Buxoro davlat universitetining


 O‘zbek tilida so‘z yasalishi



Download 33,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet129/146
Sana25.05.2023
Hajmi33,48 Kb.
#944088
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   146
Bog'liq
Jo\'rayeva Nargiza

 
4.2. O‘zbek tilida so‘z yasalishi 
Tayanch soʻz va iboralar:
soʻz yasalishi, soʻz yasash usullari, 
soʻz yasalish asosi, yasovchi, soʻz yasash qolipi, soʻz turkumlarida 
soʻz yasalishi. 
Mashg

ulotning maqsad va vazifalari:
- talabalar tub va yasama so‘zlar, so‘z yasalishi haqida zaruriy 
bilimga ega bo‘ladi; 
- talabalarda o‘zbek tilida so‘z yasash usullari: affiksatsiya, 
kompozitsiya, semantik, fonetik va abbreviatsiya; affiksatsiya va 
kompozitsiya usullari – o‘zbek tilida so‘z yasashning eng asosiy 
usullari ekanligi; so‘z turkumlarida so‘z yasalishi
mavzulariga oid bilimlar hosil bo‘ladi, test topshiriqlarini yechish 
malakalari shakllantiriladi. 
Kutilgan natijalar:
- talabalar tub va yasama so‘zlar, so‘z yasalishiga doir zaruriy 
bilim va ko‘nikmalarni egallaydi; 
- talabalarda o‘zbek tilida so‘z yasash usullari: affiksatsiya, 
kompozitsiya, semantik, fonetik va abbreviatsiya; affiksatsiya va 
kompozitsiya usullari – o‘zbek tilida so‘z yasashning eng asosiy 
usullari ekanligi; so‘z turkumlarida so‘z yasalishi
mavzulariga oid bilimlar, mavzuga oid test topshiriqlarini yechish 
malakalari shakllantiriladi.
 
Soʻz yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri boʻlib, u 
yangi soʻz yasalishi va soʻz yasash usullarini oʻrgatadi. Soʻz yasalishi 
morfologiya va leksikologiya bilan oʻzaro bogʻliq. 
"Soʻz yasalishi" atamasi ikki hodisani nomlash uchun ishlatiladi: 
1. Soʻz yasalishi, ya’ni soʻz hosil qilish. 


199 
2. Tilshunoslikning bir boʻlimi nomi. 
Soʻz yasash har qanday usul bilan boʻlsa-da, yangi soʻz hosil 
qilish demakdir: ishchi, hozirjavob, besh yillik. 
Ma’lum soʻz negizidan ma’no va grammatik jihatdan undan farq 
qiladigan yangi soʻz hosil qilish soʻz yasash deyiladi. Soʻz yasash 
leksik ma’noning oʻzgarishini nazarda tutadi. Bunda avvalgi soʻzning 
shakli ham oʻzgaradi: yetak - yetakchi-yetakla. 
Turmushda predmetlar, hodisalarni nomlash uchun yangi soʻzlar 
hosil qilinadi. Yangi soʻz til birligi hisoblanadi. U til birligi sifatida 
lugʻat tarkibini boyitadi. 
Har bir tilning yasama soʻzlari shu tildagi soʻz yasash modellari: 
oʻzak+suffiks, prefiks+oʻzak, soʻz+soʻz holatida yuzaga keladi: 
chopiq, besuv, qoʻlqop. Demak, har bir yasalishda ikki elementning 
munosabati bor. Yasalmadagi ikki element semantik jihatdan ham, 
formal (tashqi) jihatdan ham aloqador: oʻroq-chi, ish-chi yasama 
soʻzlarining ma’nosi yasovchi soʻzning ma’nosiga asoslanadi: yasama 
oʻzakning ma’nosini rivojlantiradi, oʻshandan kelib chiqadi. Masalan: 
oʻroq yasalmasining ma’nosi oʻrish harakati bilan asoslaniladi 
(motivlovchi). 
Shunga 
koʻra 
birinchi 
element 
asoslovchi 
(motivlovchi), ikkinchi element asoslanuvchi (motivlanuvchi), ikkala 
elementning orasidagi munosabat motivatsiya munosabati sanaladi. 
Demak, "motivlashgan" soʻzi "yasalgan" degan ma’noni ifodalaydi. 
Soʻz yasovchi oʻzlashgan qoʻshimchani baholashda uning oʻzbek 
tilida ham yangi soʻz yasash uchun xizmat qilishi yoki qilmasligini 
hisobga olish muhimdir. Binobarin, bunday qoʻshimchalar yangi soʻz 
yasab, oʻzbek tili leksikasini boyitishi kerak. Aks holda bular 
oʻzlashma soʻz yasovchi qoʻshimcha sanalmaydi (-ik, -ak, -izm, -ist) 
kabi.

Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish