Seld kartoshka va yog' bilan. Seld lahm go'shti burchak ostida porsiyasiga 2— 3 bo'lakdan qilib kesiladi, maxsus idishga yoki likobchaga solinadi va ko'kat bilan bezaladi. Kartoshka bochkacha, zoldircha yoki nok shaklida kesilib, pishirilib likobchaga solinadi, alohida kichik likobchada sovitilgan sariyog' beriladi.
Seld (sof filesi) 35 g, kartoshka 77 g, sariyog' 15 g. Sof og'irligi 125 g.
Chopilgan seld. Suyaksiz, terisiz seldning lahm go'shti, po'chog'i artilgan urug'siz olma, sut yoki suvda bo'ktirilib, suyuqligi siqilgan qobiqsiz oq bo'lka non, mayda chopilib yuzaki jazlangan piyoz aralashtirilib qiymalovchi mashinadan o'tkaziladi yoki pichoqda to'g'rab, yaxlit bir aralashma hosil qilinadi. So'ng yumshatilgan sariyog', murch, sirka qo'shib ko'pirarli darajada aralashtiriladi, likobcha yoki seld solinadigan maxsus idishga solinib, baliq shakli yoki yog'ga botirilgan qoshiq bilan archaga o'xshash bezak beriladi va sovuqxonada biroz qotiriladi. Tarqatishda seld olma, pishirib mayda chopilgan tuxum, bodring, pomidor, salat bargi, ko'katlar bilan bezaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |