2. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra
undosh tovushlar uch turga
bo‘linadi:
1) portlovchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a’zosining o‘zaro
jipslashuvi va o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu nutq
a’zolariga ma’lum zarb bilan urilib, portlab o‘tishidan hosil bo‘ladigan
tovushlar bo‘lib, ularga: b, g, d, j (jo‘ja so‘zidagi), k, p, t, ch, q
undoshlari kiradi. Portlovchi tovushlardan b, p undoshlarini hosil
qilishda havo oqimi ikki lab orasidagi to‘siqdan, d, j (jajji so‘zidagi ),
t, ch undoshlarini hosil qilishda tilning old qismi bilan tishlar va milk
orasidagi to‘siqdan, k, g undoshlarini hosil qilishda esa tilning orqa
qismi bilan tanglayning orqa qismi orasidagi to‘siqdan portlab o‘tadi.
Bu undoshlardan ch, j(jadval so‘zidagi) o‘ziga xos murakkab
artikulyatsiyasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masalan, ch
undoshining hosil bo‘lishida tilning old qismi milkka taqaladi, lekin
odatdagi portlash yuz bermay, og‘iz bo‘shlig‘iga kelgan havo, asosan,
sirg‘alib chiqadi. Natijada, to‘la bo‘lmagan portlash (t + sh = ch kabi)
qorishiq (affrikativ portlovchi ham deyiladi) portlovchini vujudga
keltiradi. Qorishiq j tovushi esa portlovchi d va sirg‘aluvchi j
tovushlari oralig‘idagi tovushdir, shuning uchun Juma, Jahongir
so‘zlari rus tilida Djuma , Djaxongir shaklida yoziladi va shunday
talaffuz qilinadi. Shu jihatdan portlovchilar ikki turga ajratiladi:
a) sof portlovchilar: b, g, d, k, p, t, q;
1
1
Jamolxonov H.A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - T.: “Talqin” nashriyoti. 2005, 59-bet.
45
b) qorishiq portlovchilar: ch, j (jahon)
2) sirg‘aluvchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a’zosining o‘zaro
yaqinlashishi va havo oqimining ana shu nutq a’zolari orasidan
sirg‘alib chiqishi bilan hosil bo‘ladigan tovushlar bo‘lib, ularga v, j
(jurnal, vijdon), z, y, s, f, x, sh, g‘, h undoshlari kiradi.
Havo oqimining ikki lab o‘rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori
tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg‘alib o‘tishi j (jirafa), z, s, sh
undoshlarini; til o‘rta qismi bilan qattiq tanglayning o‘rta qismi
orasidagi tor oraliqdan sirg‘alib o‘tishi y undoshini; tilning orqa qismi
bilan tanglayning orqa qismi o‘rtasidagi tor oraliqdan sirg‘alib o‘tishi
g‘, x undoshlarini; bo‘g‘izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan
sirg‘alib o‘tishi esa h undoshini vujudga keltiradi.
3) portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar (jami 5 ta) bir vaqtning
o‘zida ham portlash, ham sirg‘alish jarayonlarining ro‘y berishi
natijasida hosil bo‘ladi. Ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday
undoshlar hosil bo‘lish usuliga ko‘ra boshqa undoshlar (portlovchilar,
sirg‘aluvchilar)dangina emas, o‘zaro ham farq qiladi va uch guruhga
bo‘linadi:
a) burun tovushlari: m, n, ng. Bulardan m undoshining hosil
bo‘lishida o‘pkadan kelayotgan havo oqimining bir qismi og‘iz
bo‘shlig‘idan lablarning to‘sqinligiga uchrab, qisman portlab, havo
oqimining qolgan qismi burun bo‘shlig‘idan sirg‘alib chiqadi, n
undoshining hosil bo‘lishida esa til uchi yuqori tishlarga va milkka
tegib, yarim portlash ro‘y beradi, burun yo‘li ochiq bo‘lgani uchun,
havo oqimining qolgan qismi burun bo‘shlig‘i orqali sirg‘alib chiqadi.
Tilning orqa qismi qattiq tanglayning orqa qismiga tegib, havo
oqimining qisman portlashi va havo oqimining bir qismi burun
bo‘shlig‘i orqali sirg‘alib chiqishi ng tovushini vujudga keltiradi.
b) yon tovush l undoshini hosil qilishda til uchi yuqoriga tomon
bukilib, milkka tegadi, ammo havo oqimining tilning ikki yonidan
sirg‘alib o‘tishi uning og‘iz bo‘shlig‘idan qisman portlab, qisman
sirg‘alib chiqishiga sabab bo‘ladi.
46
d) titroq tovush r undoshini hosil qilishda o‘pkadan chiqayotgan
havo to‘lqini tilning uchiga zarb bilan kuchli uriladi va uni titratadi,
tilning titrab turishi esa havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘idan portlab-
sirg‘alib chiqishiga olib keladi.
Demak, portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlarning hosil bo‘lishida
ham portlovchilarga xos bo‘lgan ikki a’zoning jipslashuvi, ham
sirg‘aluvchilarga xos bo‘lgan ikki nutq a’zosi orasidagi tor oraliqdan
(yoki burun bo‘shlig‘idan) sirg‘alib o‘tishi sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |