalari.


16.1. Tijoratda vositachilik.
Korxonalar sotish jarayonini tashkil etishda turli “yordamchilar”dan foydalanishlari mumkin.
Savdo xodimlari. Ko’p firmalar tovarlarni sotishda o’z savdo xodimlarining xizmatlaridan foydalanadilar, ko’pchilik firmalar buning uchun boshqa kompaniyalarning savdo xodimlarini jalb qiladi. Lekin markaziy o’rinda har doim savdo agenti turadi — kompaniyaga ishlaydigan va quyidagi faoliyatlardan bittasini yoki bir nechtasini bajaradigan shaxs: izlash va qidirish, ma’lumotlarni tarqatish, xizmat ko’rsatish, axborotlarni yig’ish.
Savdo agentlari yaxshi malaka, o’qimishliligi va shaxsiy ish sifatlariga ega bo’la turib, iste’molchilarga nisbatan juda e’tiborli, ularning talablariga hurmat va qiziqish bilan qaraydilar, iste’molchilarda paydo bo’ladigan muammolarni hal qilishga va ularning extiyojlarini o’z vaqtida qondirishga maksimum qiziqishni namoyon qiladilar.
Odatda, kompaniyalar savdo agentlari oldiga ularning majburiyatlari doirasi aniq belgilangan vazifalarni qo’yadilar. Ko’p hollarda savdo agentlarining funksiyalari quyidagilar bilan cheklanib qoladi:

  • firmaning tovarlari va xizmatlari haqidagi axborotlarni tarqatish;

  • yanga iste’molchilarni izlash va jalb qilish;

  • sotishni amalga oshirish va bitimlar tuzish;

  • mijozlarga xizmat ko’rsatish;

  • marketing tadqiqotlarini o’tkazish va hisobotlarni tuzish.

Savdo agentini tanlash va ishga jalb qilish jarayoni ishga joylashtirish agentliklari orqali, kompaniyada ishlayotgan savdo agentlarining tavsiyanomalari bo’yicha, shuningdek, reklama e’lonlarini joylashtirish asosida amalga oshiriladi. Tanlov quyidagi jarayonlardan birini o’z ichiga oladi: test, intervyu olish yoki norasmiy suhbat. Biroq firmalarning ko’pchiligi da’vogarlarni maxsus testlar orqali sinash usulini afzal ko’radilar. Bu testlar ularning shaxsiy qiziqishlari va savdo faoliyatiga qobiliyatini, xarakterining xususiyatlari (tashabbuskorlik, qat’iylik, intiluvchanlik)ni namoyon qilishga imkon beradi.
Savdo agentlarini tayyorlash maxsus ishlab chiqilgan dasturlar bo’yicha olib boriladi va qo’yilgan vazifalar va maqsadlarga qarab har xil vaqtni qamrab oladi (bir necha haftadan bir -yilgacha). Asosiysi, ular o’z mijozlari va raqiblarini, shu jumladan, vositachilarini, ularning ehtiyojlarini va strategik rejalarini har tomonlama bilishi kerak. SHu bilan birga savdo agentlari chiqariladigan mahsulotni, qo’llanadigan texnologiya, firmaning ishlab chiqarish-moliyaviy holati, uning rivojlanish tarixi, shuningdek, bozor vaziyati, uning harakatchanligini yetarlicha chuqur tushunib, anglashi kerak.
Firmaning rahbariyati, savdo agentlarining faoliyatini yo’naltirib, dastlab ularga muayyan hududlar (zonalar)ni biriktirib qo’yadi, chaqirishlarning me’yorlari, maqsadli auditoriya kattaligini belgilaydi, ba’zan yangi buyurtmalarni izlash uchun zarur bo’ladigan vaqtni chegaralaydi. Xizmat ko’rsatish me’yorlari tanlangan mezonlar (sotishlarning hajmi, foyda darajasi, tovar oborotni ko’paytirish imkoniyatlari va hokazo)ga bog’liq holda belgilanadi. Savdo agentlarining amaliyotida vaqtni samarali ishlatish masalasi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, chunki qanday mijozlarni tanlash va qanday vaqt davomida ularga xizmat ko’rsatish kerakligidan tashqari savdo ko’rgazmalari, yarmarkalarda ishtirok etish, turli xil uchrashuvlarga, taqdimotlarga qatnashish va marketing tadqiqotlarini olib borish muhimdir. Savdo agentlarini quvvatlash va mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasining sifat jihatdan o’sishining o’ziga xos ko’mak vositasi bo’lib portativ kompyuterlar, telekommunikasiya vositalari, videodisklar proigrovatellari va shu kabilardan foydalanish hisoblanadi. Bular bitimlar tuzish natijaviyligini salmoqli darajada oshirishga yordam beradi.
Savdo agentlari faoliyatining zaruriy miqyoslari firma rahbariyati tomonidan sotish hajmlarini kvotalash va moddiy rag’batlantirish orqali belgilanadi. Savdo kvotalari — bu savdo agentlari uchun sotish hajmini va uning tovarlar turlari bo’yicha taqsimlanishini belgilaydigan me’yorlar. Savdo agentlari belgilangan kvotani qanchalik uddalashiga qarab moddiy rag’batlantirish amalga oshiriladi.
Savdo agentlarining ishini baholashdan oldin ulardan kelib tushadigan axborot (savdo hisobotlari, ish rejasi, har -yilgi hududiy marketing rejalari, aloqalar haqidagi hisobotlar, xarajatlar bo’yicha hisobotlar), shaxsiy kuzatish, mijozlarning xatlari va ularning shikoyatlari, boshqa savdo agentlari bilan suhbatlar natijasidagi ma’lumotlar o’rganiladi.
Hisobotlarning natijalaridan foydalanib, firma rahbariyati savdo agentlarining faoliyatini baholashga kirishadi. Bunda qo’yidagi ikki usul qo’llaniladi:
1. Alohida savdo agentlari faoliyatining natijalarini taqqoslash va ranjirlash.
2. Savdo agentining joriy faolligini o’tgan -yillarning ko’rsatkichlari bilan taqqoslash.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish