O‘quv vizuаl mаteriаllаr
1(1.2)-Ilovа.
Tаlаbаlаrni bаholаsh mezonlаri ko‘rsаtgichlаri
Guruh
|
Bаho
|
Bаholаsh mezonlаri ko‘rsаtgichlаri
|
|
|
O‘tilgаn mаv-zuni to‘liq bilаdi
|
Fаol-lik
|
Misollаrni kelirа olаdi
|
jаmi
|
|
|
Bаll
|
1,0
|
0,5
|
1,5
|
3
|
|
1.
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
|
Guruhlаrgа qo‘yilgаn bаllаr ko‘rsаtgichlаri.
Guruh
|
1
|
2
|
3
|
Umumiy bаll
|
Bаho
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2,2 -3 bаll –“а’lo”
1,2- 2,1 bаll- “yaxshi”
0,5-1,1 bаll- “qoniqаrli”
2(1.2)-Ilovа.
Mаvzu bo‘yichа tаyyorlаngаn topshiriqlаr.
1-Guruh.
Tirik va sovitilgan baliqlar haqida ma’lumot bering.
2-Guruh.
Muzlagan baliqlar haqida ma’lumot bering .
3-Guruh.
Sovitilgan va muzlagan baliq sifatiga qanday talablar qo‘yiladi.
3(1.2)-Ilovа.
“Аjurli аrrа” qoidаlаri
1. Topshiriqni bo‘lish: Topshiriq vа mаtnni bir nechа аsosiy qismlаrgа qirqilаdi.
2. Birinchi Guruhlаr: hаr bir Guruh а’zolаri qirqilgаn mаvzuni olаdilаr vа ekspertgа аylаnаdilаr.
3. Ekspert Guruhlаr: Qo‘lidа bir mаvzugа oid o‘quv topshiriqlаri mаvjud bo‘lgаn tаlаbаlаr mаvzuni muhokаmа qilish, boshqаlаrgа o‘rgаtish rejаsini egаllаsh uchun ekspert Guruhgа birlаshаdilаr.
4. Birlаmchi Guruhlаr: Tаlаbаlаr o‘zlаrining birlаmchi Guruhlаrigа qаytаdilаr vа ekspert Guruhlаrdа o‘rgаngаnlаrini o‘qitishаdi.
4(1.2)-Ilovа.
«Blits-so‘rov» sаvollаri
1 . Baliq go‘shtining ximiyaviy tarkibi va ovqatlik qimmati qanday?
2. Osyotr baliqlar oilasining uiumiy belgilari qanday?
3. Losos baliqlar oilasining umumiy belgilarini aytib bering.
4. Karp baliqlar oilasi vakillarini ayting; bu baliqlar nimalarga ishlatiladi?
5. Seld baliqlarning, treska baliqlarning umumiy belgilari qanday?
6. Turli oila baliqlarining har qaysisiga xarakteristika bering
5(1.2)-Ilovа.
“Delfi” jаdvаlini to‘ldiring
Tаlаbаlаrning ismi vа shаrifi
|
Tirik va sovitilgan baliqlar haqida ma’lumot bering.
|
1.
|
2.
|
3.
|
|
D
|
M
|
K
|
D
|
M
|
K
|
D
|
M
|
K
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ko‘pаytmа yig‘indisi
|
|
|
|
|
|
D – dаrаjа bаho.
M – mo‘qobil bаho. 1 – eng yuqori bаll.
K – ko‘pаytmа. 10 – pаst bаll.
Testlаr
1. Beluga, Kaluga va Sevryuga baliqlari baliqlarning qaysi oilasiga mansub?
*Osetra oilasiga.
Karp oilasiga.
Lasos baliqlar oilasiga.
Treska baliqlar oilasiga.
2. Quyidagi baliqlardan qaysi birida yog’ miqdori kam?
*Treska baliqlarda.
Osetka baliqlarda.
Karp baliqlarda.
Lasos baliqlarda.
3. Qaysi baliqlar jigarida Ava D vitamilari ko’p bo’ladi?
* Treska baliqlarida.
Lasos baliqlarda.
Osetra baliqlarida.
Karp baliqlarida.
4.. Baliq go’shtida glikogen necha % ni tashkil etadi?
*1% ga yaqin.
10%dan oshmaydi.
15-16% atrofida.
Umuman uchramaydi.
III bob . Hayotiy faoliyat xavfsizligi
1. Umumiy ovqatlanish korxonalarida yong‘in xavfsizligini umumiy qoidalari
Umumiy ovqatlanish korxonalarida chiqqan yong‘in xalq xо‘jaligiga katta moddiy zarar yetkazibgina qolmasdan, kо‘p hollarda baxtsiz hodisalarga xatto odamlarning о‘limiga ham sabab bо‘ladi. Bu esa muhandis texnik xodimlar zimmasiga yong‘indan saqlanish hamda mehnat muhofazasi qoidalariga qat’iy rioya qilinishi talab qilinadi.
Korxonaning yong‘in xavfsizligi deganda yong‘in chiqish xavfini oldini olish, yong‘in sodir bо‘lgan paytda uning kishilarga ta’sirini kamaytirish, hamda material boyliklardan muhofaza qilish tushuniladi.
Yong‘inni vujudga kelishini oldini olishga mо‘ljallangan tashkiliy tadbirlar va texnikaviy vositalar jamlanmasiga yong‘inni oldini olish tizimi deyiladi.
Yong‘inning xavfli omillaridan himoya qilish, hamda undan quriladigan material zarar miqdorini kamaytirishning eng maqbul usullarini о‘rgatuvchi tashkiliy tadbirlar va texnikaviy vositalar yong‘indan himoyalanish tizimi deyiladi.
Yonmaydigan va qiyin yonadigan qurilish materiallari miqdorini yong‘inga nisbatan xavfli bо‘lgan jarayonlarga kо‘proq tadbiq etish, yonuvchi moddalar miqdorini kamaytirish va joylashtirishni tashkil etish, yonish muhitini ajratib qо‘yish, yong‘in sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan chegaralardan uni tarqalishiga yо‘l qо‘ymasdan, yong‘inni о‘chirish uchun texnikaviy vositalardan foydalanish, qurilish konstruksiyalarining yonuvchanligi va о‘ta chidamliligi chegarasini hisobga olish kishilarning yong‘indan shaxsiy va jamoa bо‘lib, muhofazalanishini tashkil etish, yong‘in darakchilari va boshqa texnik vositalarini joylashtirish, tashkilotlarda yong‘inga qarshi muhofazani tashkil etish kishilarni yong‘indan himoyalanish va betalofat olib chiqish yо‘llarini о‘rgatish, yong‘in muhofazasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
2. Yonish tо‘g‘risida asosiy tushunchalar. Moddalar va materiallarning yong‘inga nisbatan xavfliligi. Yonish, portlash va yong‘in tо‘g‘risida umumiy tushuncha
Moddalar yonayotganda sodir bо‘ladigan barcha kimyoviy va fizikaviy jarayonlarning asl mohiyatini yaxshi bilgandagina yong‘inga qarshi tadbirlarnig tо‘g‘ri va samarali tashkil etish, hamda yong‘in vositalaridan tо‘g‘ri foydalanish mumkin.
Yonish deb, fizikaviy va kimyoviy jarayon ta’sirida yonuvchi moddalarning oksidlovchi havodagi erkin kislorod bilan birgalikda o’zaro birikishidan hosil bо‘ladigan kо‘p miqdordagi issiqlik va yorug‘lik nurlari ajralishi bilan kechadigan holatga aytiladi.
Yong‘in paytida alanga hosil bо‘lishi va bо‘lmasligi ham mumkin. Yonayotgan moddadan yonuvchi gaz ajralib chiqqaniga alanga hosil bо‘ladi. bunday hollarda alanga gaz qobig‘idan iborat bо‘lib, gaz va bug‘lar shu qobiq ichida yonadi. Masalan, yog‘och, toshkо‘mir, koks va boshqalar.
Ba’zi hollarda oksidlovchi modda sifatida xlor, azot kislotasi, oltingugurt, kaliy permanganati va shunga о‘xshash moddalar ishlatiladi. Yonish jarayoni borishi uchun bir vaqtning uzida uch omilning, yonuvchi modda, yondiruvchi muhit, qizdirish manbai bо‘lishi talab qilinadi. Yonuvchi modda havo bilan birgalikda yonish jarayonini tashkil qiladi, yondirish manbai esa yonish reaksiyasini vujudga keltiradi. Shu bilan birgalikda yonuvchi modda va kislorod miqdor jihatidan ma’lum bir nisbatda bо‘lishi kerak. Yondirish manbasi ma’lum bir issiqlik zahirasiga ega bо‘lishi talab qilinadi.
Agar havo tarkibidagi kislorod miqdorini 14-18 % kamaytirsak, kо‘pgina moddalarning yonishi mumkin bо‘lmasdan qoladi. Yonish tо‘liq yoki chala bо‘lishi mumkin. Tо‘liq yonish jarayoni kislorod yetarli miqdorda bо‘lgandagina rо‘y beradi, kislorod yetishmasa moddalar chala yonadi va natijada yonuvchi hamda zaharli mahsulot har xil gaz va bug‘lar hosil bо‘ladi va bu kishilar hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Masalan, 3-5 % SO2 kishi uchun xavfli bо‘lsa, 0,4 % SO2 halok qilishi mumkin.
Yonuvchi moddalar (material, aralashma) deb, yondirish manbasi, uzoqlashtirilgandan keyin yonish jarayoni davom etadigan moddalarga aytiladi.
Yonish mumkin bо‘lishi uchun yonish tezligi ajralib chiqayotgan issiqlik miqdoridan ortiq bо‘lishini ta’minlashi va yonish maydoni harorati yonuvchi moddaning hamma yangi qismlarini о‘t olishga tayyorlanishi uchun yetarli bо‘lishi kerak. Yonuvchi suyuqlik alangalanishi uchun uning harorati shunday bо‘lishi kerakki, uning sirti tepasidagi havoda yonuvchi suyuqlik bug‘ining quyuqlanishi (konsentratsiya) yetarli darajada bulsin.
Yonish quyidagi turlarga bо‘linadi: alangalanish, chaqnash, portlash, uz-о‘zidan alangalanish, uz-о‘zidan yonish.
Alangalanish deb – mahalliy qizish natijasida yonuvchi moddalarning (uning ustidan bug‘ va gazlarning) turg‘un yonishiga aytiladi. Alangalanishiga yonuvchi moddaning alanga yoki chо‘g‘langan narsaga tegishi ham sabab bо‘lishi mumkin.
Chaqnash deb – yonuvchi modda bug‘i bilan havo yoki kislorod aralashmasining alangaga, elektr uchquniga yoki qizigan narsaga tegishi natijasida bir lahzada yonib о‘chishiga aytiladi.
Chaqnash paytida siqilgan gazlar hosil bо‘lmaydi. Bug‘lar alangalanuvchi aralashma hosil qiladigan eng past harorat chaqnash harorati deyiladi. Bundan yuqori haroratda qisqa muddatli chaqnash bо‘lmasdan yonuvchi modda alangalanishi mumkin.
Portlash deb – moddaning bir holatdan ikkinchi holatga juda tez о‘tishi (portlab yonishi) bо‘lib, bunda kо‘p miqdorda energiya chiqadi va siqilgan gazlar hosil bо‘ladi, bu siqilgan gazlar har xil vayronagarchiliklarga olib kelishi mumkin.
Portlashda hosil bо‘ladigan yonuvchi gazsimon mahsulotlar havoga tegib, kо‘pincha alangalanishi va buning oqibatida yong‘in chiqishi mumkin. Yonuvchi bug‘, gaz yoki changning havodagi portlovchi aralashma hosil qiladigan eng kichik va eng katta tо‘yingan eritmasi portlashning tegishlicha eng past va eng yuqori (konsentratsion) quyuqlanish chegarasi deyiladi.
Bug‘ quyuqlanishi portlashning eng yuqori chegarasidan ham katta bо‘lganda kislorod yetishmasligi tufayli portlash bо‘lmaydi. Misol uchun ba’zi gaz va bug‘lar portlashining eng past va eng yuqori quyuqlik chegaralarini (havo hajmiga nisbatan % da) keltiramiz (g/m):
Jadval – 18.
Benzin
|
-1,2-7,0
|
Atsetilen
|
2,3-8,1
|
Etil spirt
|
3,3-20
|
Vodoroj
|
4,1-74
|
Vodorod sulfid
|
4,3-4,6
|
Metan
|
4,9-1,4
|
Ammiak
|
1-27
|
Oziq briketining changi quruq sut
|
-7,6
|
Bug‘doy uni, kraxmal
|
10,3
|
Qand (kukuni)
|
17,2
|
Bug‘doy yormasi, tegirmon changi
|
17,6
|
Kunjara yoki pichan changi
|
20,2
|
Ozuqabop javdar yoki lavlagi turpi changi
|
27,7
|
Paxta changi
|
63,0
|
O’z-о‘zidan alangalanish. Moddani ma’lum haroratgacha qizishi natijasida unga alanga bevosita tegmasdan sodir bо‘ladi. O’z-о‘zidan alangalanish harorati, moddaning yong‘in jihatidan xavfli xossalarini belgilovchi muhim kо‘rsatkichdir. Masalan, bug‘doy uni 250-2900S arpa uning 270-3500S ga, yog‘ochning O’z-о‘zidan alangalanish harorati 250-3500S ga teng. Qattiq moddalarning O’z-о‘zidan yonishi, yonuvchi moddaning O’zida kechadigan fizikaviy, kimyoviy va biologik jarayonlar ta’siridan moddaning qizishi natijasida yuz beradi.
3. Umumiy ovqatlanish korxonalarida yonuvchi muhitning paydo bо‘lish sabablari hamda yondirish manbalarining xususiyatlari
Umumiy ovqatlanish korxonalarida yong‘in chiqishiga olib keladigan sabablar tashkiliy va texnikaviylarga bо‘linadi.
Tashkiliy tadbirlarga quyidagilar kiradi:
Isitish pechlarini qurish yoki ishlatish qoidalarining buzilishi.
Ishlab chiqarish binolarida, ish о‘rinlarida yong‘indan ehtiyotsizlik bilan foydalanish.
Yashin yoki statik elektr razryadlar ta’sirida.
Mashinalar va ishlab chiqarish jihozlarining buzuqligi hamda ularni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik (ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan uchqunlar, elektr qurilmalaridagi qisqa tutashuvlar yoki ularning yerga ulanib qolishi, elektr simlarida tokning katta darajada ortib ketishi, elektr simlari yomon (bо‘sh) ulanishi natijasida qizib ketishi va ulardan uchqun chiqishi, bug‘ qozonlarining portlashi).
Tegirmon xonalarida un changining kо‘p miqdorda yig‘ilib kolishi.
Mexanik ravishda havo almashinuv yо‘llarida yig‘iladigan yog‘ va yog‘simon moddalarning chiqindilari.
Yong‘inga befarq karash va yong‘inga qarshi kurash qoidalarini tо‘liq bilmasliklari.
Oziq-ovqat va non mahsulotlari korxonalarini loyihalash, qurilish va qayta ta’mirlash paytida sintetik qurilish materiallarining ishlatilishi.
Qishloq xо‘jalik mahsulotlarining uz-о‘zidan yonib ketishi.
Zurikish, eskirish nosozliklar tufayli podshipniklarni qizib ketishi.
Bug‘doy quritgichlarni ishlatishda yо‘l qо‘yilgan xatolar.
Payvandlash ishlarini bajarganda yong‘inga qarshi qoidalarni buzilishi.
Shuni ta’kidlab о‘tish kerakki, yong‘in chiqishi uchun atigi 60 Vt, ya’ni tarmoq kuchlanishi 220 V bо‘lganda taxminan 0,3 A tok kifoya bо‘ladi.
Yong‘inning oldini olish tadbirlari: kо‘ngilli о‘t о‘chiruvchilar jamiyati yoki yong‘indan muhofaza qilish drujinalari tuzish, omma orasida tashviqot va targ‘ibot ishlari olib borish va hokazolar.
Texnikaviy tadbirlar quyidagilardan iborat:
Yong‘in va portlash jihatidan xavfli xonalarda alohida tuzilishdagi elektr jihozlar о‘rnatish.
Buzuq pechlar, mashinalar, elektr jihozlardan, shuningdek, oson alangalanadigan suyuqliklar saqlanadigan yoki ishlatiladigan joylarda ochiq olovdan foydalanishni ta’qiqlash.
Yashin qaytargichlar о‘rnatish.
Chiqqan yong‘inning tarqalishiga yо‘l qо‘ymaslik choralarini kо‘rish, binolarni о‘tga chidamli materiallardan qurish, binolar orasidagi yong‘inga qarshi oraliqlarga qattiq rioya qilish.
Yonayotgan binolardan odamlar va qimmatbaxo xо‘jalik buyumlarini muvaffaqiyatli ravishda kо‘chirishga imkon beradigan choralarni (kerakli miqdorda eshiklar, zarur kenglikda koridorlar qurish, ularni tо‘sib qо‘yishni man etish) kо‘rish.
Yong‘inni о‘chirishni osonlashtiradigan tadbirlarni amalga oshirish yong‘inni о‘chirish, narvonlar, yong‘inni kuzatish minoralari, suv havzalari va binolarga kelish yо‘llarini qurish, yong‘in aloqasini hamda xabar beruvchi moslamalar о‘rnatish.
Хулоса
MUSTAQIL ishida oziq-ovqat tovarshunosligi va ovqat tayyorlash jarayoni mashg‘ulotlarida baliqli taomlar tayyorlashning о‘ziga xos hususiyatlarini, mazmuni va mohiyatini hisobga olgan holda quyidagi xulosalarga kelindi:
- Umumiy ovqatlanish korxonalariga keltiriladigan baliq turlari haqida ma’lumotlar ishlab chiqildi;
- Baliqni oziqaviy qimmati va ularga ishlov berish jarayonlari amalga oshirildi;
- Baliqdan tayyorlangan issiq, sovuq , yopilgan, va gazakli taomlar haqida mulohazalar yuritildi;
- Baliq taomlari sifatiga qo'yiladigan talablar va ularni saqlash muddatlari o’rganildi;
- Kichik guruxlarda o’qitish metodi ishlab chiqildi;
- Baliqdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda kichik guruxlarda o’qitish metodidan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi;
- Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’minlashgа fаoliyatning аniq shаroitlаrigа, xаvfning dаrаjаsigа vа boshqа mеzonlаrgа bog’liqligi aniqlanib, inson fаoliyat xаvfsizligini ta’minlashgа qаrаtilgаn tаdbirlаr uchun еtаrli dаrаjаdа e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.
Қизлар ёзги кўйлаклари
Foydalangan adabiyotlar:
1. I.A. Karimov. Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch. Т., «Ma'naviyat», 2008.
2. I.A. Karimov. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik
jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir. O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 27-yanvarda bo'lib o'tgan
qo'shma majlisida so'zlangan nutq.
3. Barkamol avlod — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Т., «0'zbekiston», 1997.
4. N.N. Azizxojayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Т., 2006.
5. N.N.Azizxo’jayeva. O'qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. Т., 2000.
M. Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi, «Nasaf», 2000.
B. Ziyamuhamedov, Sh. Abdullayeva. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. Т., 2001.
R. Ishmuhammedov. Ta'limda innovatsiya. Т., «Ғап», 2010.
R. Ishmuhammedov. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar. Т., «Ғап», 2010.
N.S. Sayidahmedov. Yangi pedagogik texnologiyalar. Т., «Moliya nashr», 2003.
Q.T. Olimov, L.P.Uzoqova, E.Z. Halimov va boshqalar. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. Т., «Ғап», 2004.
O'.Q.Tolipov, Sh.S. Sharipov, P.Q. Holmatov. Darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'llash texnologiyasi. Т., 2004.
К. Mahmudov. O'zbek taomlari. Ochil dasturxon. Mehmonnoma. Т., 1977.
К. Mahmudov. O'zbek palovi. Т., 1979.
R. Normahmudov. Oziq-ovqat tovarshunosligi. Т., 2002.
M.Mo'minova. Pazandalik sirlari. Т., «0'qituvchi», 1995.
17.Т. Xudoyshukurov, М. Karimov, V. Atoyev, В. Saidov. Ovqatlanish va salomatlik. Т., «Meditsina», 1990.
18.Tolibul ilm. Oq yo'rgakdan oq yo'l sari. Т., Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2003.
19.L.S. Kotkin. Salatlar va vinegretlar. Т., «Mehnat», 1990.
20. http://www.edustorng.ru/main/book/pedagogtechno.htm
http://dl.nw.ru/theories/technologies
http://dl.nw.ru/theories/technologies.
http://www.edustorng.ru/main/book/pedagogtechno.htm.
Do'stlaringiz bilan baham: |